Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ispaniya Superkubogi. "Barselona" penaltilar seriyasida g'alaba qozondi va finalga chiqdi

Ispaniya Superkubogi yarim finalidan o'rin olgan bahs matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

.
- Yuklab olish

Real Sosedad – Barselona 1:1 (penaltilar bo'yicha – 2:3) 

«Nuevo Arkanxel»

Gollar: penalti Oyarsabal 51' – de Yong 39'

Real Sosedad – Remiro, Monreal, Le Norman, Gorosabel (Saldua, 91, Orxiles, 120), Subeldiya, Merino, Guridi (Barrenechea, 81), Portu (Yanuzay, 103), Gevara (Subimendi, 106), Oyarsabal, Isak (Villian Joze, 91).

Barselona – ter SHtegen, Langle, Alba, Arauxo, Mingesa, de Yong, Buskets (Puch, 91), Pedri (Pyanich, 91), Dembele, Grizmann, Breytueyt (Trinkau, 78).

Ogohlantirishlar: Dembele (54), Le Norman (58), Mingesa (97). 

Bahs yakunlandi.  "Barselona" finalda!  Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha! 

5. Puch – GOL! 

5. Yanuzay – GOL! 

4. Grizmann – GOL!   Noaniq! 

4. Merino – GOL! 

3. Pyanich – GOL!  

3. Villian Joze – GOL!  Darvoza ustuni! 

2. Dembele – GOL! 

2. Oyarsabal – GOL!  ter SHtegen qaytardi!  

1. de Yong – GOL!  Darvoza ustuni! 

1. Orxiles – GOL!  ter SHtegen qaytardi!  

Demak, penaltilar seriyasi boshlanmoqda! 

Ikkinchi qo'shimcha bo'lim ham tugadi. Navbat penaltilar seriyasiga! 

120. "Real Sosedad"da o'zgarish: Saldua o'rniga Orxiles tushdi. 

118. Zarbaaa!  Uuuux!  Yanuzayning jarimadan bergan zarbasi xavfli ko'rinish oldi. To'p darvoza ustuniga tegib qaytdi.

117. Riki Puch to'pni qo'li bilan o'ynagani tufayli jarima zarbasi belgilandi. 

115. Uuuuxx!  Yanuzay himoyachilarni, ayniqsa, Langleni osonlikcha aldab o'tib, ichkargi kirib bordi, zarbani esa ter SHtegen qaytardi. Tasanno! 

114. "Barselona"da o'zgarish: Mingesa o'rniga Firpo tushdi. 

112. Zarbaaa!  Grizmanning zarbasi jonli devorga tegdi.

109. Barrenechea chap qanotni o'nggga almashtirdi, yakunda esa to'pni yo'qotdi.

107. Remiro darvozasi tarafda burchak to'pi. Hali charcharshga ulgurmagan Pyanich to'pni palapartish holda o'yinga kiritdi. 

106. Ikkinchi qo'shimcha bo'lim boshlandi! 

106. "Real Sosedad"da almashtirish: Gevara o'rniga Subimendi o'yinni tugatib qo'yadi. 

Birinchi qo'shimcha bo'lim tugadi. Jamoalar joy almashib olishadi. 

Birinchi qo'shimcha bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi. 

103. "Real Sosedad"da o'zgarish: Portu o'rniga Yanuzay maydonga tushdi. 

100. Uuuuuxx!  Qanday vaziyat!  Dembele!  Grizmann himoyachidan to'pni olib qo'ydi va chapdagi Dembeleni to'p bilan taminladi, Usmon bir himoyachini aldadi va zarba berdi, Remiro to'pni ushlab qoldi. 

97. Mingesa Barrenecheani qoida buzish evaziga to'xtatib qolgani bois ogohlantirish oldi. 

94. Zarbaaaa!  Salduaning zarbasini ter SHtegen qaytardi va jamoasini qutqardi. 

91. "Barselona"da 2 ta almashtirish: Pedri o'rniga Pyanich, Buskets o'rniga Puch o'yinni davom ettiradi.  

91. "Real Sosedad"da 2 ta o'zgarish: Isak o'rniga Villian Joze, Gorosabel o'rniga Saldua tushirildi. 

91. Birinchi qo'shimcha bo'lim start oldi! 

WhoScored: ikki bo'limdan keyin qo'yilgan ballar

Ikkinchi bo'lim tugadi. Navbat qo'shimcha bo'limlarga! 

Ikkinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi. 

88. Alba texnik harakati orqali uzatma qayd etdi. De Yong havodagi kurashda yutqazib qo'ydi, Le Norman xavfni bartaraf etdi.

86. Mingesa "Real Sosedad" jarima madoni tomonda vaziyat sodir etishi mumkin edi, lekin negadir shoshilmadi.

83. Dembelening Grizmann tomon xavfli uzatmasi, biroq to'p o'tib ketdi..

81. "Real Sosedad"da almashtirish: Guridi o'rniga Barrenechea o'yinga qo'shildi. 

80. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 38% – 62%.

78. "Barselona"da o'zgarish: Breytueyt o'rniga Trinkau tushdi. 

77. Zarbaaa! Pedrining zarbasini darvozabon qaytardi, burchak zarbasi o'yinga kiritiladi. 

76. de Yong jarima maydoni yaqinida yiqildi, lekin hakam "hech narsa yo'q" dedi.

75. Basklar o'yindagi 4-burchak to'piga ega bo'ldilar, ammo samarasiz. 

73. Pedrining Dembele tomon yaxshi o'ylangan uzun pasidan so'ng to'p maydonni tark etdi. 

71. Busketsdan noaniq harakat, uning Debmele tomon uzatmasi etib bormadi. 

69. Zarbaaa!  Portuning kuchli zarbasi ancha noaniq chiqdi. 

67. Balki uni maydonga tushirish vaqti kelgandir?! 

65. "Real Sosedad"ning kam sonli hujumlaridan biri. Oyarsabal chap qanotdan foydasiz uzatmani qayd etdi. 

64. Maydon markazida Guridi tomonidan Busketsga nisbatan qo'pollik ishlatildi. 

62. Zarbaaa! Dembele bir nechta himoyachilarni chalg'itib, erlatib zarba berdi, biroq sal noaniq. 

61. Mingesaning uxatmasidan so'ng Breytueyt bosh bilan zarba yo'llay olmadi. 

59. Zarbaaa!  Busketsning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan keyin Grizmann to'xtatmasdan zarba berdi, kuli, lekin noaniq. 

58. Le Norman Debmeleni yiqitdi va ogohlantirildi. 

58. "Real Sosedad"ning hujumlari keskin ko'rinish ola boshladi, Kuman va uning shtabi nimdarir o'zgarish qilmasa bo'lmaydi. 

56. Zarba!  Isakning jarimadan yo'llagan zarbasi jonli devorga tegib qaytdi. 

54. Dembele Isakka nisbatan qo'pol o'ynadi va sariq kartochka oldi. 

53. de Yong penalti ishlab olgandek tuyuldi, biroq u Gorosabelga nisbatan qoidani buzgan deb topildi. 

51. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLL! Oyarsabal penaltini muvaffaqiyatli amalga oshirdi – 1:1! 

50. Vaziyat VARda tekshirildi va penalti tasdiqlandi. 

49. Penalti!  To'p Oyarsabalning uzatmasidan so'ng jarima maydoni ichkarisida de Yongning qo'liga tegdi.

47. Kataloniyaliklar darvozasi tomon o'yindagi ikkinchi burchak to'pi. Arauxo osonlik bilan to'pni qaytardi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

WhoScored: birinchi bo'lim uchun futbolchilarga qo'yilgan baholar

Birinchi bo'lim o'z nihoyasiga etdi. Hozircha hisob – 0:1. Tanaffus! 

44. "Real Sosedad"da qaltis hujum. Monrealning chalg'ituvchi uzatmasi hammadan o'tib ketdi...

42. Zarbaaa!  Isakning chamasi 25 metrlardan yo'llagan zarbasini ter SHtegen qaytardi! 

39. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  de Yong!!!   Niderlandiyalik yarim himoyachi Grizmanning uzatmasidan keyin bosh bilan raqib darvozasini ishg'ol etdi – 0:1! 

38. Dembele ikki daqiqa shuncha marta to'p bilan chiqisha olmadi. Ha, Messining o'rni yaqqol sezilib qolyapti va uni takror-takror eslayveramiz. 

35. Zarba!  Dembelening zarbasi kosmos tomon uchdi, lekin bu ham bir urinish :) 

33. Nominal mezbonlarning hujumi unchalik o'xshamayapti. Arauxo Isak bilan kurash olib bordi va kataloniyaliklar himoyachisi undu g'olib chiqdi.

32. "Barsa"ning bosimi kuchaydi va bu sezilmoqda. Hozirgi vaziyatda Grizmann bosh bilan zarba yo'llashga urindi... 

30. Dembele havodan pas uzatdi, Alba zarba berdi, biroq to'p Grizmannga tegdi.  Keyingi vaziyatda Buskets aqlli o'ynadi va zo'r pas ijro etdi, biroq Alba uni tushunmay qoldi.  

29. Zarbaaa! "Barselona"ning uzoq davom etgan kombinaciyasi Mingesaning uzatmasi va Breytueyt bosh bilan yo'llagan noaniq zarbasi bilan yakunlandi.

26. Arauxodan ajoyib uzatma, Breytueytdan zarba!  Remiro o'z o'rnida! 

24. "Barselona" de Yongning muvaffaqiyatli "podkat"i orqali qarshi hujumga o'tib ketishi mumkin edi, biroq Grizmann to'pni qabul qilishda sustroq o'ynadi. 

23. Zarbaaaa!  Langlening chap oyoqda erlatib yo'llangan kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi. 

21. "Real Sosedad" amalga oshirayotgan pressing yuqori darajada olib borilmoqda, bu orqali to'p olib qo'yilmoqda va ko'plab vaziyatlar yuzaga keltirilyapti.  

20. Oyarsabal zarba yo'llashga urindi, biroq Mingesa devor vazifasini o'tadi.  

19. Oyarsabal jarimadan to'pni ichkariga oshirdi, Le Norman esa to'pni qo'li bilan o'ynadi. 

17. Uuuuxx!  Isak ter SHtegen bilan birga-bir holatga chiqib borib, zarba berdi, germaniyalik posbonning mahorati kataloniyaliklar foydasiga ishladi.

15. Yana diqqat markazimizda Le Norman: u o'z hamyurti Grizmanndan to'pni olib qo'ydi. 

13. Zarba! Oyarsabalning burchakdan uzatgan to'pidan so'ng Le Norman bosh bilan zarba berdi, ter SHtegen o'z o'rnida! 

12. Zarbaaa!  Qulay vaziyat ko'kka sovurildi. Portu taxminan 12 metrdan darvozani aniq nishonga ola bilmadi. 

10. Usmon Dembele Messining yo'qligini bildirmaslikka harakat qilmoqda va chiroyli o'yin namoyish etishga intilyapti. 

8. Dembele jarima zarbasidan to'pni ichkariga uzatdi, u erda to'pni qaytarishga erishgan Monreal Breytueyt tomonidan yiqitildi. 

7. Monreal o'ng qanotda hujumga yaqin joyda Mingesaga nisbatan qo'pollik ishlatdi, jarima to'pi. 

6. de Yong markazda ishonchli o'yin ko'rsatib, sheriklarini oldinga boshladi. 

4. Zarbaaa!  Gorosabelning uzatmasidan keyin Isak bosh bilan zarba yo'lladi, xavfli, ammo noaniq. 

2. Anglaganingizdek, Messi qaydnomadan o'rin olmagan. Unda kichik jarohat bor. "Barselona" rahbariyati, murabbiylar shtabi, uning jamoadoshlari va muxlislar "Barsa" finalga chiqsa, u maydonga tushishiga umid bildirishmoqda. Murabbiylar uning sog'lig'i bilan tavakkal qilishgi istashmadi va bugun uni asrab turishga qaror qilishdi. 

1. O'yin boshlandi!  

- Diqqat qilamiz, futbolchilar maydonga tushib kelishmoqda! 

O'yinoldi mashg'ulot

Sxroyder (Kumanning yordamchisi): "Biz Messining sog'lig'i bilan tavakkal qilishni xohlamadik"

Tarkiblar

- O'yin Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari!  Bugun Ispaniya Superkubogi yarim finali doirasida "Real Sosedad" va "Barselona" o'rtasidagi qarama-qarshilik guvohiga aylanamiz. Ushbu uchrashuvni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz.  

BestMaster
14 Yanvar 2021, 03:45
ispaniya, superkubogi, barselona, penaltilar, seriyasida, galaba, qozondi, finalga, chiqdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads