Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. «Real» - «Barsa»dan sinxron g'alabalar

Ispaniya chempionatining 37-turi doirasidagi aksariyat o'yinlari bir vaqtda boshlandi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya chempionatining 37-turi doirasidagi aksariyat o'yinlari bir vaqtda boshlandi. Chempionlik yo'lida kurash olib borayotgan "Real" va "Barselona" klublari yirik hisobda g'alaba qozonishdi.

"Madrid" "Sevilya" darvozasini to'rt marta ishg'ol qilganiga qaramay, o'z darvozasidan shuncha gol olib chiqishi mumkin edi. Ayniqsa, birinchi bo'limda. Keylor Navas ikki marta yakkama-yakka vaziyatda raqib futbolchilaridan ustun kelgan bo'lsa, Yovetich 2 marta "Real" darvozasi to'sinini nishonga oldi. Aksincha, Zidan shogirdlari bugun o'z imkoniyatlaridan juda samarali foydalanishdi. Birinchi bo'limda Nacho va Ronalduning gollari mezbonlarni 2ta to'p farqi bilan oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo'lim boshida esa Yovetich chiroyli kombinatsiyani aniq zarba bilan samarali yakunladi. O'yin tugashiga 13 daqiqa qolganida Krishtianu kuchli zarba bilan farqni yana ikkitaga oshirib, o'yindagi intrigani yo'qqa chiqardi. Kroosning goli yirik hisobdagi g'alabani ta'minladi.

"Barselona" esa "Las-Palmas" mehmoni bo'ldi. Neymar bu bahsda xet-trikka erishgan bo'lsa, Luis Suares o'z hisobiga bitta gol yozdi — 1:4.

Ushbu g'alabalardan keyin ikkala jamoa ochkolari 87taga etdi. "Real" 17 may kuni "Selta"ga qarshi qoldirilgan uchrashuvni o'tkazadi.

"Atletiko" bugun "Betis" maydonida ochko yo'qotganiga qaramay, chempionatning bironza medallarini naqd qildi.

Ispaniya La ligasi, 37-tur
Real Madrid – Sevilya 4:1 (2:0, 2:1)
14 may, 23.00, «Santyago Bernabeu»
Gollar: 1:0 – 10 Nacho, 2:0 – 23 Ronaldu, 2:1 – 49 Yovetich, 3:1 – 78 Ronaldu, 4:1 – 84 Kroos.
Real Madrid – Navas, Varan, Nacho, Ramos, Danilo, Kroos, Asensio, Kovachich (Modrich, 72), Xames (Kazemiro, 61), Morata (Vaskes, 61), Ronaldu.
Sevilya – Riko, Langle, Merkado, Parexa (Montoyya, 46), Karrisu, Vitolo, Kranevitter, Korrea (Diego Gonsales, 89), Nzonzi, Kron-Deli (Ben-Yedder, 89), Yovetich.
Ogohlantirishlar: Danilo (39), Morata (56), Merkado (69), Korrea (80), Nacho (80), Vaskes (83).

Las-Palmas – Barselona 1:4 (0:2, 1:2)
14 may, 23.00, «de Gran Kanariya»
Gollar: 0:1 – 25 Neymar, 0:2 – 27 Suares, 1:2 – 63 Bigas, 1:3 – 67 Neymar, 1:4 – 71 Neymar.
Las-Palmas – Varas, Lemos, Elder Lopesh, Masedo, Bigas, Boateng, Momo (Xalilovich, 72), Viera (Kastelyano, 85), Mesa, Xese, Montoro (Santana, 78).
Barselona – ter Shtegen, Umtiti, Alba, Din (Andre Gomesh, 58), Marlon, Rakitich (Denis Suares, 79), Buskets, Inesta, Neymar, Messi, Suares.
Ogohlantirish: Din (6).

Betis – Atletiko 1:1 (0:0, 1:1)
14 may, 23.00, «Benito Vilyamarin»
Gollar: 1:0 – 57 Sebalos, 1:1 – 66 Savich.
Betis – Adan, Petstselya, Durmisi (Martines, 87), Rafa Navarro, Bruno Gonsales, Marten (Sexudo, 68), Petros, Sanches (Matias Nauel, 90), Brashanats, Sebalos, Ruben Kastro.
Atletiko – Oblak, Savich, Filipe Luis (Torres, 64), Ximenes, Lyuka Ernandes, Saul, Gabi, Ferreyra Karrasko, Koke, Grizmann (Parti, 75), Gameyro (Gaytan, 64).
Ogohlantirishlar: Brashanats (28), Filipe Luis (36), Ximenes (42), Koke (55), Savich (60), Petros (66), Adan (67), Martines (90).

Real Sosedad – Malaga 2:2 (1:1, 1:1)
14 may, 23.00, «Anoeta»
Gollar: 1:0 – 31, penalti Prieto, 1:1 – 45 Ernandes, 1:2 – 75 Resio, 2:2 – 85 Bautista.
Real Sosedad – Ruli, Martines, Navas (Bautista, 76), Berchiche, Subeldiya, Ilyarramendi, Odriosola, Prieto, Vela (Kanales, 64), Xuanmi (Oyarsabal, 58), Villian Joze.
Malaga – Kameni, Lorente, Rikka, Torres, Ernandes, Keko (Demichelis, 78), Xuan Karlos (Santos, 86), Resio, Fornals, Xoni Rodriges (Chori Kastro, 71), Sandro Ramires.
Ogohlantirishlar: Navas (53), Torres (86), Santos (89).

Vilyarreal – Deportivo 0:0 (0:0, 0:0)
14 may, 23.00, «Estadio de la Seramika»
Vilyarreal – Fernandes, Bonera, Kosta, Mario Gaspar, Alvaro Gonsales, Kastilexo, Trigeros (Sansone, 71), Soriano, Dos Santos (Rodri Ernandes, 90), Soldado (Adrian, 75), Bakambu.
Deportivo – Lyuks, Arribas, Albentosa, Navarro, Xuanfran, Gilerme, Borxes, Cholak (Moskera, 90), Xil (Gama, 83), Djon (Fajr, 63), Andone.
Ogohlantirishlar: Trigeros (43), Soldado (45), Lyuks (45), Andone (53), Fajr (65), Borxes (90).

Atletik – Leganes 1:1 (1:0, 0:1)
14 may, 23.00, «San Mames»
Gollar: 1:0 – 14 Aduris, 1:1 – 61 Shimanovski.
Atletik – Arrisabalaga, Echeyta, Yeray Alvares, Balensiaga (Inigo Lekue, 87), De Markos, Raul Garsiya (Sabin Merino, 79), San Xose, Inyaki Uilyams (Susaeta, 66), Benyat, Muniain, Aduris.
Leganes – Shampan, Mantovani, Riko, Bustinsa, Siovas (Insua, 46), Pires (Moran, 71), Timor, Shimanovski, Peres, El-Jar, Lusiano (Gerrero, 90).
Ogohlantirishlar: Benyat (29), Shimanovski (35), Peres (44), Bustinsa (65), El-Jar (73), Timor (83), San Xose (84), Shampan (90).

Eybar – Sporting Xixon 0:1 (0:1, 0:0)
14 may, 23.00, «Munisipal de Ipurua»
Gol: 0:1 – 32 Burgi.
Eybar – Riesgo, Galves, Junka, Kapa, Lejen, Eskalante (Rivera, 70), Dani Garsiya, Gonsales (Kike, 58), Leon, Inui (Bebe, 77), Enrik.
Sporting Xixon – Kuelyar, Xorxe Mere, Kanelya, Duglas Pereyra, Baben, Gomes (Xavi Torres, 74), Mikel Vesga, Karmona (Lopes, 88), Alvares, Burgi (Amorebeta, 83), Chop.
Ogohlantirishlar:  Lejen (59), Enrik (60), Mikel Vesga (80), Chop (89).

BestMaster
15 May 2017, 01:10
liga, «real», «barsa»dan, sinxron, galabalar,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 sodiqjonnematov  
Assalamu aleykum.
15 May 2017, 01:36
ruziboy
 ruziboy  
Barcaga omad
15 May 2017, 19:45
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads