Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Soyadagi supermen - Danilo: ko'cha daydilarini qutqardi, pandemiyada braziliyaliklarga yordam berdi, "Yuve"ning yashirin quroliga aylandi

Bugun "Real", "Man Siti" kabi top-klublarning zaxira o'yinchisi qanday qilib "Yuve"ning etakchisiga aylangani haqida suhbatlashamiz.

.
- Yuklab olish

Ortda qolgan yil butun dunyo uchun og'ir kechdi. Futbol olamida deyarli barcha klublar qayta tiklandi desak adashmaymiz. Hamon davom etayotgan pandemiya davrida Danilo bekor o'tira olmadi. Bikas shahri braziliyalik o'yinchini chinakam manoda qaytadan kashf etdi. U tug'ilib o'sgan shahri uchun haqiqiy qahramonga aylandi.

Danilo vatanida noodatiy maktab ochdi. Pandemiya boshlanganida aholining qo'llab-quvvatlashi bilan uni markazga aylantirdi

Ko'p pul insonni buzmaydi, aksincha uning asl yuzini ko'rsatib beradi deyishadi. Daniloning hayotida "Real", "Man Siti" kabi klublar, umuman futbol bo'lmaganida ham, insoniyligini saqlab qolib, dam olish kunlari barbekyu bilan qo'shnilarini mehmon qilishi, qo'lidan kelgancha yordam berishiga ishonchimiz komil. Pul uni o'zgartirgani yo'q, balki uning sahiyligini yanada oshirdi. U 13 minglik aholisi bo'lgan Bikas uchun doim qahramon bo'lib qoladi.

Bundan to'rt yil muqaddam Danilo "Futuro Re2ondo" nomli loyihaga qo'l urgan. Buni xayriya deb atash mumkin, mano jihatidan ham u yaxshilik qiladi, ammo aslida u yulduzlarning homiylik harakatlaridan ancha yuqoridir. Futbolchi aniq va to'g'ridan-to'g'ri harakat qiladi. Danilo hokimiyatdan Bikas yaqinidagi maydonni sotib oldi, uni zamonaviylashtirdi, sinfdan tashqari mashg'ulotlar uchun yana bir kichik bino qurdirdi va bir qator mutaxassislar (mamur, murabbiy, psixolog va pedagoglar)ni ishga oldi. Bu bilan bir qatorda, u koncepciya ustida ham ishlab chiqdi. Uning maktabida ijtimoiy qahramonlar etishtirish talab etiladi, yani ular kimningdir ortidan ergashishni emas, balki muammolarni engib o'tish va o'z kelajagini mustaqil ravishda shakllantirishni o'rganadilar.

"Danilo va uning otasi ko'chada daydib yurgan bolalarni o'qitish va to'g'ri yo'lni topishlarida ularga imkon berish uchun shu loyihaga qo'l urgan", — deydi "Futuro Re2ondo" vakili Rodrigo Koimbra.

Loyiha 10 yoshdan 15 yoshgacha bo'lgan bolalarni o'ziga jalb qiladi va ular o'zini har tomonlama ko'rsatishi uchun ularga bepul hamma shart-sharoitlarni yaratib beradi. Yagona shart — har tongda maktabga borish. SHundan so'ng, siz kun davomida shahardagi eng yaxshi murabbiylar nazoratida mahoratingizni ko'rsatishingiz mumkin. "Futuro Re2ondo"dagi aksariyat bolalar shu yo'lni tanlagan, ammo orasida shifokor yoki advokat bo'lishni orzu qiladiganlari ham yo'q emas.

"Men futbolchi yoki shifokor bo'lishni istayman, — deydi Sky Sport nashriga Joao Kassiano tarbiyalanuvchisi. Danilo — biz uchun  yaqqol namuna. U shaharga kelganida biz bilan shug'ullanadi. Kelasi safar undan Gvardiola haqida so'ramoqchiman". Joao yaqinda professional akademiyada ro'yxatdan o'tkazildi. "Futuro Re2ondo" esa bolakayning qo'shni shaharlarga bo'ladigan yo'lkira harajatlariga pul to'lab beradi. Maktabning boshqa tarbiyalanuvchisi 16 yoshli Tiagino "Amerika Mineyro" yoshlar jamoasi  bilan sovrinlar yutishga ham ulgurdi. U erda maktabning boshqa bitiruvchilari ham to'p tepadi.

"Loyiha moddiy tomondan bizni qo'llab-quvvatlaydi, — deydi Joao Kassianoning otasi. — Bu g'oya haqiqatdan ham ajoyib, chunki u faqat futbol bilan cheklanib qolmaydi. U barcha jabhada yordam beradi. Danilo haqiqatdan ham bolalar hayotini qutqarmoqda, ko'cha daydilarini to'g'ri yo'lga yo'naltirmoqda".

4 yil ichida "Futuro Re2ondo" shahardagi har o'ninchi odamga (1200 kishiga) yordam berdi va mahalliy hokimiyatdan ko'ra ko'proq ishonchga sazovor bo'ldi. Aprel oyida shahar aholisi orasida ham koronavirus tarqaldi, loyihaga esa yordam berishlarini so'rab qo'ng'iroqlar qilishdi. Danilo maktabni qo'llab-quvvatlash markaziga aylantirdi: maska va antiseptiklar, zarur gigiena vositalari hamda qiynalgan va ishdan bo'shatilgan oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari ham yubordi.

Danilo – "Yuve"ning yashirin "quroli". U Pirlo tizimidagi kamchiliklarni yopib ketmoqda

O'tgan yili Danilo transferdan keyin bo'lgan taxminlarni to'liq oqladi: zaxira o'rindig'iga joylashdi, xuddi "Real" va "Manchester Siti"dagi kabi va Sarri eksperimenti barbod bo'lishini birinchi qatordan tomosha qilardi. Yangi mavsum keskin o'zgarishlarni vada qilmayotgandek edi. Pirlo laterallar bilan harakat qilishga o'tdi, Kezani jamoaga olib keldi va Danilo zaxira o'yinchisidan asosiy "qurolga" aylandi. Har holda shunday tuyulardi. Oradan yarim yil o'tdi — "Yuventus"ning muhim va stabil o'yinchilaridan biriga aylandi.

Pirlo futbolida jamoa pozicion hujum vaqtida 3-2-5 sxemasiga o'tib oladi va raqib himoyachilari o'rtasidagi "koridorlar"ni egallaydi hamda tahdid soladi. Jamoaviy harakatlar orqali bo'sh zonalar vujudga keltiriladi: futbolchilar umumiy tizimni saqlab turgan holda, uning ichida erkin harakat qilaverishadi.

Bunday uslub hujumni boshlashda malum qiyinchiliklarni vujudga keltiradi. Pirlo uzun paslardan deyarli foydalanmaydi (umumiy uzatmalarning bor yo'g'i 7,8%  — faqatgina "Napoli"da bundan kamroq) va to'pni egallab, qadamma-qadam oldinga o'tiladi hamda dastlabki ikki chiziq pressingiga qarshi son jihatdan kam bo'lgan "keksa sinora" futbolchilari qiyinchilikka duch keladilar. SHu sababli hozirgi "Yuve" Sarri davridagidan to'pni orqaroqda va nisbatan kamroq o'z nazoratida ushlab turibdi, ammo xavfli zonalardan ko'proq zarba yo'llash imkonini topmoqda: hujum chizig'ida son jihatdan ustunlik aynan Pirlo jamoasida bo'ladi, lekin buning uchun o'yinni oldingi nuqtaga ko'chirish talab qilinadi.

Danilo bu tizim uchun o'ta muhim futbolchi. Himoyada "Yuventus" 4-4-2 taktikasida harakat qiladi; markaziy himoyachilarning biri qanotdan joy oladi. Faqatgina Danilo va Sandro bunday gibrid rolni bajara oladi, lekin Aleks pozicion himoyada jamoadoshidan passivroq harakat qiladi va u kabi universal emas — faqat chap qanotda o'ynay oladi. SHu sababli, Danilo deyarli almashtirib bo'lmas futbolchiga aylandi. To'p jamoasidaligida u ko'proq erkinlikka ega bo'ladi. Danilo faqat bir nuqtaga yoki kimningdir zonasi bo'sh qolsa, o'sha erni yopishi talab etilmaydi va shu sabab butun maydon bo'ylab harakatlanadi.

"Vaziyatga to'g'ri va tez baho bera olish jihati meni hujumni boshlashda foydali futbolchiga aylantirmoqda, — degandi braziliyalik "Globo Esporte" bergan intervyusida. — Men to'p bilan oldinga o'tishim, uni biroz ushlab turishim va to'g'ri qaror chiqarish evaziga sheriklarim uchun qulay vaziyat yaratilishiga sababchi bo'lishim mumkin. Bunday futbol menga zavq bag'ishlaydi. Hujumchilar to'pni qabul qilish uchun orqaroqqa qaytishlari mumkin, men esa uzatma uchun maqul fursatni seza olaman".

Amalda Danilo — yashirin "qurol". U orqaroqdan o'yinga baho beradi, jamoasining bo'sh zonalarini topadi va kerakli nuqtaga o'tib, kamchilikni yopadi. "Yuventus"da birinchi uzatmani amalga oshira oladigan himoyachilar etarli. Sandro bor, braziliyalik to'p bilan oldinga o'tishda Danilodan ustunroq. Danilo esa ligada uzatmalar soni bo'yicha 4 o'rinda, lekin bundanda muhimi Daniloning to'psiz harakatidir. 

"Futbolda asosiysi — hududni egallash va zarur vaqtda to'pni kerakli yo'nalishda harakatlantirish. Bunda futbolchining poziciyasi qanday bo'lishi muhim rol o'ynamaydi", — deb tushuntirgandi Danilo. U — "Yuventus"da to'pni olib qo'yish va majburiy bo'lmagan to'p yo'qotishlar bo'yicha eng yaxshi ko'rsatkichga ega. SHuningdek, Danilo A Seriyada driblingni ishga solish bo'yicha eng yaxshi markaziy himoyachi hisoblanadi. Agar tarkibda qaxramonimiz bo'lmaganida hozirgi "Yuventus"ning muammolari yanada ko'proq bo'lardi — u chiziqlarni bog'lab turishda va to'p bilan istalgan nuqtada ishonchli harakat qila oladi:

1. Agar turinliklar himoyachilari to'pni bir-birlariga etkazib, oldinga chiqish uchun variant topa olmay qolsa, u to'p bilan pressing birinchi qavatini bosib o'tadi. Danilo bunday harakatlar bo'yicha chempionatda faqatgina "Sassuolo"dagi Lokatelliga imkoniyatni boy bermoqda.

2. Agar barcha variantlar yopiq bo'lsa va himoyadan chiqishning imkoni bo'lmasa, Danilo yarim himoyaga o'tib oladi va taktik sxema 2-3-5ga aylanadi. Pressing chizig'i ortida qo'shimcha variant paydo bo'lmoqda — agar raqib bunga reakciya bildirib ulgurmasa, "Yuve" maydonning raqib tomoniga o'tib oladi. Braziliyalik pas yo'naltirilgan futbolchilar ichida ligada TOP-5 kirmoqda;

3. Danilo maydonning uchinchi qismiga to'p uzatish bo'yicha A Seriyada to'rtinchi ko'rsatkichni qayd etmoqda. 

Eng qiyin vaziyatlarda Danilo hujumchilar ortida paydo bo'lmoqda va raqib uchun kutilmagan yurishni amalga oshirmoqda. SHu yo'l bilan u "Speciya" himoyasini yorib o'tdi: bo'sh zonani ko'rib, o'sha epizodda "o'nlik" nuqtasida paydo bo'ldi va himoyachilarni shoshirib qo'ydi. Raqib markaziy himoyachi hujumda paydo bo'lishini kutmagani aniq — shu orqali Danilo kerakli zonalarda son jihatdan ustunlikni taminlamoqda;

4. Jamoaviy harakatlarda qandaydir xato yuz bersa, Danilo balansni qaytaradi: jamoadoshlari markazda to'planib qolsa, u yon chiziqqa yaqin joyda to'pni qabul qilishga tayyor turadi yoki raqib "yopilib" olgan bo'lsa, hujumchilar ortida paydo bo'ladi. O'ziga taqdim etilgan erkinlikdan u chuqur o'ylab, aql bilan foydalanishga harakat qiladi: kerak vaqtda himoyadagi sheriklarini xatosini yopib ketadi, klassik markaziy himoyachi rolida ham ishonchli o'yin ko'rsatib, imkon tug'ilsa hujumga qo'shiladi.

Uch oy avval hech kim jarohatlarni "yaxshi ko'radigan" va Arrigo Sakki o'rtamiyona futbolchi deb atagan Danilo maydonda o'tkazilgan daqiqalar bo'yicha "Yuve" etakchisi bo'lishini o'ylamagandi. Braziliyalik hozircha birorta ham o'ta omadsiz uchrashuv o'tkazmadi. Futbolchi har bir mashg'ulotga uch soat avvaldan tayyorlana boshlaydi. Tonglari Nedved bilan qaxva ichadi. CHexning tanlovi futbolchining "Yuventus"dagi muhim roliga yuksak baho bo'lmasa, kamida insonga bo'lgan alohida hurmat belgisidir: chamamda, Danilo Pavel uchun yaxshi suhbatdosh bo'la olgan.

Nozima Zaripova tarjimasi

BestMaster
6 Yanvar 2021, 13:15
soyadagi, supermen, danilo, kocha, daydilarini, qutqardi, pandemiyada, braziliyaliklarga, yordam, berdi, yuvening, yashirin, quroliga, aylandi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads