Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Xoland «Barselona»ga o'tadi, agar...

.
- Yuklab olish

Ushbu ruknimizdagi eng so'nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz. 

Draksler APLda?!

Parijning PSJ jamoasi yarim himoyachisi Yulian Draksler faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. 

«Taem Talk» nashrining ma'lum qilishicha, 27 yoshli futbolchi «Lids» klubining asosiy nishoni bo'lib turibdi. 

Manbaning ma'lum qilishicha, nemis futbolchisi qishda jamoani tark etishga qaror qilgan. 

Alaba Turinda?!

Myunhenning «Bavariya» jamoasi bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayotgan David Alaba kelasi mavsumni Italiyada boshlashi mumkin. 

«Goal» nashrining ma'lum qilishicha, Alaba bilan «Yuventus» jamoasi jiddiy qiziqib qolgan. 2021 yilda shartnomasi yakuniga etadigan futbolchiga «Yuventus» klubi yiliga 10 million evro maosh berishga tayyor. 

Manbaning ma'lum qilishicha, futbolchi bilan «Manchester Yunayted» va «Real Madrid» klublari ham jiddiy qiziqib qolgan. 

Kolashinats qaytadi

Londonning «Arsenal» jamoasi himoyachisi Saad Kalashinats faoliyatini Bundesligada davom ettirishga juda yaqin turibdi. 

Nemis nashrlarining ma'lum qilishicha, bosniyalik futbolchini «Shalke 04” yanvar oyida ijaraga olishni reja qilgan. 

Ma'lumotlarga qaraganda, Saad o'yin amaliyotga ega bo'lish maqsadida «Arsenal»ni tark etishga tayyor. 

Xoland «Barselona»ga o'tadi, agar...

Dortmundning «Borussiya» jamoasi hujumchisi Erling Xoland «Barselona» a'zosiga aylanishi mumkin. 

AS nashrining ma'lum qilishicha, hujumchi agar Kataloniya klubi prezidentligiga da'vogar bo'lib turgan Emil Russo o'tirsa, Kataloniyaga ko'chib o'tmoqchi. 

Russo o'z nomzodini qo'llab-quvvatlagan barcha muxlislar uchun Erling Xolandning transferini amalga oshirishni va'da qilmoqda. 

Eslatib o'tamiz, avvalroq Xoland bilan «Chelsi» klubi ham qiziqib qolgani haqida xabar bergan edik. 

«Milan»ga u kerak!

Angliyaning «Liverpul» jamoasi hujumchisi Divok Origi faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. 

«Goal» nashrining ma'lum qilishicha, hujumchi bilan «Milan» klubi jiddiy qiziqib qolgan. Belgiyalik futbolchi o'yin amaliyotisiz qolib ketayotgani uchun ham faoliyatini boshqa klubda davom ettirishni istamoqda. 

Manbaning ma'lum qilishicha, Origi kelajakda Zlatan Ibrahimovichning o'rnini egallashi taxmin qilinmoqda.

BestMaster
31 Dekabr 2020, 21:00
xoland, «barselona»ga, otadi, agar,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads