Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Dahshat! «Barselona»ning barcha zamonlardagi eng yaxshi futbolchilari (Ramziy jamoa)

Stadion.uz Kataloniya super klubi tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan tashkil topgan ramziy jamoani e'tiboringizga havola etadi.

.
- Yuklab olish

Stadion.uz Kataloniya super klubi tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan tashkil topgan ramziy jamoani e'tiboringizga havola etadi.

Darvozabon. Viktor Valdez

21 asrda «Barselona» jamoasining deyarli barcha g'alabalarida Viktorning tutgan o'rni katta. U Messi, Xavi, Buskets singari «La Masiya»da tarbiyalandi va juda erta asosiy darvozabonga aylandi. Katta bosim bo'lishiga qaramay, 10 yil davomida klub darvozasini munosib himoya qildi. Bugungi kunda u «Barselona» jamoasi yoshlar murabbiyi sanaladi.

Himoyachilar: Ronald Kuman

Ayni damda, jamoa postini boshqarayotgan himoyachi yangi asr boshida jamoa sharafini futbolchi sifatida himoya qilganidan xabaringiz bor. O'zining kuchli zarbalari bilan omma e'tiboriga tushgan himoyachi futbol tarixidagi eng ko'p gol kiritgan futbolchi sanaladi.

Karles Puyol

Karles butun faoliyatini Kataloniya jamoasiga bag'ishladi. Ushbu klub safida qo'lga kiritish mumkin bo'lgan barcha sovrinlarni o'ziniki qildi. «Tarzan» laqabli himoyachi yakka kurashlarda dunyoning eng kuchli futbolchilariga ham imkoniyat bermas, ammo hech qachon qo'pol himoyachi sanalmas edi. Uni hatto «Real» muxlislari ham yaxshi ko'rar edi. Shu bois, uni klub tarixidagi eng kuchli sardorlardan biri sifatida e'tirof etish mumkin.

Jerar Pike

Pike ham Puyol singari Kataloniyada tavallud topgan bo'lib, u ham «La Masiya» bitiruvchisi sanaladi. «Manchester Yunayted»da bir muncha to'p surgach, uni «Barselona» arzimagan summa evaziga ortga qaytarib oldi. 2008 yilda klub safini to'ldirgan himoyachi bugungi kunga qadar sayyoramizning eng kuchli markaziy himoyachilaridan biri sanaladi.

Dani Alves

Futbol olamidagi eng sovrindor futbolchi sifatida Messi va Ronalduni dog'da qoldirgan Alvesni «Barsa» muxlislari yaxshi eslab qolishgani aniq. U o'zining eng kuchli sport formasiga chiqqan paytlari, to'xtatib bo'lmas kuchga aylangan edi. Afsuski, klub uning imkoniyatlarini yaxshi baholay olmadi va erkin agent sifatida qo'yib yuboradi. Qahramonimiz ayni damda ham yuqori darajada Braziliyada o'yin namoyish etmoqda.

Yarim himoyachilar: Andres Inesta

Andres nafaqat «Barselona», balki butun futbol tarixidagi eng kuchli yarim himoyachilardan biri sanaladi. JCh g'olibi, ikki karra Evropa chempionligini qo'lga kiritgan Inesta «Barselona» bilan qo'lga kiritish mumkin bo'lgan barcha sovrinlarni o'ziniki qilib olganlardan. U ayni damda, Yaponiyaning «Vissal Kobe» sharafini himoya qilmoqda.

Xavi

Qatar futbolida inqilobni amalga oshirgan yarim himoyachi ayni damda murabbiylik faoliyatini boshlab yuborgan. Uni kelajakda «Barselona» bosh murabbiyi sifatida ko'rishimiz mumkin. Xavi futbolchilik chog'ida o'zining mayda pastlari va maydonni ko'ra olishi bilan boshqalardan ajralib turar edi. Endilikda u kuchli murabbiy sifatida shakllanib bormoqda.

Yohan Kroyf

Kroyf bugungi kundagi «Barselona» targ'ib erayotgan o'yin uslubining asoschisi sanaladi. Uning «Barselona» uchun maydonda va uning ortida amalga oshirgan ishlari tahsinga sazovor. 3 karra «oltin to'p» egasi bugungi ramziy jamoamizning sardori bo'lishga to'liq haqli!

Hujumchilar:Messi

Leo klub safida to'p surgan eng kuchli futbolchi desak, adashmagan bo'lamiz. Jamoa tarixidagi eng yaxshi to'purar va assistent sanalgan Leo yuzga yaqin rekordlarni o'rnatdi. U yaqindagina bir jamoa safida to'p kirish borasida afsonaviy Peleni ham ortda qoldirgani yodingizdan ko'tarilmagan bo'lsa kerak. Afsuski, futbolchi 13 yillik faoliyatiga qaramay tez orada boshqa jamoa libosini kiyishi mumkin. Bu uning va «Barselona»ning muxlislari uchun juda og'ir zarba bo'lishi mumkin.

Ronaldino

Braziliyalik charm to'p afsungari juda qisqa muddat yuqori darajada futbol namoyish etdi. O'sha qisqagina vaqtni esa, «Barselona»ga bag'ishladi. Shu bois, uni Kataloniyadagi barcha «o'ziniki» deb hisoblaydi. Ronaldino o'z imkoniyatlarining o'ndan birini namoyish etmagan bo'lsada, uni butun dunyo yaxshi ko'rib qoldi desak, adashmagan bo'lamiz.

Maradona

Maradona «Barselona» safida atigi 3 yil to'p surdi. U ro'yxatimizdagi boshqa futbolchilar singari «Barselona» tarixida iz qoldirgani yo'q, biroq u dunyoning eng kuchli futbolchilaridan biri sanaladi. Uni Kataloniya klubi libosini kiyganini inobatga olsak, Diego ro'yxatda bo'lishga haqli. Shunday ekan, u bugungi «dahshatli» tarkibimizning markaziy hujumida to'p surish imkoniyatiga ega bo'lmoqda.

 

Ushbu tarkibdan tashqari shuningdek: 

Rivaldo, Stoichkov, Neymar, Klyuvert, Kubala, Romario, Buskets, Subisareta, Bakero, Gvardiola,Buskets,  Laudrop, Shuster va boshqalar ham ko'rinish berishga to'liq haqli edi. Sizningcha yana qaysi futbolchilar tarkibdan tushib qolgan? Fikrlaringizni izohlar orqali bayon qiling!

BestMaster
25 Dekabr 2020, 22:30
dahshat!, «barselona»ning, barcha, zamonlardagi, yaxshi, futbolchilari, ramziy, jamoa,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads