Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Alaba trendda!

.
- Yuklab olish

Ushbu ruknimizdagi eng so'nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

«Gerta»ga Matteo kerak

Londonning «Arsenal» jamoasi yarim himoyachisi Matteo Genduzi faoliyatini Bundesligada davom ettirishi mumkin.

Ayni damda, frantsuz «Gerta» klubi safida ijara asosida to'p surmoqda. Nemis nashrlarining ma'lum qilishicha, yarim himoyachining o'yinlaridan Berlin shahri jamoasi to'liq qanoatlanmoqda. Shu bois, uning transferini to'liq sotib olmoqchi.

Ma'lumotlarga qaraganda, «Gerta» futbolchi uchun qishda «Arsenal»ga 25 million evro taklif qiladi.

Alaba trendda!

Madridning «Real» jamoasi ayni damda «Bavariya» bilan shaxsiy shartnoma borasida kelisha olmayotgan David Alaba bilan muzokaralar o'tkazmoqda.

«Soccer» nashrining ma'lum qilishicha, David o'z klubidan talab qilayotgan 12 million evrolik maoshni Madrid klubi to'lab berishga tayyor ekanligini ma'lum qilgan.

Manbaning ma'lum qilishicha, «Real» shu yo'sinda 34 yoshli Serxio Ramosning o'rnini to'ldirishga urinib ko'radi.

Simone Eder ketadi!

«Torino» klubi sharafini himoya qilayotgan Simone Eder faoliaytini boshqa jamoada davom ettirishga juda yaqin turibdi.

23 yoshli futbolchi o'yin amaliyotisiz qolib ketayotganidan xafa. Shu bois, rahbariyatdan o'zini qo'yib yuborishlarini talab qilmoqda.

«LGDS» nashri bergan ma'lumotlarga qaraganda, himoyachi bilan Jenoa klubi jiddiy qiziqib qolgan. Agar tomonlar kelishuvga erishsa, Eder qishda Eldor Shomurodov bilan jamoadosh bo'ladi.

«Liverpul»ga u kerak!

Angliyaning «Liverpul» jamoasi «Lill» yarim himoyachisi Renatu Sansheshni o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi.

«Goal» nashrining ma'lum qilishicha, «mersisaydlikla» uchun bu transfer 18 million evroga aylanadi. Avvalroq futbolchi bilan «Vulverhempton» klubi ham qiziqib qolgan edi.

Eslatib o'tamiz, Sansheshning «Lill» bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilda o'z yakuniga etadi.

Zabitser Jozega kerak

Germaniyaning «RB Leypsig» jamoasi yarim himoyachisi Marsel Zabitser faoliyatini «Tottenhem»da davom ettirishi mumkin.

26 yoshli futbolchi bilan «shporlar» jiddiy qiziqib qolgan. Futbolchining klub tuzgan shartnomasi 2022 yilda yakuniga etadi. Shu bois, «buqalar» o'z sardorini jamoada saqlab qolish maqsadida yangi shartnoma taklif etishmoqda.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Marsel boshqa jamoaga o'tmoqchi ekanligi haqida xabar bergan va klub bilan o'rtadagi shartnomani uzaytirmagan edi.

BestMaster
22 Dekabr 2020, 19:30
alaba, trendda!,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads