Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidan: "Bolalarda ayb yo'q, hamma ayb menda" (video)

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Ispaniya Kubogi 1/16 final bosqichi doirasida «Alkoyano» (1:2) jamoasiga qarshi bo'lib o'tgan uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

.
- Yuklab olish

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Ispaniya Kubogi 1/16 final bosqichi doirasida «Alkoyano» (1:2) jamoasiga qarshi bo'lib o'tgan uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«G'alaba qozonish uchun harakat qildik, futbolchilar maydonda bor kuchlarini berishdi. Gol kiritish uchun imkoniyatlarga ega bo'ldik. Ammo, omadimiz kelmadi. Bu qiyin vaziyat, Ispaniya Kubogini tark etdik, lekin futbolchilar harakat qilishdi.

Javobgarlikni o'z bo'ynimg olaman. Futbolchilar g'alabaga harakat qilishdi va agar ikkinchi golni kiritganimizda hammasi boshqacha bo'lardi. Biroq, bu futbol. Ularning darvozaboni 2-3 ta ajoyib seyvlarni amalga oshirdi. Lekin, qaytarib aytaman, javobgarlikni bo'ynimga olaman.

Bunday ligadagi jamoani mag'lubiyatga uchratishimiz shart edi. Ammo, sodir bo'lgan voqea sharmandalik emas, bunday hodisalar bo'lib turadi – bu aynan biz bilan yuzaga keldi. Ishlashda davom etamiz, bu mag'lubiyatdan keyin aqldan ozmaymiz.

So'nggi o'yinlarni hisobga olmaganda, yaxshi natijalar qayd etdik. Endi bor e'tiborimizni yaqinlashib kelayotgan o'yinlarga qaratishimiz kerak.

Men xotirjamman. Futbolchilar g'alaba qozonishni xohlashmoqda, lekin gohida o'xshamay qolyapti. Buni to'g'ri qabul qilish kerak», – dedi Zidan.

????????️ Zidane: "Los jugadores lo han dado todo en el campo. Hemos tenido ocasiones para meter el segundo gol y cuando no lo metes, puede pasar lo que nos ha pasado."#RMCopa pic.twitter.com/FZ1FkcqBgF

— Real Madrid C.F. (@realmadrid) January 20, 2021
BestMaster
21 Yanvar 2021, 04:30
zidan, bolalarda, hamma, menda, video,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads