Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

UEFA superkubogi. «Real» mavsumdagi ilk sovringa ega bo'ldi

Evropa chempionlari ligasi g'olibi "Real" UEFA superkubogini qo'lga kiritdi.

.
- Yuklab olish

Evropa chempionlari ligasi g'olibi "Real" UEFA superkubogini qo'lga kiritdi. Zidan shogirdlari sovrin uchun bahsda Mourino boshchiligidagi "Manchester Yunayted"ni mag'lub etishga muvaffaq bo'lishdi.

"Madrid" bu o'yinda o'zi yaratgan vaziyatlardan samarali foydalandi. Uchrashuvning 24-daqiqasida Karvaxal jarima maydonchasi tashqarisidan darvozabon maydonchasi yaqiniga uzatma berdi. Kazemiro himoyachilardan qochib ketib, to'pni to'xtatmasdan darvozaga joylab qo'ydi.

Ikkinchi bo'lim boshida ispaniyaliklar hisobdagi farqni oshirishdi. Isko raqib jarima maydonchasi chizig'i ustida Beyl bilan "devor" o'ynadi hamda yakkama-yakka vaziyatga chiqib borib, darvozani ishg'ol qildi.

Oradan 2 daqiqa o'tib "MYu" hisobni qisqartirishi kerak edi. Qanotdan etkazilgan uzatmagan Pogba bosh bilan zarba berdi. Navas zarbani qaytardi. Lukaku esa 10 metrlardan darvoza tomon aniq zarba bera olmadi. Shunga qaramay, Lukaku o'z xatosini to'g'riladi. Bahsning 62-daqiqasida Matich jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba berdi. Navas zarbani qaytardi, ammo Romelu to'pni egallab, darvozani ishg'ol qildi.

Mourino jamoasi hisobni tenglashtirishga juda yaqin keldi. Mxitaryanning ajoyib uzatmasidan keyin Reshford birga-bir vaziyatga chiqib, zarba berdi. To'p Navasning qo'llari uchiga tegib, ustun yonidan o'tib ketdi.

Shu tariqa, "Real" yangi mavsumdagi ilk sovrinni qo'lga kiritdi. Zidan jamoasi o'tgan mavsum avvalida ham ushbu sovringa ega chiqqanini ta'kidlash lozim.

UEFA superkubogi
"REAL MADRID" - "MANChESTER YuNAYTED" 2:1 (1:0)
8 avgust, 23.45, «Filipp II»
Gollar: 1:0 – 24 Kazemiro, 2:0 – 52 Isko, 2:1 – 62 Lukaku.
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Kroos, Kazemiro, Isko (Vaskes, 74), Modrich, Beyl (Asensio, 74), Benzema (Ronaldu, 83).
Manchester Yunayted – De Xea, Smolling, Lindelef, Darmian, Valensiya, Errera (Fellayni, 56), Matich, Mxitaryan, Pogba, Lingard (Reshford, 46), Lukaku.
Ogohlantirishlar: Lingard (42), Karvaxal (84), Ramos (86), Reshford (90).

BestMaster
9 Avgust 2017, 02:00
superkubogi, «real», mavsumdagi, sovringa, boldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 2422  
Real madrid qirol
9 Avgust 2017, 02:09
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads