Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Futbol tarixidagi eng qimmat 15 yoshli futbolchilar (Top 10)

.
- Yuklab olish

Stadion.uz sayyoramizdagi eng qimmat yosh futbolchilar haqida o'z o'quvchilari bilan fikr almashadi.

Gannibal Mejbri - «Monako» 1,1 million evro

15 yoshli yarim himoyachini 2017 yilda «Monako» 1,1 million evro evaziga o'z safiga qo'shib olgan edi. Frantsiyaning quyi ligasidagi klublardan biri 15 yoshli futbolchi sababli 1 million evro ishlab olgani tahsinga sazovor. Oradan ikki yil o'tgach, Gannibalni «Monako» «Manchester Yunayted»ga 10 million evro evaziga sotib yubordi. U bugungi kunda «qizil iblislar» akademiyasidagi eng yorqin futbolchilardan biri sanaladi.

Yusuf Mersin - «Liverpul» 1,2 million evro

Angliyada istiqomat qiluvchi turk futbolchisi uchun «Liverpul» 1,2 million evroni sarf etgan edi. 15 yoshli o'spirin uchun bunday summa juda katta. Hatto, u grand klub tomonidan taklif etilgan bo'lsa ham. Afsuski, «Liverpul»da Mersin o'zini to'liq namoyish eta olmadi. «Milluol» safiga qaytib ketishga majbur bo'ldi. Bugungi kunda u Angliyanign 5-divizion vakili sharafini himoya qilmoqda.

Ignasi Mikel - «Arsenal» 1,25 million evro

16 yoshiga qadam qo'yishidan bir necha oy ilgari London klubi «Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi bilan shartnoma imzolaydi. Klubga katta umidlar bilan qabul qilingan Mikel atigi 14 ta o'yinda ishtirok etdi xolos. Oqibatda, 2013 yilda uni «Arsenal» ijaraga berishni boshladi. Hozirda, qahramonimiz «Leganes» sharafini himoya qilmoqda. Afsuski, u erda ham uni asosiy tarkib futbolchisi deb bo'lmaydi.

Xashim Mastur - «Milan» 2,1 million evro

2012 yilda Milanning «Milan» klubi 15 yoshli «Redjina» futbolchisi uchun 2 million evro sarf etishdan qo'rqmadi. Rahbariyat yosh iqtidor egasi kelajakda «Milan»ga katta sovrinlar olib berishini taxmin qilgan edi, ammo bu amalga oshmadi.

18 yoshga qadar o'zini ko'rsata olmagach, «Milan» u bilan shartnomani bekor qildi. Keyin, Mastur butun Evropani kezishni boshladi. U Gretsiyaning ikkinchi ligasida ham o'zini namoyish eta olmagach, yana «Redjina»ga qaytib keldi.

Jorj Grin - «Everton» 2,3 million evro

2011 yilda «Bredford»ning 15 yoshli futbolchisi uchun kurashda «Everton» g'olib chiqdi. Kurash shu qadar avj oldiki, hatto bir haftada Grin uchun talab qilinayotgan summa 2,3 million evroga ko'tarilib ketdi. Afsuski, «Everton»da Grin o'zini umuman ko'rsata olmadi. Keyin, butun Britaniya bo'ylab sayohat boshlandi. Bugungi kunda u Angliyaning 7 ligasida to'p surmoqda.

Sheyo Odjo - «Liverpul» 2,5 million evro

«Everton»ning hamshahari «Liverpul» ham o'spirinlarga ishonib yaxshigina summani havoga uchirib yuborganlar qatorida mavjud. 2011 yilda Odjo «Liverpul»ga 14 yoshda tashrif buyurdi. Qahramonimiz jamoa safida 13 ta o'yinda ishtirok etdi va hatto bitta gol ham kiritdi. 20 yoshda yoshlar o'rtasidagi Jahon Chempionatida Angliya bilan chempionlikka ham erishdi, biroq omad unga «Liverpul»da kulib boqmadi. U hozirda Chempionshipdagi jamoalarda to'p surmoqda.

Charli Musonda - «Chelsi» 2,5 million evro

Angliya liga kubogi, yoshlar o'rtasidagi EChL va Shotlandiya kubogida zafar quchgan bo'lsada, belgiyalik futbolchini omadli deb bo'lmaydi. U o'z vaqtida sayyoramizning eng iqtidorli futbolchilaridan biri edi. Afsuski, 2019 yilda jarohat olgan futbolchi hali-hamon yashil maydonga qaytgani yo'q. 2012 yilda «Anderlext»dan xarid qilingan futbolchi hali «Chelsi» uchun aytarli hech narsa namoyish etgani yo'q.

Xose Pozo - «Manchester Siti» 2,8 million evro

«Real Madrid» jamoasi akademiyasida tarbiyalangan bo'lsada 14 yoshida uni «Manchester Siti» o'z safiga qo'shib oladi. 2012 yilda Angliya ko'chib o'tgan o'spirin 5 yil davomida jamoa asosiy tarkibiga kirish uchun harakat qildi. Yakunda esa, atigi 4 ta o'yin. Shartnomasi yakunlangach, uni «Siti» qo'yib yubordi. 2018 yildan beri «Rayo Valekano» sharafini himoya qilmoqda.

Jermeyn Pennant - «Arsenal» 3 million evro

15 yoshida Pennatni super yulduz bo'lishi taxmin qilingan edi. Shu bois, London klubi 3 million evroni sarf etishga qaror qildi. Afsuski, bu transfer omadsizlikka yuz tutdi. Keyinchalik, Pennant o'zini tiklab olish uchun «Liverpul» va «Lids» jamoalarida urinib ko'rdi, biroq barchasi omadsiz yakunlandi. Qahramonimiz 35 yoshga qadar Hindiston chempionatida ham to'p surdi. Vatinga qaytgach, ayrim qiliqlari sababli 7 liga vakili u bilan o'rtadagi shartnomani bekor qildi.

Fran Merida - «Arsenal» 3,2 million evro

Merida haqida ko'pchilik hatto eshitmagan ham bo'lsa, ajab emas. 15 yoshli futbolchi uchun 2005 yilda London klubi «Barselona»ga 3,2 million evro to'lab bergan edi. Unga ishonch bildirishdi, biroq bu ishonchni Fran o'z foydasiga ishlata olmadi. Kelajakda yangi Rober Pires bo'lishi taxmin qilingan Merida bugungi kunda 30 yoshda. U ancha yillardan beri «Segunda» klublarida to'p surmoqda.

BestMaster
30 Dekabr 2020, 00:30
futbol, tarixidagi, qimmat, yoshli, futbolchilar,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads