Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Chempionlar Ligasi tarixidagi eng yaxshi jamoalar reytingi e'lon qilindi. «Real» birinchi, «Barselona» — 3

UEFA Evropa Chempionlar Ligasi (Chempionlar Kubogi) tarixidagi eng yaxshi klublar reytingini e'lon qildi.

.
- Yuklab olish

UEFA Evropa Chempionlar Ligasi (Chempionlar Kubogi) tarixidagi eng yaxshi klublar reytingini e'lon qildi.

Reytingni tuzish jarayonida klublarning 1955—2020 yillar oralig'ida Chempionlar Ligasi va Evropa Chempionlar Kubogida qayd etgan natijalari inobatga olingan. Jamoalarga g'alaba uchun ikki ochko, durang uchun esa bir ochko ajratilgan.

Ro'yxatning birinchi pog'onasidan «Real» klubi o'rin oldi. Madridliklar jamoasi Evropaning eng nufuzli musobaqasida 51 bor qatnashib, 13 marta sovringa ega chiqqan. Jamoa ularda 445 o'yin o'tkazib, 265 g'alaba, 77 durang va 103 mag'lubiyat qayd etgan holda 607 ball to'plagan.

Keyingi o'rinlarda musobaqaning olti karra chempioni «Bavariya» (495 ochko) va besh marta bosh sovrin egasi «Barselona» (459) qayd etilgan.

Evropa Chempionlar Ligasi / Chempionlar Kubogidagi ishtirok bo'yicha eng yaxshi jamoalar top-10 ligi:

1. «Real» (Ispaniya) — 607 ochko

2. «Bavariya» (Germaniya) — 495

3. «Barselona» (Ispaniya) — 459

4. «Manchester Yunayted» (Angliya) — 380

5. «Yuventus» (Italiya) — 361

6. «Milan» (Italiya) — 314

7. «Liverpul» (Angliya) — 298

8. «Benfika» (Portugaliya) — 287

9. «Portu» (Portugaliya) — 286

10. «Ayaks» (Niderlandiya) — 271

BestMaster
27 Dekabr 2020, 08:30
chempionlar, ligasi, tarixidagi, yaxshi, jamoalar, reytingi, elon, qilindi, «real», birinchi, «barselona»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads