Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

“Real” Ramos bilan kelisha olmayapti

“Real” sardori va himoyachisi Serxio Ramos shartnomasini uzaytirish borasida klub rahbariyati bilan hozircha aniq to'xtamga kelgani yo'q.

.
- Yuklab olish

1 yanvardan boshlab Ramos shartnoma borasida boshqa jamoalar bilan muzokaralar o'tkazish huquqiga ega. Himoyachi jamoani tark etadigan bo'lsa, qirollik klubi uning o'rniga David Alaba (“Bavariya”) yoki Erik Garsiya (“Manchester Siti”)ni olib kelishi mumkin. SHuningdek, ehtimoliy transferlar ruyxatidan “Vilyarreal” himoyachisi Pau Torres ham joy olgan.

Ramos 2005 yildan buyon “Real” sharafini himoya qilib keladi. Bungacha u “Sevilya”da to'p tepgan va ushbu jamoa tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 34 yoshli futbolchi “qaymoqranglilar” bilan 22 ta sovrin yutishga erishgan. Ular orasida to'rt marta ECHL va besh karra Ispaniya chempionligi mavjud. Futbolchining jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozida nihoyasiga etadi.

BestMaster
3 Yanvar 2021, 08:00
“real”, ramos, bilan, kelisha, olmayapti,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads