Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Live  La Liga. "Eybar" - "Real Madrid" 0:2 (Matnli translyaciya)

Ispaniya chempionatining 14-tur bahslari davom etadi.

.
- Yuklab olish

Uchrashuvning matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin bo'ladi. 

YANGILASH

13-daqiqa. GOOOOOL! Luka Modrich! Benzemadan golli uzatma. 

12-daqiqa. "Eybar" yana oldinga o'tishga urindi, so'ngra pressingdan umid 

10-daqiqa. Tezkor gol urib olgan "Real" to'xtash niyatida emas. Zidan shogirdlari to'p nazoratini o'z qo'liga olish payida.   

8-daqiqa. Modrichning faolligi evaziga keskin qarshi hujum tashkil etildi. Lekin xorvatiyalikning oxirgi pasidan so'ng Vaskes to'pni kutmagani sezilib qoldi hamda hujum samarasiz ketdi.

6-daqiqa. GOOOOOOOL! Karim Benzema hisobni ochdi! So'nggi uchrashuvlarda ancha yaxshi o'xshayotgan uslub qo'llanildi. Bu safar chap qanotdan oldinga o'tib, jarima maydonchasi markaziga yaqin joydagi Karimga yo'llandi, Benzema to'pni birinchi harakatda to'xtatib, ikkinchisi bilan zarba yo'lladi va o'zining tug'ilgan kuniga gol "sovg'a qildi".   

4-daqiqa. Ilk daqiqalarda kuchga to'la "Eybar" futbolchilari to'p uchun kurashda ancha faol, ammo ularning jismoniy holati o'yin so'nggigacha shu yo'sinda harakat qilishga etarmikin? Ko'ramiz. 

3-daqiqa. Ramos to'pni Kurtuaga qoldirishda to'pga biroz sekinroq zarba bergandek edi, lekin Tibo to'pni maydon tashqarisiga tepib yuborib, keskinlikni yo'qqa chiqardi.   

2-daqiqa. "Eybar" "Real" himoyadan osonlikcha chiqishiga yo'l qo'ymayapti. Pressing samarasi o'laroq mezbonlar to'pni olib qo'yishgandi, lekin darhol "qaytarib berishdi".  

1-daqiqa. O'yinni "Real Madrid" vakillari boshlab berishdi. Birinchi urinish samarasiz yakunlandi, darvozabon to'pni egallab oldi.  

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Mehmon bo'lishiga qaramay "Qirollik klubi" raqibidan avvalroq yashil maydonga chiqib bo'lgandi. 

Eibar

LaLiga . 14-tur

21/12/2020, 01:00

2 : 0 1-bo'lim

Real Madrid

Karim Benzema - 6', Luka Modric - 13'

Stadion: Municipal de Ipurua, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Jose Munuera

45' 90' 6'  Karim Benzema6'  Rodrygo13'  Luka Modric13'  Karim Benzema Match-senterda ochish

Jamoalarning asosiy tarkibi malum bo'lib ulgurgan."Eybar" – "Real Madrid"21 dekabr, 01.00, "Ipurua" stadioni"Eybar": Dmitrovich, Bigas, Arbilya, Rodriges, Poso, Diop, Inui, Eksposito, Xil, Kike Garsiya, Muto."Real Madrid": Kurtua, Karvaxal, Ramos, Varan, Mendi, Modrich, Kazemiro, Kroos, Lukas Vaskes, Rodrigo, Benzema.

BestMaster
21 Dekabr 2020, 01:15
live , liga, eybar, real, madrid, matnli, translyaciya,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads