Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La Liga. Kazemiro va Benzemaning gollari "Real"ga navbatdagi g'alabani taqdim etdi

Ispaniya chempionati 15-turidan o'rin olgan uchrashuvda "Real Madrid" o'z uyida "Granada"ni qabul qildi.

.
- Yuklab olish

Zinedin Zidan shogirdlari navbatdagi g'alabani qo'lga kiritdilar va hamshaharlari "Atletiko Madrid"ga ochkolar bo'yicha etib olishdi. 

"Real Madrid" – "Granada" 2:0"Estadio Alfredo Di Stefano" stadioniGollar: 1:0 – 57 Kazemiro, 2:0 – 90 Benzema.

"Real Madrid" – Kurtua, Ramos, Mendi, Karvaxal, Varan, Valverde (Isko, 78), Kroos, Vaskes (Vinisius Junior, 78), Kazemiro, Rodrigo (Asensio, 38), Benzema.

"Granada" – Ruy Silva, Valexo (Xerman Sanches, 84), Fulke (Kini, 73), Neva, Duarte, Kenedi (Suares, 63), Errera, Milya, Eteki (Soro, 63), Puertas, Soldado (Molina, 74).

Ogohlantirishlar: Vaskes (17), Fulke (27), Karvaxal (81).

La Liga turnir jadvali va to'purarlar ro'yxati bilan tanishing.

Real Madrid

Casemiro - 57', Karim Benzema - 90'

LaLiga . 15-tur

23/12/2020, 23:45

0 : 2 Tugadi

Granada

Stadion: Alfredo Di Stefano, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Juan Martinez

45' 90' 17'  Lucas Vazquez38'  Rodrygo (Marco Asensio)57'  Casemiro57'  Marco Asensio78'  Lucas Vazquez (Vinicius Junior)78'  Federico Valverde (Isco)81'  Daniel Carvajal90'  Karim Benzema90'  Isco27'  Dimitri Foulquier63'  Yan Brice Eteki (Luis Suarez)63'  Kenedy (Alberto Soro)73'  Dimitri Foulquier (Quini)74'  Roberto Soldado (Jorge Molina)84'  Jesus Vallejo (German Sanchez) Match-senterda ochish

Ushbu sahifada siz uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 

YANGILASH

Bo'ldi, hakamning final hushtagi yangradi va "Qirollik klubi" navbatdagi uch ochkoni qo'lga kiritdi! Karim Benzema esa to'purarlar poygasida etakchilarga etib oldi. 

90+3-daqiqa. GOOOOOOL! Iskodan ajoyib pas. Karim Benzema sovuqqonlik bilan harakat qildi va to'pni darvozaning pastki burchagiga aniq yo'lladi - 2:0.

Javob hujumida Asensio bir raqibini osonlik bilan ortda qoldirdi, lekin zarbaga aniqlik etishmadi. 

90+2-daqiqa. "Granada"ning qarshi hujumi amalga oshishiga Ramos yo'l qo'ymadi. 

Burchak zarbalari bo'yicha ko'rsatkich 7:1 "Qirollik klubi" foydasiga.

90+1-daqiqa. Asensiodan to'pni qabul qilib olgan Isko zarba yo'lladi, lekin to'p himoyachiga tegib maydonni tark etdi.  

90-daqiqa. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

89-daqiqa. "Granada"ning navbatdagi hujumini Mendi to'xtatib qoldi. 

87-daqiqa. Errera bosh bilan zarba yo'llashga muvaffaq bo'ldi, lekin uning urinishiga aniqlik etishmadi. 

85-daqiqaVinisius, Isko, Kroos va Asensio hujumning chap qanotiga to'planib olib, to'pni anchagacha raqibga bermay, harakat qilishdi. 

84-daqiqa. O'zgarish! "Granada" ustozi so'nggi imkoniyatni ishga soldi. Xesus Valexo o'rnini Xerman Sanches Baraonaga bo'shatib berdi. 

83-daqiqa. Maydon markazida qoida buzildi, Kazemiro aybdor.  

82-daqiqa. Uzatmadan transfer huquqi "Real"ga tegishli Xesus Valexo bosh bilan to'pni darvozaga joylab qo'yishi mumkindek edi, lekin markaziy himoyachi to'pga eta olmadi. 

81-daqiqa. Ogohlantirish! Dani Karvaxal qo'pollik ishlatdi va hakam tomonidan ogohlantirildi. 

80-daqiqa. Ferlan Mendi jarima maydoniga kirib bordi va raqiblarini aldab o'tishga urindi, lekin to'pni oldirib qo'ydi.  

78-daqiqa. Federiko Valverde va Lukas Vaskes maydonni tark etishdi. Aytib o'tganimiz Vinisius Junior va Isko o'yinga qo'shildi. 

77-daqiqa. "Granada"ning navbatdagi urinishi va bu safar Varan faollik ko'rsatdi. 

Maydon chetida Vinni maydonga tushishga tayyor va Zidandan oxirgi ko'rsatmalarni tinglamoqda.  

Hakam shoshmaslikni so'ramoqda va "VAR" xonasidagilarga quloq tutdi. Barchasi joyida, o'yin davom ettiriladigan bo'ldi. 

75-daqiqa. Kazemiro va Varan bir-birini tushunmay qoldi va natijada raqib zarba uchun imkoniyatga ega bo'ldi, lekin Kazemiro to'p yo'liga o'zini qalqon qildi.   

73-daqiqa. O'zgarish! "Granada"dan yana qo'shaloq o'yinchi almashtirish. Dmitri Fulke va Roberto Soldado maydonni tark etdi, Xorxe Molina va Kini o'yinga qo'shildi.

72-daqiqa. Tibo Kurtua to'pni maydon tashqarisiga yo'lladi.  

70-daqiqa. Zinedin Zidan shogirdlaridan bo'shashmaslikni talab qilmoqda. Darhaqiqat hisob "Real Madrid" uchun ijobiy bo'lsada, birgina xato barchasini o'zgartirib yuborishi mumkin. 

67-daqiqa. Valverde to'pni o'zi va raqibining utidan tashlab, oldinga o'tib ketishga urinayotganda, to'p uning qo'liga tegib ketdi, raqib futbolchilari etirozlariga qaramay, hakam o'yinni davom ettirishni so'radi. 

65-daqiqa. O'yin tempi yana biroz pasaygandek.

63-daqiqa. O'zgarish! "Granada" safida bir yo'la ikki futbolchi almashtirilmoqda. Albert Kennedi va Yan-Bris Eteki uchun o'yin yakunlandi. O'yinga Luis Suares va Alberto Soro qo'shildi. 

62-daqiqa. Jarima zarbasidan keyin "Real" ishni darvoza tomon berilgan zarbagacha etkaza olmadi.  

60-daqiqa. Buyog'iga "Granada" hujumga borishga majbur, bu esa "Real" vakillari uchun bo'sh zonalar yuzaga kelishini anglatadi.  

58-daqiqa. "Granada" darhol javob berishi mumkin edi, lekin Kurtua ishonchli o'ynadi va to'pni egallab oldi. 

57-daqiqa. GOOOOOOOL! Karlos Kazemiro hisobni ochdi! Asensio qiyin vaziyatda bo'lishiga qaramay, uzatmani amalga oshira oldi va jarima maydonchasi ichida to'p uchun kurashda Kazemiro barchadan faolroq harakat qilib, muhim golni urishga muvaffaq bo'ldi. 

55-daqiqa. Ketma-ket zarbalar, chinakam xavfli vaziyat yuzaga keldi. Avvaliga to'p darvoza ustuniga tegdi, Valverdening zarbasini darvozabon qaytardi, Benzema esa mo'ljalda adashdi.  

54-daqiqa. Karvaxal jussa jihatidan o'zidan baquvvatroq raqibi bilan kurashdan keyin oyoqda qoldi, "Granada" futbolchisidan farqli o'laroq, va jarima maydoniga kirib borib zarba berdi, to'p yo'l-yo'lakay himoyachiga tegib, maydonni tark etdi. 

Rafael Varan Ramosga oshirgan to'pi Kurtuaga bordi...

52-daqiqa. Maydon burchagida Asensio va Mendi birgalikda to'pni raqiblaridan olib qo'yishga erishishdi.   

Valverde to'p bilan oldinga intildi va qanotda turgan Vaskesga etkazdi, ispaniyalik futbolchi jarima maydoni ichiga uzatmani amalga oshirdi, lekin to'p borgan nuqtada "qaymoqranglilar"dan hech kim yo'q edi. 

50-daqiqa. "Real" futbolchilari to'pni o'zida saqlab turishga harakat qilmoqda. 

49-daqiqa. Varan havodagi kurashda raqibidan ustun keldi va to'pni maydonning raqib tomoniga yo'lladi.   

Jamoasi hozircha gol ura olmagan bo'lsada, Zizu tanaffusda o'zgarishga qo'l urmadi.  

Birinchi bo'limdaginga o'xshash vaziyat bilan o'yinning ikkinchi qismi ham boshlandi. Bu safar imkoniyat u qadar qulay nuqtadan bo'lmasada, zarba o'yin avvalidagi kabi juda noaniq bo'ldi.

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Uni mehmonlar boshlab berishdi.

Hakam hushtak chalib, futbolchilarni tanaffusga taklif qildi. Har ikki jamoa ijrosida ancha passiv o'yin ko'rsatilgan birinchi bo'lim yakuniga etdi va haqli ravishda durang natija saqlanib turibdi.   

45+3-daqiqa. "Real" bo'lim so'nggida gol urib ketishi mumkin edi, lekin yakuniy zarba beradigan futbolchi topilmadi. 

Endi mehmonlar vakili maydonda yotibdi. Domingesh Duarte yordamga muxtoj.

45+2-daqiqa. Karvaxal burchak to'pidan keyin qarshi hujumga otlangan "Granada" umidini puchga chiqardi.   

45+1-daqiqa. Tezkor hujumni Valverde qo'llab-quvvatladi va to'pni qulay nuqtada turgan Karim Benzemaga etkazdi, franciyalik futbolchining zarbasi yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi. 

Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

45-daqiqa. Himoyachilar bir amallab to'pni qaytarishdi va hakam o'yin qoidasi buzilganini takidladi. 

44-daqiqa. Kazemiro bu safar to'pni olib qo'yayotganda raqibiga nisbatan qo'pol o'ynadi deb topildi. Tibo Kurtua darvozasi oldida xavfli vaziyat bo'lishi mumkin. 

42-daqiqa. "Real" hujumga o'tdi, jarima maydoni ichidagi tahlikali vaziyatdan keyin himoyachi tepgan to'p Valverdega tegib, darvoza tomon ketayotgandi - darvozabon egallab oldi. Qo'shimchasiga hakam o'yindan tashqari holatni qayd etdi.  

41-daqiqa. Kazemiro to'pni olib qo'yib, jamoasi hujumini boshlayotgandi, unga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Hakam jarima zarbasi belgiladi. 

38-daqiqa. Majburiy o'zgarish! Braziliyalik futbolchi o'rnini Marko Asensio egalladi. 

36-daqiqa. Tezkor qarshi hujumni Rodrigo qanotidan rivojlantirdi va jarima maydoniga kirib borayotganida himoyachi bilan to'qnashib, yiqilib tushdi... Braziliyalik futbolchi oyog'idagi og'riq tufayli darhol o'zini almashtirishlarini so'radi.   

34-daqiqa. Valverde raqibni oxirgacha taqib qildi va maydon markaziga yaqin nuqtada qoidani buzdi. 

31-daqiqa. To'p asosan jarima maydonidan - jarima maydonigacha bo'lgan hududda "aylanib yuribdi". Keskin paslar, chinakam xavfli vaziyatlar deyarli bo'lmayapti. 

Jarima zarbasidan keyin himoyachilar to'pni qaytarishdi, Karvaxal yana zarba berdi, ammo yana mehmonlar to'p darvozagacha borishiga yo'l qo'yishmadi. Navbatdagi burchak to'pidan keyin ham "Real" maqsadiga eta olmadi.   

27-daqiqa. Ogohlantirish! Dimitri Fulke hamyurti Ferlan Mendiga nisbatan o'ta qo'pol o'ynagani uchun hakam tomonidan ogohlantirildi.  

25-daqiqa. Valverde faolligi o'laroq "Real" to'pni raqibdan olib qo'ydi va Benzema vaziyatga tezda baho berib, to'pni darvozaga yo'lladi, posbon qiyinchilik bilan bo'lsada, uni qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Burchak to'pidan keyin esa mezbonlar naf chiqara olishmadi.  

24-daqiqa. Endi navbat Ramosga keldi chog'i, Serxio to'pni Kurtuaga uzatishda tushunarsiz harakat qilib, raqibga burchak to'pi ishlab berdi. 

21-daqiqa. Raqib hujumini qaytarish yo'lida Kennedi nozik nuqtasiga to'p bilan zarba qabul qilib oldi va maydonda yotibdi. O'ziga kelishi uchun unga vaqt kerak. 

19-daqiqa. "Real" futbolchilari kuchli pressingga qaramay, himoyadan to'pni yo'qotmay chiqa olishdi, keyin to'p o'ng qanotga Lukas Vaskesga etkazilayotgandi, ammo vinger qanchalik harakat qilmasin, to'pga eta olmadi. 

17-daqiqa. Ogohlantirish! Lukas Vaskes hujumdagi fol uchun sariq kartochka bilan "siylandi".

14-daqiqa. Uzoq davom etgan hujumni Toni Kroos kuchli zarba bilan yakunladi, biroq to'p darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi.  

11-daqiqa. Qanotdan oldinga tashlab berilgan to'pga Kennedi va himoyachi Karvaxal intilishdi, hech bir futbolchi ortda qolishni istamadi, lekin oxirida braziliyalik vinger yiqilib tushib, to'psiz qoldi.  

9-daqiqa. Karim Benzema ortga qaytib, raqibdan to'pni olib qo'yishda bevosita ishtirok etdi. 

7-daqiqa. Benzemadan to'pni qabul qilib olgan Rodrigo bir raqibini dog'da qoldirdi va aniq zarba berdi, darvozabon o'z o'rnida.  

5-daqiqa. Karvaxal to'pni to'xtatishda xatoga yo'l qo'ydi va jamoasi hujumini uzib qo'ydi. 

Burchak to'pidan so'ng to'p Ramosga etkazildi, lekin sardorning zarbasi ko'ngildagidek chiqmadi.

3-daqiqa. "Real"ning javobini kuzatdik. Karim Benzema imkoniyatga ega bo'ldi, zarbasini darvozabon qaytarishga muvaffaq bo'ldi. 

2-daqiqa. Mehmonlar yana bir bor hujumga o'tishga urinib ko'rishdi, lekin Kurtua oldinroqqa chiqib kelib, to'pni egallab oldi. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi. Uni "Real" futbolchilari boshlab berishdi. Ilk daqiqadayoq "Qirollik klubi" himoyachilari, aniqrog'i Rafael Varan xatoga yo'l qo'ydi va "Granada" hisobni ochishi mumkin edi, ammo zarba qovushmadi. 

Hakamlar brigadasi maydonga chiqib keldi. Bugun maydonda harakat qiladigan futbolchilar ham ularning ortidan ergashdi. 

"Real Madrid" futbolchilarining chigalyozdi mashg'ulotidan suratlarni etiboringizga taqdim etamiz. 

Jamoalarning asosiy tarkiblari malum bo'lib ulgurgan.

"Real Madrid" – "Granada"

23.45, "Estadio Alfredo Di Stefano" stadioni

"Real Madrid" – Kurtua, Ramos, Mendi, Karvaxal, Varan, Valverde, Kroos, Vaskes, Kazemiro, Rodrigo, Benzema.

"Granada" – Ruy Silva, Valexo, Fulke, Neva, Duarte, Kenedi, Errera, Milya, Eteki, Puertas, Soldado.

BestMaster
24 Dekabr 2020, 02:00
liga, kazemiro, benzemaning, gollari, realga, navbatdagi, galabani, taqdim, etdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads