Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ramos «Real» bilan yangi shartnoma imzolash uchun qo'shimcha bonus so'ramoqda

Serxio Ramos va «Real» klubi rahbariyati yangi shartnomaning moliyaviy tomoni borasida kelisha olishmayapti.

.
- Yuklab olish

Serxio Ramos va «Real» klubi rahbariyati yangi shartnomaning moliyaviy tomoni borasida kelisha olishmayapti.

"AVS" nashri xabar tarqatishicha, "Qirollik klubi" sardori jamoa bilan 2023 yilgacha bo'lgan shartnoma imzolamoqchi.

Serxioning hozirgi shartnomasi bo'yicha yillik maoshi 12 million evroga teng. Ammo mavsum davomida Ramos ikki marta maoshining 10 foizdan kamaytirilishiga rozi bo'ldi. Bundan tashqari, ispaniyalik himoyachi La ligadagi g'oliblik uchun berilishi ko'zda tutilgan mukofot pulidan voz kechdi.

Ramos yangi shartnoma orqali "Real"dan 2 million evro miqdorida bonus olishni istamoqda. Agar futbolchi bir mavsum davomida 30ta rasmiy o'yinda ishtirok etsa, klub bir million evrodan to'lab berishi kerak bo'ladi. Futbolchi shartnomaga ushbu bandni kiritish orqali avval yo'qotgan mablag'larini kompensatsiya qilib olmoqchi.

Serxio Ramosning amaldagi shartnomasi joriy mavsum so'ngida yakuniga etadi. Himoyachi mazkur mavsumda La liga doirasida 13ta uchrashuvda maydonga tushib, 2ta gol urdi.

BestMaster
3 Yanvar 2021, 09:00
ramos, «real», bilan, yangi, shartnoma, imzolash, uchun, qoshimcha, bonus, soramoqda,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads