Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Kuchli beshlikda» kimlar chempion bo'lishga yaqin?

Stadion.uz Evropaning futbol bo'yicha eng kuchli chempionatlarida kim g'olib bo'lishi borasida fikr almashadi.

.
- Yuklab olish

Stadion.uz Evropaning futbol bo'yicha eng kuchli chempionatlarida kim g'olib bo'lishi borasida fikr almashadi.

Angliya: «Liverpul» 30 yilda erishganini hech kimga bermoqchi emas!

Bu yil «Liverpul» 30 yillik orzusiga erishdi va dam olmay turib uni himoya qilishga tushib ketdi. Ortda qolgan 14 ta turdan so'ng, «Liverpul» 31 ochko bilan birinchi pog'onada bormoqda. Ularning ortidan kambeklarni amalga oshirishdan charchamayotgan «MYu» quvib kelmoqda. Shuningdek, kutilmaganda paydo bo'luvchi kutilgan raqib - «Lester» ham bor. Shuningdek, pistirmada Jozening «Tottenhem»i, Karlo otaning «Evertoni» pusib turibdi.

Gvardiolaning «Siti»si ham istalgan daqiqada jangga kirishi mumkin. To'g'ri, Pep shogirdlari 13 ta o'yinning atigi 6 tasida g'alaba qozonishgan, ammo bu ular chempionlik uchun kurashdan chiqib ketdi degani emas.

«Liverpul» o'tgan mavsumda 14 turgan kelib, 13 ta g'alaba va bitta durang qayd etgan edi. Bu mavsum starti esa, ancha og'ir boshlandi. Jarohatlar sababli majburiy o'zgarishlar qilishiga to'g'ri keladi. E'tiborlisi shundaki, Virjil singari etakchisi yo'q bo'lsada, tig'iz taqvimda «Liverpul» etakchilik qilmoqda. Bu jamoaning ichki birinchilik uchun katta e'tibor qaratayotganidan dalolat. Klub to'liq mexanizmga aylanib bo'ldi. Endi, uni bir meyorda ishga solish qoldi xolos.

Ispaniya: «Atletiko» va Suares orzu qilmoqda!

So'nggi 16 ta chempionatning 10 tasida «Barselona» g'alaba qozondi. 5 tasida esa, «Real»ning qo'li baland keldi. Atigi bir marotabagina «Atletiko» bu kurashda engib chiqdi. 2013/14 yilgi mavsumda Simeone shogirdlari Ispaniya chempioni bo'lgan edi. O'sha paytlari, klub «Real» va «Barsa»ning omadsiz davridan unumli foydalanib qolgan edi.

Tan olish lozim, «Atletiko Madrid» idial darajada start oldi. 12 ta uchrashuvdan 29 ochko olgan «matraschilar» chempionlik uchun hozirda asosiy da'vogar bo'lib turibdi. Madrid klubi «qirollik klubi»ga qarshi uchrashuvda mag'lub bo'lgan bo'lsada, o'rtada 6 ochkolik farq mavjud. Bu hal qiluvchi tur o'yinlarida qo'l kelishi mumkin.

Shunday bo'lsada, unutmaslik lozim. Zidan doimo o'z shogirdlarini mavsumning ikkinchi qismiga kelib 100 sport formasini tiklab olishini rejalashtiradi. Shu bois, «Real Madrid» mavsumning so'nggi qismini juda yaxshi o'tkazadi. Agar, jarohatlar to'sqinlik qilmasa, «Real Madrid» ketma-ket g'alabalar bilan «Atletiko»ni chetga surib tashlashi hech gap emas. Shunday bo'lsada, ayni damda chempionlik uchun asosiy da'vogar «Atletiko Madrid» bo'lib turibdi!

Italiya: «Milan» va Ibrahimovich tarix yaratmoqchi!

«A seriya»ning 13 ta turi ortda qoldi. Turnir jadvalida «Milan» (31), «Inter (30) va «Yuventus« (27) klublari boshqarib bormoqda. Pioli shogirdlari Mart oyidan beri mag'lubiyat nimalagini bilamay kelishmoqda.

"Inter" esa, Konte boshchiligidagi kutilgan natijani qayd etishga juda yaqin, ammo ularni chempionlik uchun asosiy da'vogar deb bo'lmaydi. Shunga qaramay, Konte faqat skudettoni qo'lga kiritsagina postida qolishi mumkin. Boshqachasiga, uni «Inter»ga keragi yo'q. Buni murabbiy sezmoqda. Shu bois, «Yuventus»ning «bo'shashganidan» unumli foydalanmoqchi. «Yuventus« esa, qatorasiga 10-skudettoni ham o'ziniki qilib olmoqchi. Buning uchun Ronaldu hamma narsaga tayyor ekanligini ko'rsatib qo'ydi.

Shunday bo'lsada, chempionlik uchun asosiy da'vogar sifatida »Yuventus«ni ko'rsatib bo'lmaydi. Tajribasiz Pirloni ayyor Pioli va agressiv Konte poygada ortda qoldirishi hech gap emas. Umuman olganda, Italiya chempionati bu mavsum fantastik yakun topishi kutilmoqda.

Germaniya: »Bavariya« bilan hech kim mushuk-sichqon o'ynamoqchi emas

Flik boshchiligidagi klub yaqindagina "Bayer"ni mag'lub etdi va turnir jadvalidagi o'rnini yaxshilab oldi. «Borussiya Dormund» esa, kechuvda otlarni almashtirishga qaro qildi. Klubga kelgan yangi murabbiy Evropa chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritsa ham katta gap. Boshqa jamoalar esa, «Bavariya»dan chempionlikni yulqib olishiga ishonish juda va juda mushkul.

Frantsiya: PSJ ancha ter to'kishi lozim

Frantsuz nashrlarining ma'lum qilishicha, so'nggi 10 yil ichida ilk bor chempionatda intriga paydo bo'lgan emish. Darhaqiqat, ayni damda «Lill» va «Lion» 33 ochko bilan musobaqada peshqadamlik qilmoqda. Parij super klubi aktivida esa, 32 ochko mavjud. Tuxel shogirdlari «Lion»ga bu mavsumda mag'lub bo'lishdi. «Lill» esa, amaldagi chempion bilan durang o'ynadi. Shunga qaramay, hech kim PSJni chempionlik uchun asosiy da'vogar emas deya olmaydi. O'tgan mavsum EChLning finalida to'p surgan yigitlar hal qiluvchi turlarda peshqadamlikni qo'lga olishi aniq. Faqat buning uchun ko'proq ter to'kish talab etiladi.

BestMaster
22 Dekabr 2020, 22:00
«kuchli, beshlikda», kimlar, chempion, bolishga, yaqin?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads