Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Mourinyo: Premyer-ligada "Real" yo'q, "Madrid" umuman boshqa saviyali jamoa

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Real"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bilan o'rtoqlashdi.

"Jamoamning ko'p jihatdan o'yinidan qoniqish hosil qildim. Premyer-ligada "Real" yo'q. Bizning jamoa ham top-klass darajada lekin "Real" boshqa saviyali jamoa, ularning futbolchilari aqlbovar aniqlik ega. "Real"dagi yarimhimoya Kroos-Modrich-Kazemiro va Isko hech bir klubda yo'q. Ikkinchi bo'limda biz ko'plab xavfli vaziyatlarni yarata oldik. Biz ularga yoqmaydigan uslubda futbol o'ynadik. Jamoam 0:2 hisobida yutqaza turib vaziyatdan chiqishga uringani meni xursand qildi. Hisob 1:2 bo'lib turgan vaziyatda Reshfordda ajoyib imkoniyat bo'lgan edi, u yakkama-yakka vaziyatdan to'p kirita olmadi. Biz so'nggi daqiqalargacha kurashdik, bu hammasidan muhim.

Matich - ajoyib o'yin ko'rsatdi. Qachonki raqibing to'pni ko'proq nazorat qilar ekan, maydon markazidagi futbolchilariga qiyin bo'ladi. Biroq u juda yaxshi o'ynadi. Bunday futbolchilar jamoaga kerak, unda katta tajriba va yuqori darajali futbol ko'rsatish imkoniyati bor. Lukaku qo'lidan kelgancha harakat qildi va o'zini ko'rsatishga urindi. Biroq to'p nazorati "Real"da ekan Lukakuning imkoniyati pasayib ketadi. Albatta u bir necha metrlardan gol kirita olmadi, lekin yakunda maydonni golsiz tark etmadi. Debyut uchun yetarli. Shuningdek, u ikkita kuchli markaziy himoyachilarida qarshi ajoyib tarzda kurash olib bordi. Undako'nglim to'ldi. Biz 1:2 hisobida mag'lub bo'ldik, ammo bitta gol ofsaytdan kiritildi. Videotakror bo'lganida hisob 1:1 bilan yakunlanar edi.

Krishtianu Ronaldu maydonga tushganda hakam unga xurmat ko'rsatdi. Bir vaziyatda Ronaldu jarima ishlashni xohlagandi hakam unga bu vaziyatni yaratib berdi.

Beyl "Real Madrid"da qoladi, murabbiy shuni xohlamoqda va futbolchining o'zi ham. Xullas, Beyl uchun kurash yakunlandi, umuman olganda boshlagani ham yo'q edi. Hamma bilib bo'ldi, Beyl faoliyatini "Real"da davom ettiradi." - deydi Joze Mourinyo.

Ma'lumot uchun, Joze Mourinyo UEFA Superkubogi medalini stadionda o'tirgan "MYU" muxlisiga sovg'a qilib yubordi.

Ronadlu_7

BestMaster
9 Avgust 2017, 10:10
mourinyo, premyer-ligada, real, madrid, umuman, boshqa, saviyali, jamoa,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 karvaxal  
Maur xafa buma keyingi uyinlaringa omad
9 Avgust 2017, 10:38
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads