Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Evropaning top klublari va ularning futbolchilari narxlari hisoblandi

Niderlandiyaning KPMG auditorlik kompaniyasi moliyaviy tadqiqot o'tkazib, Evropa klublarida to'p tepayotgan futbolchilarning narxini aniqladi.

.
- Yuklab olish

Niderlandiyaning KPMG auditorlik kompaniyasi moliyaviy tadqiqot o'tkazib, Evropa klublarida to'p tepayotgan futbolchilarning narxini aniqladi. Bu haqda "Mundo Deportivo" xabar tarqatdi.

«Real»ning umumiy tarkibi 874,2 million evroga baholandi. Madridliklarning eng qimmat futbolchisi sifatida yarim himoyachi Kazemiro tan olindi. Braziliyalik futbolchi 72,6 million evroga baholandi. Undan keyin pog'onalarni himoyachi Rafael Varan (70,2 million) va darvozabon Tibo Kurtua (67,9 million) band etishdi.

«Bavariya»ning barcha futbolchilari narxi esa 943,4 million evroni tashkil qildi. Myunxenliklar safida yarim himoyachi Serj Gnabri eng qimmatbaho o'yinchiga aylandi — 99,8 million evro. Himoyachi Yozua Kimmix (98,3 million) va yarim himoyachi Leroy Sane (85,8 million) keyingi o'rinlarni egallashdi.

«Yuventus»ning eng qimmat o'yinchisi deya himoyachi Matteys de Ligt e'tirof etildi — 90 million evro. Ikkinchi pog'onani esa hujumchi Paulo Dibala (65,2 million) egallagan bo'lsa, Krishtianu Ronaldu kuchli uchlikka kirdi (63,2 million). «Keksa sinora»ning umumiy narxi 734,8 million evroga teng bo'ldi.

«Liverpul» tarkibi esa 1,094 milliard evroga baholandi. Mersisaydliklar safida narxi baland futbolchi sifatida Muhammad Saloh tilga olindi — 122,2 million evro. Misrlik futbolchi narx borasida Sadio Mane (120 million) va Trent Aleksander-Arnoldni (107,1 million) ortda qoldirdi.

Hujumchi Kilian Mbappe «PSJ»ning eng qimmatbaho o'yinchisi deb e'lon qilindi — 200 million evro. Hujumchi Neymarning narxi 125 million evroga teng bo'ldi. Bu borada Markinos uchinchi o'rinni egalladi — 59,9 million. Parijliklarning umumiy narxi 806,6 million evroga baholandi.

BestMaster
12 Yanvar 2021, 21:00
evropaning, klublari, ularning, futbolchilari, narxlari, hisoblandi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads