Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La Liga. "Real Madrid" 2021 yilni ishonchli g'alaba bilan boshladi

Ispaniya chempionatining 17-tur doirasida "Real Madrid" - "Selta" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

.
- Yuklab olish

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH

87-daqiqa. Ogohlantirish! Havodagi kurashda qo'pollik ishlatgani uchun Kazemiroga sariq kartochka ko'rsatildi. 

Ularning o'rniga Edegor, Valverde va Vinni kurashni davom ettiradi.   

85-daqiqa. O'zgarishO'yinni cho'zgani uchun ogohlantirilgan Dani Karvaxal va Luka Modrich uchun bugungi bellashuv yakunlandi. 

Boyagi ikki futbolchiga Vinisius ham qo'shilib olibdi. 

83-daqiqa. Kroosdan to'p oshirishdagi xato va qarshi hujum uzilib qoldi. 

81-daqiqa. Eden Azar tezligini ishga solib, raqibning xavfli hujumini yo'qqa chiqardi. 

80-daqiqa. Valverde va Edegor o'yinga qo'shilishga maydon chetida tayyor turishibdi. 

79-daqiqa. "Real"ning chap qanotdan uyushtirgan hujumida ish zarbagacha etib bormadi.  

78-daqiqa. "Selta" markazdan raqib jarima maydoniga yorib kirishga urinib ko'rdi, lekin oxirgi uzatma o'xshamadi va Kurtua to'pni egallab oldi. 

76-daqiqa. Azar o'zi uchun ilk hujumda ishtirok etdi, lekin Mendining qanotdan uzatgan to'pini posbon ortiqcha muammolarsiz egallab oldi. 

74-daqiqa. O'zgarish! Marko Asensio o'rniga Eden Azar o'yinga qo'shildi. Ispaniyalik vinger bugun anchayin samarali o'yin namoyish qildi (gol+pas).

74-daqiqa. Lukas Vaskes avvaliga to'p oshirishda xatoga yo'l qo'ydi, lekin darhol pressingga kirishib, uni jamoasiga qaytarib olib berdi. 

Lekin bu safar ham vigoliklar standartdan unumli foydalana olishmadi. 

72-daqiqa. Hujumga etib bora olmayotgan Rafa Varan sal qolsa o'z darvozasini ishg'ol etib qo'yishi mumkin edi. Burchak zarbasi. 

69-daqiqa. Asensiodan o'ziga xos harakatlar, lekin to'p aynan "Qirollik klubi" vakillaridan maydonni tark etdi. Modrich shu sababli jamoadoshiga etiroz bildirdi. 

67-daqiqa. Avvaliga to'pni o'ziga bo'ysundirishda muammolarga duch kelgan Luka, keyin raqibni qochirib yubormaslik uchun hujumda fol ishlatishga majbur bo'ldi.  

65-daqiqa. Nacho, Asensio, Benzema, Vaskes va Kroos ishtirok etgan hujum. Har bir futbolchi juda erkin va chiroyli harakatlarni amalga oshirdi, oxirgi zarbani germaniyalik yarim himoyachi amalga oshirdi, lekin to'p "oyoqqa tushmadi". Aks holda biz Zizuning o'sha mashhur goliga o'xshash golni tomosha qilarmidik?!   

63-daqiqa. Kroosdan ajoyib uzatma va Benzema birga-bir vaziyatga chiqib bordi, zarba yo'lladi, ammo biroz noaniq. 

61-daqiqa. Kazemiro o'ziga nisbatan qo'pollik ishlatilganini vaziyat o'tib ketgan bo'lsada hakamga isbotlab qo'yishga kirishdi chog'i, qisqa suhbatdan keyin har ikki tomon mamnun holda bir-birlaridan uzoqlashishdi. 

56-daqiqa. "Selta" futbolchilari tanaffusda qanday ko'rsatmalar olganidan bexabarmizku, lekin yana tezkor gol ularga zarba bo'ldi va jamoa to'p bilan nima qilishini bilmay harakatlanayotgandek tasavvur uyg'otmoqda.  

Ushbu golda Luka Modrichning xizmatini ham alohida takidlash lozim. Aynan xorvatiyalik futbolchi raqibdan to'p olib qo'yilishini taminladi va Kazemiro qarshi hujumni boshlab berdi.  

53-daqiqa. GOOOOOOOL! Marko Asensio! Bu safar Lukas Vaskes assist rolida, Marko esa so'nggi zarbani yo'lladi. 

50-daqiqa. Ogohlantirish! Nacho Yago Aspasga nisbatan qo'pollik uchun sariq kartochka ishlab oldi. 

49-daqiqa. Ferlan Mendi imkon bo'lgani uchun o'ng oyoqda bo'lsada zarba yo'llab ko'rdi. 

48-daqiqa. Hozircha har ikki jamoa hujum uyushtirshidan ko'ra, raqib hujumini buzishda yaxshiroq o'yin ko'rsatishmoqda. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'limni mehmonlar boshlab berishdi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45-daqiqa. SHu pallada hakam biror daqiqa qo'shib o'tirmay, bo'limni yakunlashga qaror qildi. Tanaffus.

44-daqiqa. Tibo Kurtua to'pga chiqib keldi, lekin Mendes ham oxirigacha borishga qaror qildi, hakam o'yin qoidasi buzilganini malum qildi. Kurtua yordamga muxtoj bo'lib yotibdi.  

42-daqiqa. "Selta" to'p bilan ko'proq muomalada bo'layotgan bo'lsada, Zizu shogirdlari ishni zarbagacha etkashmayapti. 

39-daqiqa. "Selta" raqib himoya chizig'ini yorib o'tishda jiddiy muammolarga duch kelimoqda. Kurtua darvozasi oldida hozircha chinakam xavfli vaziyatlar sodir etilmadi va belgiyalik posbon o'yinga kirishishiga extiyoj sezilmadi.   

37-daqiqa. To'pni Asensiodan qabul qilib olgan Karim Benzema zarba berishga chog'landi, lekin oxirgi soniyada qarorini o'zgartirdi chog'i, uning urinishi na chinakam zarbaga, na to'p oshirishiga o'xshamadi.   

36-daqiqa. "Selta"ning bu safargi urinishi Aspasning qo'polligi tufayli uzilib qoldi.  

35-daqiqa. "Real" futbolchilari vaziyat taqozo etsa, to'psiz ham astoydil ter to'kishlarini ko'rsatib berishmoqda.  

32-daqiqa. Yago Aspas ancha ortga qaytib hujumni tashkillashtirishda ishtirok etdi va sheriklariga yordam bermoqchi edi, ammo hujum o'sha erning o'zida, noaniq to'p oshirishi tufayli, uzilib qoldi. 

30-daqiqa. O'ng qanotdan uzatilgan to'pga Santi Mina o'zi istagandek zarba bera olmadi. Bunga qaysidir manoda uning yonida turgan Varan yo'l qo'ymadi. Burchak to'pidan esa mehmonlar biror naf chiqara olishmadi.   

29-daqiqa. Franciyalik himoyachi raqib bilan to'p uchun kurashda ustun keldi va uni yon chiziqdan tashlab beradi. 

Hakam 3-4 soniya "VAR"ga quloq tutdi va barchasi joyida ekanligi hamda oxirgi daqiqalarda juda faol bo'lgan Ferlan Mendi to'pni qo'li bilan o'ynamagan ekanligini malum qildi.   

27-daqiqa. Ferlan Mendi sustkashlikka yo'l qo'ydi va to'p oldirildi, lekin uning o'zi poziciyasiga qaytishga hamda raqib hujumini uzib qo'yishga muvaffaq bo'ldi. Burchak zarbasi. 

25-daqiqa. "Selta" futbolchilari to'pni o'zida ushlab turib, hujum uchun qulay fursat paydo bo'lishini kutayotgandek. 

23-daqiqa. Avvaliga Nacho to'pni raqibidan olib qo'ydi va hakam qo'pollik ishlatilmadi deb hisobladi, oradan soniyalar o'tib, Kroos yiqildi, bu safar bosh hakam hushtak chalib o'yinni to'xtatdi. Bu esa tabiiyki "Selta" vakillariga yoqmadi.  

22-daqiqa. Maydon markaziga yaqin hududda yana Marko Asensioni yiqitishdi. 

21-daqiqa. Ikkinchi to'lqin bilan kelgan futbolchilarning urinishi ham zarba bilan yakunlanmadi va mehmonlar to'pni olib qo'yishdi.  

20-daqiqa. Marko Asensio bu safar to'pni sherigiga erdan etkazib berishni ko'zlagandi, lekin himoyachi bunga yo'l qo'ymadi. Hujum davom etadi.  

18-daqiqa. "Selta"ning navbatdagi urinishi omadsiz yakunlandi va raqib qarshi hujumga chiqib ketishi mumkin bir vaziyatda, Karim Benzemaga nisbatan qo'pollik ishlatildi. 

16-daqiqa. Luka Modrich qulay vaziyatda to'pga ko'ngildagidek zarba bera olmadi, natijada imkoniyat qo'ldan boy berildi. 

15-daqiqa. O'yin tempi biroz tushgandek. Balki bu Zidan shogirdlarining shunday bo'lishini istagani uchundir. 

13-daqiqa. Raqibning pressingidan cho'chimagan mezbonlar himoyadan qisqa masofaga paslar bilan himoyadan chiqishga urinishayotganda, "Selta" futbolchisi qo'pollik ishlatishga majbur bo'ldi. 

12-daqiqa. Yana qanotdan uzatma va yana Varan ishonchli o'yin namoyish etib, to'pni qaytardi. 

11-daqiqa. "Real" futbolchilari markazga yaqin hududda to'pni bir-birlariga aniq etkazib, raqibni ko'proq yugurishga majbur qilishmoqda. 

10-daqiqa. Himoyachilarga yordamga kelgan Karim Benzema xavfni bartaraf etdi.  

9-daqiqa. Rafael Varan hujumni qaytarish chog'ida to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak zarbasi.

8-daqiqa. "Selta" hujumga o'tishga urinib ko'rdi, lekin omadsiz. O'z navbatida mezbonlarning urinishi ham zarbagacha etib bormadi. 

Buyog'iga o'yin qanday kecharkin? Jamoalar qay yo'sinda davom ettirishadi? Albatta qiziq.

6-daqiqa. GOOOOOOOOL! Lukas Vaskes hisobni ochdi! Tezkor hujumni Marko Asensio qo'llab-quvvatladi va aynan uning qanotdagi faolligi hamda to'p oshirishidan keyin Vaskes deyarli bo'sh qolgan darvozaga to'pni yo'llab qo'ydi. 

3-daqiqa. "Real Madrid"ning birinchi urinishi samarasiz ketdi. CHap qanotdan rivojlantirilgan hujumdan so'ng Mendi to'pni jarima maydonidagi Benzemaga etkazdi, lekin Karim to'pni o'zi xohlaganidek to'xtata olmadi.   

2-daqiqa. "Selta" o'yinni kuchli pressing bilan boshladi. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi! Uni mezbonlar boshlab berishdi. 

Mana asosiy tarkib vakillari maydonga tushib kelishmoqda. Stadion uzra esa "Navbahor" e yo'g'e, "Real Madrid" klubi madhiyasi yangramoqda. 

Futbolchilar maydonga chiqib kelishga tayyor turishibdi.

O'zi "Selta" shundoq ham noqulay raqib hisoblanardi, qo'shimchasiga Ramos ham bugun jamoasiga yordam bera olmaydi. Bu esa uchrashuv yanada murosasiz va qiziqarli kechishini bildiradi.  

Jamoalarning asosiy tarkiblari malum bo'lib ulgurgan. Hamda muxlislar etiborini mezbonlar safida Serxio Ramosning yo'qligi va Ferlan Mendi asosiy tarkibga qaytgani o'ziga tortgan bo'lsa ajab emas. Malum qilinishicha "El Kapitano" mushaklardagi og'riq sabab bugungi bellashuvni o'tkazib yuboradi.   

"Real Madrid" – "Selta"3 yanvar, 01.00, "Estadio Alfredo Di Stefano"

"Real Madrid" – Kurtua, Mendi, Karvaxal, Nacho, Varan, Kazemiro, Kroos, Vaskes, Modrich, Asensio, Benzema.

"Selta" – Ruben Blanko, Murilo, Olasa, Arauxo, Malo, Mendes, Tapiya, Denis Suares, Nolito, Aspas, Santi Mina.

BestMaster
3 Yanvar 2021, 03:00
liga, real, madrid, 2021, yilni, ishonchli, galaba, bilan, boshladi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads