Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Live  Ispaniya Superkubogi. "Real Madrid" - "Atletik Bilbao" 0:1 (Matnli translyaciya)

Ispaniya Superkubogining ikkinchi yarim finalida Madridning "Real" va Bilbaoning "Atletik" jamoalari to'qnash keladi.

.
- Yuklab olish

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin.  

YANGILASH 

28-daqiqa. Karim Benzema to'pni qabul qilib, zarba yo'lladi, lekin to'p darvoza to'riga tashqi tomondan tegdi. Qo'shimchasiga hakam franciyalik futbolchi o'yindan tashqari holatda bo'lganini malum qildi. 

27-daqiqa. Javob hujumida Iker Muniain zarba yo'lladi, biroq to'p to'g'ri Tibo Kurtuaning qo'liga borib tushdi. 

26-daqiqa. Marko Asensio o'ng qanotdan katta tezlikda oldinga o'tdi, jarima maydonchasiga kirib-kirmay kuchli zarba yo'lladi, ammo to'p darvozadan ancha uzoqdan o'tib ketdi.  

25-daqiqa. Uzoq davom etgan hujumda to'p qanotdan-qanotga ko'chib yurdi va Ferlan Mendining uzatmasidan keyin Toni Kroos o'rta masofadan zarba berishga qaror qildi, lekin noaniq.  

22-daqiqa. "Real" hozircha o'ziga kelganicha yo'q, aksincha "Atletik" yana oldinga o'tmoqchi bo'ldi, Modrich himoyachilarga yordamga kelib to'pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi.  

18-daqiqa. GOOOOOOL! "Atletik" hisobni ochdi. Raul Garsiya zarba muallifi. Lukas Vaskes to'p oshirishda xatoga yo'l qo'ydi va undan keyin Varan ham, Ramos ham o'z futbolchilarini yopib ulgurishmadi.

16-daqiqa. Toni Kroosning jarima zarbasidan uzatgan to'piga Serxio Ramos birinchi bo'lib etib bordi va bosh bilan zarba berdi, ammo biroz noaniq.   

14-daqiqa. Bilbaoliklarning pressingi biroz susaygandek, balki shu sababli ham o'yin tempi ham biroz tushdi chog'i. 

12-daqiqa. Kazemironing kutilmagan, lekin ajoyib uzatmasidan keyin Azar o'ta qulay vaziyatga chiqib bordi, lekin belgiyalik hujumchi zarba berguncha ortidan himoyachilar etib kelib, unga bemalol zarba berish imkonini qoldirishmadi. Burchak zarbasidan keyin esa himoyachilar to'pni uzoqlashtirishdi.  

10-daqiqa. O'ng qanotdan rivojlantirilgan hujumni Eden Azar zarba bilan yakunladi, burchak to'pi. 

9-daqiqa. Karim Benzemaning xatosidan so'ng raqib tezkor hujum uyushtirdi va Inyaki Uilyams bir nechta raqiblari orasidan oldinga o'tib ketayotgandi, lekin hujumchi to'pni o'zida keragidan ko'p ushlab qolgani sabab ham oldirib qo'ydi.

7-daqiqa. Serxio Ramos Dani Garsiyaga nisbatan qo'pol o'ynadi va hakam jarima zarbasini belgiladi.   

5-daqiqa. Avvaliga "Atletik" hujum uyushtirayotgandek edi, ammo "qaymoqranglilar" to'pni olib qo'yib tezkor qarshi hujum uyushtirishdi va qulay vaziyatdan zarbani amalga oshirganiga qaramay, Luka Modrichning urinishi ko'ngildagidek chiqmadi. 

3-daqiqa. Ferlan Mendining faolligi orqali "Real" o'yindagi birinchi burchak zarbasini ishlab oldi. Uzatmadan keyin to'p yana maydon tashqarisiga chiqib ketti, ikkinchi burchak to'pi.    

2-daqiqa. "Real" to'pga egalik qilmoqda, bilbaoliklar esa ilk daqiqalarda ancha faol tarzda pressing qo'llashmoqda. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi! Uni "Real Madrid", Karim Benzema boshlab berdi. 

Futbolchilar tribunaostida, maydonga chiqishga tayyor turishibdi. 

Bazi neytral muxlislar ham bugun "Real"ga omad tilashmoqda va buni Superkubok finalida "El-klasiko" ko'rishni istashlari bilan izohlashyapti. Ammo sizlarga bir sirni ochamiz, bugun agar mabodo "Atletik" Bilbao qaysidir manoda sensaciya qayd etib, hal qiluvchi o'yinga yo'l olsa ham "El-klasiko" bo'ladi. Ha, adashmadingiz, "Atletik" Bilbao bilan uchrashuvlar ham "El-klasiko" deb nomlanadi. Sababi ushbu uch jamoa, yani "Real", "Barsa" va "Atletik" Ispaniya oliy ligasidan tarixda biror marta ham tushib ketishmagan. Bunday klublar faqatgina 3 ta!       

Nominal mezbon "Real Madrid" futbolchilarining chigalyozdi mashg'ulotlaridan lavhalarni etiboringizga taqdim etamiz.  

SHubhasiz, bizni qiziqarli bellashuv kutib turibdi. Sababi ushbu raqiblarning o'zaro uchrashuvlari tarixiga nazar solarkansiz, bu to'qnashuv zerikarli bo'lmasligiga ishonch hosil qilasiz.  

Jamoalarning asosiy tarkiblari malum bo'lib ulgurgan.

"Real Madrid" – "Atletik Bilbao"

"La Rosaleda" stadioni

"Real Madrid" - Kurtua, Ramos, Varan, Azar, Kroos, Benzema, Modrich, Asensio, Kazemiro, Vaskes, Mendi.

"Atletik Bilbao" – Unai Simon, Balensiaga, Martines, Kapa, De Markos, Raul Garsiya, Vensedor, Muniain, Dani Garsiya, Nunes, Uilyams.

BestMaster
15 Yanvar 2021, 01:30
live , ispaniya, superkubogi, real, madrid, atletik, bilbao, matnli, translyaciya,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads