Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Isko, O'zil, Jiru va boshqalar. Yanvardayoq jamoasini o'zgartirishi mumkin bo'lgan yulduzlar

Transferlar oynasi har doim qiziqarli tus olib kelgan. Ko'pchilik muxlislar qishki transferlar oynasini sezmay qolsa, klublarda bunga yaxshi tayyorgarlik ko'rish uchun vaqt ham, mablag' ham topilmasligi mumkin. Biroq bu umuman sensatsiyalar bo'lmasligini anglatmaydi.

.
- Yuklab olish

Transferlar oynasi har doim qiziqarli tus olib kelgan. Ko'pchilik muxlislar qishki transferlar oynasini sezmay qolsa, klublarda bunga yaxshi tayyorgarlik ko'rish uchun vaqt ham, mablag' ham topilmasligi mumkin. Biroq bu umuman sensatsiyalar bo'lmasligini anglatmaydi. Axir hozirda jamoani elkasida sudrab yurgan Brunu Fernandesh ham aynan qishki transferlar (yanvar oyida) vaqtida «Manchester Yunayted»ga ko'chib o'tgandi.

Shunday ekan, quyida kelayotgan yanvar oyida boshqa jamoaga o'tishi mumkin bo'lgan taniqli futbolchilar haqida fikr yuritiladi.

Olive Jiru («Chelsi»)



Jiru surunkali ravishda omadsizlikka uchrab kelmoqda. Har safar safdan chiqqan muhim futbolchilarning o'rnini to'ldirib yuradigan frantsuz hech o'zi o'ynagan jamoalarning asosiy hujumchisiga aylana olmagan — yozda har doim unga yangi raqobatchi keladi. Shu tariqa 2020 yilning yozida ham uning pozitsiyasini Temmi Abraham bilan tandem hosil qilgan Timo Verner egalladi.

So'nggi paytlarda esa «Tottenhem», «Vest Hem» va boshqa klublar frantsuzning xizmatiga qiziqib qoldi. Manbalarning ta'kidlashicha, Jiruning o'zi ham zaxira o'yinchisi bo'lishdan charchagan va jamoasini almashtirishdan faqat xursand bo'ladi.

Mundial g'olibini nafaqat inglizlar, balki «Inter», PSJ va «Inter Mayami» singari klublar o'z safiga qo'shib olishga tayyor.

Isko («Real»)



Isko anchadan buyon «Real»ning asosiy futbolchilaridan hisoblanmaydi. Sabrli ispaniyalik hozirda Madridni tark etishga qaror qilgan. Bu haqida uning otasi va agenti Pako Alarkon ispan radiolarining birida aytib o'tdi.

«Hozir bizda hech qanday taklif yo'q, ammo u boshqa ligalarga qiziqmoqda. Yozgacha kutishimiz ham mumkin».

Bir paytlar Ispaniyaning eng umidli o'yinchilaridan biri bo'lgan Isko Zinedin Zidan kelganidan keyin shunchaki unutildi, qo'ydi. Shubhasiz, ayni damlarda u «qaymoqranglilar»ga kerak emas.

Mesut O'zil («Arsenal»)



Mesut O'zil eng kamida fevral oyigacha maydonga tushmasligi aniq. «Arsenal» uni APL va Evropa Ligasi qaydnomasiga kiritmadi. Mikel Artetaning ushbu qarori ko'plab bahs-munozaralarni keltirib chiqargani va futbolchining o'zi ham bundan norozi bo'lgani hech kimga sir emas. Ammo ispaniyalik qat'iy turgan holda yarim himoyachida ko'plab imkoniyatlar bo'lganini va bundan foydalana olmaganini aytdi.

O'zilning «to'pchilar» bilan shartnomasi 2021 yilning yozida nihoyasiga etadi. O'shanda u jamoani bepul tark etishi mumkin bo'ladi. Bu shuni anglatadiki, qishda «kanonirlar» maksimal ravishda uning transferidan pul ishlashga harakat qiladi. Hozirda Turkiya, Osiyo va MLS klublari unga qiziqish bildirmoqda, biroq O'zilning o'zi ularni rad etish bilan ovora.

Dele Alli («Tottenhem»)



Avvaliga Alli Joze Mourino boshqaruvidagi «Tottenhem»ning yuziga aylanishi kutilgandi, ammo hammasi aksincha bo'lib chiqdi — u umuman unutildi. Aftidan, portugaliyalik bundan keyin ham uning xizmatlariga murojaat qilmaydi. Premer Ligada kam o'yin o'tkazayotgan, Evropa Ligasida esa atigi 45 daqiqa harakat qilgan inglizning ketishni istayotgani hech kimni ajablantirmayotgani bor gap.

Barcha ko'rsatkichlar yarim himoyachining «shporlar» tarkibini tark etishini ko'rsatmoqda. Boisi u nafaqat asosiy tarkib, balki 18 talikka ham kira olmayapti.

David Alaba («Bavariya»)



David Alaba va «Bavariya» uzoq vaqtdan beri yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti va mojaro allaqachon klubdan tashqariga ham chiqib bo'lgan. Hozirda avstriyalik nemis klubini tark etishiga shubha yo'q.

Ma'lumotlarga ko'ra Alaba klubdan 125 million evro maoshli besh yillik shartnoma talab qilgan. Hozirda Alabani «Liverpul» o'z safiga qo'shib olishga jiddiy bel bog'lagani haqida ma'lumotlar bor. Yurgen Klopp esa bunday (kuchli) transferdan faqat xursand bo'ladi.

BestMaster
31 Dekabr 2020, 20:00
ozil, jiru, boshqalar, yanvardayoq, jamoasini, ozgartirishi, mumkin, bolgan, yulduzlar,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads