Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Oltin to'p 2020 topshirildi !!!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Qonida "Barsa" DNKsi bor futbolchilar yoxud jamoaga kimni qaytarish kerak?

Bugun "Barselona"ning asosiy tarkibini kuchaytirishi mumkin bo'lgan, biroq, hech qachon klubning asosiy jamoasida o'ynamagan "La Masia" «mahsulotlari» haqida gaplashamiz.

.
- Yuklab olish

Bugun "Barselona"ning asosiy tarkibini kuchaytirishi mumkin bo'lgan, biroq, hech qachon klubning asosiy jamoasida o'ynamagan "La Masia" «mahsulotlari» haqida gaplashamiz.

Xavi, Valdes, In'esta, Pike, Messi, Fabregas, Buskets, undan oldin Puyol, Gvardiola va boshqalar. Ko'p yillar oldin, «Barselona»ning futbol akademiyasi butun Evropani qo'rqitadigan jamoaning tayanchiga aylanadigan ajoyib iste'dodlarni kamolga etkazdi. Shundan so'ng, turli murabbiylar ushbu maktabning bir qancha bitiruvchilarini klubning yangi etakchisiga aylantirishga o'rinishdi. Bu harakat Mark Bartra, Boyan Kirkich va Jerar Deulofeu kabi futbolchilar misolida qaysidir ma'noda amaliy ifodasini topdi. Ammo, ular bir ikki yorqin chaqnashlardan so'ng «so'nishni» boshladilar.

Leo Messi, Xordi Alba, Serxio Buskets, Jerar Pike, Sergi Roberto va Ansu Fati. Bular dovrug'i doston bo'lgan "La Masia"ning «Barsa»uchun etkazib bergan haqiqiy iste'dodlari. Albatta, Rikki Puch va Oskar Minguesalarni ham ta'kidlash o'rinli. Lekin, ular etarlicha «muhim futbolchi» maqomida emaslar.

So'nggi 10 yil ichida "La Masia" tarbiyalanuvchisi sifatida klubning asosiy jamoasida to'p surayotgan faqatgina ikki futbolchi, Serxio Roberto va Ansu Fatilarni ko'rsatish mumkin. Ushbu vaziyatda bunday taniqli akademiyadan kutiladigan natija qanchalik qoniqarli?

Yaqinda, Karles Alen'a klubni tark etdi. Akademiyaning yana bir yorqin vakili qo'ldan ketdi. Yozda kataloniyaliklar Mark Kukurel'ya bilan birgalikda Karles Pereslarni ham sotib yuborishdi. Rafin'ya esa «PSJ»da to'p surmoqda.
Quyida eslamoqchi bo'lganimiz, «Barselona» maktabida tahsil olgan, ammo hech qachon asosiy jamoada o'ynamagan va Kataloniya bilan juda yoshligidan xayrlashgan futbolchilardan biri ehtimol, hozirgi jamoaning najotkori bo'lar?

Andre Onana (Ayaks)

«Barselona»ning sobiq va taniqli hujumchisi, Kamerunlik Samuel' Eto'Oning hamyurti, ayni paytda amsterdamliklarning ishongan posboni. 2010 yildan boshlab, iqtidorli darvozabon 5 yil mobaynida yoshlar jamoalarida to'p tepgan. Ammo, atiga bir yildan so'ng Onana asosiy tarkib futbolchisiga aylanishi mumkin bo'lganida 2014 yil, may oyida klub rahbariyati, yangi sotib olingan Mark-Andre Ter Shtegenga ishonch bildirishni ma'qul topdi. Aynan, olmon posbonini Viktor Valdesga o'rinbosar sifatida ko'rishdi va ikki yildan so'ng Ter Shtegen «Barselona» ning asosiy darvozaboniga aylandi. Onana esa «Ayaks»ga bordi, u erda u asosiy jamoada harakat qila boshladi. Niderlandiyada u yuqori hurmat, muxlislar ishonchini qozondi. Afrikalik futbolchi, ushbu mavsumda Erideviziyada o'tkazgan 15 ucharshuvdan 7 tasini «quruq o'yin» sifatida rasmiylashtirgan. Kim biladi, agar «Barselona» yaqin o'tmishda Ter Shtegen emas Onanaga ishonch bildirganida, Germaniyalik darvozabon hozirgi darajasiga chiqa olar edimi yo'qmi, noma'lum.

Erik Garsiya (Manchester Siti)

Yuqorida sanab o'tilganlardan farqli o'laroq, bu yigitchaning tez orada «Barselona»ga qaytish uchun yaxshi imkoniyatga ega ekanligi ma'lum bo'lmoqda. Kataloniyaliklarning ayni paytdagi himoya markazi qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda va yangi himoyachi sotib olish asosiy maqsad bo'lib turibdi.
Futbolchi hali 19 yoshda, ammo «Barselona» rahbariyati bu yigit kelajakda klubning muhim futbolchisiga aylanishi mumkin deb hisoblayotgan bo'lsa, ajab emas. Ispaniyalik yosh iqtidor egasi 2008-2017 yillar oralig'ida «Barsa»ga tegishli futbolchi bo'lgan. 2016 yilda «Barsa»ning U16 jamoasida to'p tepganidan so'ng, 2017 yil yozgi transferlar oynasida «Manchester Siti»ga yo'l oladi. Bugungacha, ancha tajriba orttirib, muxlislar va futbol jamoatchiligi e'tiboriga tushgan Erikning sobiq jamoasiga qaytishi ayni maqbul va oqilona.

 

Ektor Bellerin (Arsenal)

Ayni paytda «to'pchilar» vakili hisoblangan faoliyatini «Barsa» akademiyasida boshlagan va u erda juda ajoyib 8 yilni o'tkazgan. Ammo, keyinchalik "Kanonirlar" himoyachini "La Masia"dan sotib olishdi. Bellerin London klubi bilan birgalikda Angliya kubogi va Superkubogini 3 karradan yutgan. Umuman olganda, Ektorning Angliyadagi faoliyati ancha omadli edi.
Hozirda, "Barcelona"da deyarli bitta nominal o'ng qanot himoyachisi, Serjin'o Dest bor ekanligini hisobga olsak, 2020-2021 mavsum, APLda 15 o'yin o'tkazib, 3 golli pasni amalga oshirgan ispaniyalik himoyachining jamoaga kelishi, o'ng qanot himoyasida o'zaro raqobat muhitini uyg'otishi ehtimoldan holi emas.

Alexandro Grimaldo (Benfika)

Jordi Alba ko'p yillar davomida «Barselona» ning asosiy chap qanot himoyachisi bo'lib kelgan. Yosh Alexandro Grimaldo bunday kuchli futbolchiga o'rinbosar bo'lish imkoniyatiga ega bo'lmagan. Shu sababli, qunim topa olmagan futbolchi «Benfika» safida muhim o'yinchiga aylanib ulgurdi.
Bir necha yil oldin Albaning o'yinida pasayish kuzatildi va «Barselona» unga o'rinbosar izlay boshladi. Asosiy nomzodlar aynan ikkita –Grimaldo va Kukurel'ya edi. Ammo «Barsa» rahbariyati boshqacha qaror qabul qildi.
Ular Grimaldoni ortga qaytarishmadi. "Eybar"dan Kukurel'yani sotib olishdiyu, darhol "Xetafe"ga sotishdi. Futbolchi u erda allaqachon himoyadan ko'ra ko'proq hujum chizig'ida muhim o'yinchiga aylandi. Yakunda, «Real Betis»dan Junior Firpo sotib olindi. Hozircha, u kutilganidek o'yin namoyish eta olmayapti. Balki, uning o'rniga Portugaliya chempioantida joriy mavsum 14 o'yin o'tkazib, 1 gol 4 assist qayd etgan Grimaldo varianti yaxshiroqdir?

Dani Olmo (Leyptsig RB)

«Barselona»ning asosiy jamoasigacha etib bora olmagan yana bir iqtidorlardan biri. Olmo «Espan'ol» maktabida futbol o'ynashni boshladi, biroq, juda tez orada Kataloniya klubining fockusi unga qaratildi. Futbolchi o'shanda 9 yoshda edi va «blaugranas»ning yoshlar jamoasida 7 yil o'ynab, birdan kutilmagan qarorni qabul qildi. Ya'ni, Xorvatiyaga, Zagrebning "Dinamo"siga ko'chib o'tdi.
U erda, yoshlar jamoasida biroz o'ynab, so'ngra asosiy jamoada harakat qila boshladi. Yildan-yilga yaxshilanib borgan Dani, 2020 yilning qishki transferlar oynasi vaqtida Germaniyaning "Leyptsig RB" jamoasi e'tiborini jalb qildi. Qarabsizki, «Barselona» yana bir texnik hujumkor yarim himoyachini qaysidir ma'noda qo'ldan chiqardi. Xo'sh, 2019 yilda «qizil furiya» bilan yoshlar o'rtasidagi Evropa chempionligini qo'lga kiritgan, joriy mavsum barcha musobaqalarda 23 o'yin o'tkazib, 3 gol hamda 6 assistga mualliflik qilagan ispaniyalik futbolchi ayni paytdagi «Barsa»da o'ynashga haqlimi?

Takefusa Kubo (Xetafe)

Yaponiyalik yarim himoyachi to'rt yil davomida «Barselona» tarkibida bo'ldi ammo, 15 yoshida vataniga qaytib ketdi. Yillar o'tib, Kubo yana Ispaniyaga keldi, ammo, boshqa manzilga. Manzilgaki, «Barsa»ning printsipial raqibi «Real Madrid»ga qaytdi. Dembele, Trinkau, Pedri, Fati, Konrad. Aytish mumkinki, ayni paytda, «Barselona»da mana shunday istiqbolli hujum chizig'i shakllanmoqda. Ammo, qahramonimiz bu erda deyarli yo'qolib qolmadi. Madridliklarga tegishli bo'lgan yosh yarimhimoyachi, ortda qolgan mavsumda «Mall'orka» safida 36 o'yin o'tkazib, 4 gol, 5 assist qayd etdi. Joriy mavsumda esa, «Xetafe»ning asosiy futbolchilaridan biriga aylandi.

Mauro Ikardi (PSJ)

Ikardi Argentinada tug'ilgan, ammo uning oilasi 6 yoshida Ispaniyaga ko'chib o'tgan. 8 yoshida u "Vesendariya" yoshlar jamoasida o'ynay boshladi. Yosh Mauro u erda 7 yil o'ynadi va shu vaqt ichida 500 dan ortiq gol urdi. Bunday yuqori ko'rsatgichlar bilan iqtidorli hujumchi ko'plab klublar - «Valensiya», «Real», «Espan'ol», «Sevil'ya», «Deportivo» va hattoki, Angliyaning «Liverpul» va «Arsenal» jamoalari e'tiborini o'ziga jalb qilgani ajablanarli emas edi.
Natijada, 2008 yilda yosh Ikardi «Barselona» bilan besh yillik dastlabki shartnomasini imzoladi. Ikki mavsum davomida «ko'k-anorranglilar» yoshlar jamoasining eng yaxshi to'purariga aylandi, chempionlik nashidasini totdi. Biroq, ular Mauroni asosiy jamoaga olib borishga intilmadilar va natijada u Italiyaning «Sampdoriya»siga keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga berildi. U erda, 2012 yil may oyida birinchi marta asosiy jamoada o'ynadi. Shundan so'ng, genuyaliklar sotib olish huquqidan foydalanib, Ikardini 400 ming evroga sotib oldi.
Keyinchalik, Mauroning futbolchilik faoliyati Italiyaning «Inter» va hanuzgacha o'ynab kelayotgan Fransiyaning «PSJ» jamoalari bilan bog'landi. Kataloniyaliklarda joriy mavsum parijliklar tarkibida 6 o'yinda 3 gol 1 muvaffaqiyatli uzatma amalga oshirgan sobiq futbolchisini ortga qaytarish varianti bor edi. Ayniqsa, Luis Suares sotib yuborilgandan so'ng. Ammo, klub bunday qilmadi, hozircha.

 

Dadajon Foziljonov tayyorladi

BestMaster
13 Yanvar 2021, 23:30
qonida, barsa, dnksi, futbolchilar, yoxud, jamoaga, kimni, qaytarish, kerak?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017