Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Peshqadamlar jangi: “Real Sosedad” – “Atletiko” va 15-turning boshqa uchrashuvlari prevyusi

Bu – La Liga. Ha, to'g'ri o'qidingiz. Angliya Premer ligasida hafta o'rtasida bo'lib o'tadigan uchrashuvlarga yaxshi o'rganganmiz.

.
- Yuklab olish

“Boxing day” atalmish janglarni esga olganimizda beixtiyor futbolga bo'lgan muhabbatimiz oshib boraveradi. Ispaniya chempionatining 15-tur uchrashuvlari ham haftaning seshanba oqshomidan start oladi. 2-3 kun avva o'yin o'tkazgan jamoalar yana maydonda saf tortishadi, xullas buyog'iga jang! Kecha dushanba edi va tabiiyki ish jarayonlari bilan bo'lib 14-turda nimalar bo'lgani yodingizdan ko'tarilgan bo'lishi mumkin. Biz esa sizga o'tgan turni birrov eslatib o'tamiz.“Atletiko Madrid” peshqadamlikni o'zida saqlab qoladigan bo'ldi. “Elche”ga qarshi uchrashuvda madridliklar 3:1 hisobida g'alabaga erishishdi. “Real Sosedad”ga nima bo'lyapti? Jamoaning mavsum avvalidagi ishtiyoqi qayoqqa yo'qoldi? O'tgan turda “Levante” mehmoni bo'lgan jamoa mag'lubiyatga uchradi (2:1). Biz markaziy deya baholagan o'yin – “Barselona” – “Valensiya” uchrashuvida esa jangovar durang qayd etildi, 2:2. Madridning “Real”i esa o'z muxlistlarini quvontirishda davom etmoqda. 14-turda “Eybar” mehmoni bo'lgan jamoa 1:3 hisobida g'alaba qozonib, 3 ochko egasi bo'ldi.Bizni oldinda kutayotgan 15-tur o'yinlari anonsi bilan esa quyida tanishishingiz mumkin.

Tur bezagi: “Valensiya” – “Sevilya”14-turda har ikki jamoa ham durang o'ynadi. “Valensiya” Kataloniyadan bir ochko bilan ortga qaytgan bo'lsa, “Sevilya” o'z uyida autsayder “Valyadolid” bilan 1:1 hisobidagi duranga imzo chekdi. Mehmonlar ayni vaqt turnir jadvalida 20 ochko bilan, 7-o'rinni band etib turishgan bo'lsalar, valensiyaliklar 15 ochko bilan 13 o'rinda. Ushbu o'yindagi mezbon jamoa vakillari mag'lub bo'lishsa pastka qulashda davom etaveradi. Aslida ochko ikki jamoa uchun ham suv va havodek zarur. 22 dekabr, soat 21:30 da bo'lib o'tadigan o'yin barchasiga oydinlik kiritib beradi.O'zaro o'yinlar: La Liga doirasida o'tkazilgan 150 o'yindan 69 tasida “Valensiya”, 54 tasida “Sevilya” jamoasi g'olib bo'lishgan. 27 o'yinda esa tomonlar murosa ko'chasini tanlashdi.Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari:Kevin Gameyro, Yasper Sillessen, Ugo Gilyamon, Toni Lato (“Valensiya”). Serxio Eskuredo, Tomash Vatslik, Munir El-Xaddadi (“Sevilya”).

Valencia

LaLiga . 15-tur

22/12/2020, 21:30

- : - Boshlanmadi

Sevilla

Stadion: Estadio Mestalla

Bosh hakam: Valentin Pizarro

Match-senterda ochish

Markaziy o'yin: “Real Sosedad” – “Atletiko Madrid”O'tgan tur oldidan turnir jadvalidagi 3 jamoaning ochkolari bir xil – 26 tadan edi. Yuqorida 14-turni eslaganimizda sosedadliklarning mag'lub bo'lishganini hamda “Atletiko”ning g'alabaga erishganini takidladik. Natijada esa “Real Sosedad” madridliklardan 3 ochko orqada. 2-pog'onada ketayotgan “Real Madrid”da ham 29 ochko mavjud. Ushbu o'yindag asosiy intriga mezbonlarning g'alabasi ularni raqiblari bilan bir xil ochko to'plashlariga imkoniyat bersa, madridliklarning mag'lubiyati ularni 1-o'rindan tushirib yuborish ehtimoli mavjudligi. SHularning o'zi bu o'yinni 15-tur markaziy bahsiga aylantirishi tabiiy. 22 dekabr 23:45 da start beriladigan o'yinda haqiqiy jang kechishi aniq.O'zaro o'yinlar: Jami o'tkazilgan 144 o'yindan 71 tasida “Atletiko Madrid”, 44 tasida esa “Real Sosedad” g'alabaga erishgan. 29 bahs esa durang bilan yakunlangan.Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari:Aser Ilyarramendi, Adnan Yanuzay, Arits Aranbarri, Mikel Oyarsabal, Luka Sangali, Xon Aldalur, Migel Anxel Moyya, Arits Elustondo, David Silva (“Real Sosedad”). Ektor Erera, Ivo Grbich (“Atletiko Madrid”).

Real Sociedad

LaLiga . 15-tur

22/12/2020, 23:45

- : - Boshlanmadi
BestMaster
22 Dekabr 2020, 12:15
peshqadamlar, jangi, “real, sosedad”, “atletiko”, 15-turning, boshqa, uchrashuvlari, prevyusi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads