Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Yozda qaysi futbolchilar grandlar uchun «gosht»ga aylanadi?

Bugun ana shunday imkoniyatga ega eng mashhur futbolchilar bilan tanishtirib o'tamiz. 

.
- Yuklab olish

Bu mavsum ayrim futbolchilarning klubi tuzilgan shartnomasi o'z yakuniga etadi Shu bois, ular yozda o'zlari istagan klub bilan shartnoma imzolashi va klubni erkin agent sifatida tark etish huquqiga egalar. Bugun ana shunday imkoniyatga ega eng mashhur futbolchilar bilan tanishtirib o'tamiz. 

Riki Puch - «Barselona»

Tan olish lozim, Riki Puchning klub bilan shartnomasi yakunlanayotganiga ishonish qiyin. Sababi Ronald Kuman kelgach, tarkibda yosh futbolchilar ko'proq ko'rinish berishni boshladi. Puchdan tashqari Pedri, Fati va boshqa yosh futbolchilar uchun asosiy tarkibga yo'l ochildi. Kataloniya klubi o'zi uchun yangi rejalarni tuzayotgan bir paytda, kelajakda katta naf keltirishi anqi bo'lgan Rikini tekinga qo'yib yuborish hech qanday mezonlarga to'g'ri kelmaydi.

Ispan nashrlarining ma'lum qilishicha, Kataloniya klubi o'z akademiyasidan chiqqan futbolchi bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas. Katta ehtimol bilan, Puchning keyingi klubi Ispaniyaning o'rtamiyona jamoalaridan biri bo'ladi. shuningdek, Germaniya klublaridan ham takliflar mavjud.

Anxel Di Mariya - PSJ

Argentinalik futbolchining imkoniyatlariga hech kim shubha qilmayapti, faqat u 32 yoshni «urib» qo'ydi. Shu bois, Parij klubi futbolchi bilan yangi shartnoma imzolash borasida biroz o'ylanib qolgan. Klub yoshroq ijrochiga asosiy tarkibdan o'rin berish borasida bosh qotirmoqda.

Xo'sh, futbolchining keyingi manzili qaer bo'ladi? «Manchester Yunayted»dagi omadsizlikdan so'ng, u APLga qaytmasligi aniq. «Real» va «Barselona» uchun endi qarilik qiladi. Endi faqat «A ceriya» klublari varianti qolmoqda. Taxminlarga ko'ra, uning keyingi klubi «Inter» yoki «Yuventus» klublaridan biri bo'lishi mumkin.

Florent Toven - «Marsel»

Bugungi kundagi «Marsel»ning eng yorqin yulduzlaridan biri sanalgan Toven ham tez orada o'zi uchun klub qidirishga majbur bo'lishi aniq bo'lib bormoqda. 27 yoshli futbolchi yarim himoyada hamma narsaga qodir. U uzun va qisqa paslarda, maydonni ko'rish va o'yinni boshqarish borasida benazir. Shuningdek, qanotlarda ham to'p surishga qodir.

Tovening ishonchli o'yinlari sababli bir necha yillardan beri grand klublarni uni o'z safida ko'rishni istadi. Avvaliga, «Siti» keyin «Barselona» va hatto «Milan» ham taklif bilan chiqdi. «Marsel» esa, oxirigacha uni qo'yib yuborishni istamadi. Endi katta ehtimol bilan tekinga qo'yib yuborishga majbur bo'lmoqda. Tovenning bugungi kundagi taxminiy transfer summasi 30-40 million evroga baholanmoqda.

Veynaldum - «Liverpul»

Jini Veynaldum qishdayoq boshqa klubga o'tib ketishi mumkin. Uni shaxsan Ronald Kuman o'z tarkibida ko'rishni istamoqda. Boz ustiga, futbolchining «Liverpul» bilan o'rtadagi shartnomasi yil oxirida yakuniga etadi. Bunday vaziyatdan foydalanish uchun gollandiyalik futbolchiga yaxshigina shaxsiy shartnoma taklif qilishning o'zi kifoya qilishi mumkin.
Veynaldum hujum chizig'i bilan birgalikda, tayanch zonasida ham juda ishonchli o'yin ko'rsatishga qodir futbolchi. Jini tarkibga Minamino va Jota kelib qo'shilgach, ancha ortga chekinishga majbur bo'ldi. Balki, ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun ham futbolchi Ispaniyaga ko'chib o'tishni tanlar?! Bunisi endi vaqt ko'rsatadi?!

«Liverpul» negadir yarim himoyachi bilan yangi shartnoma borasida harakat qilishga shoshilmayapti. Balki, bu borada klubning o'z rejalari bordir. Shunisi aniqki, Veynaldum singari futbolchini erkin agent sifatida qo'yib yuborish juda achinarli holat.

Serxio Aguero - «Manchester Siti»

Kun Aguero «Siti» klubi afsonasi desak, adashmagan bo'lamiz. Jamoa tarixidagi eng yaxshi to'purar bo'libgina qolmay, u klubning chinakam ramziga aylanib ketgan futbolchilardan biri sanaladi. Shunday bo'lsada, so'nggi mavsumlarda uning sport formasi avvalgi darajada emasligi sezilib qolmoqda.

Zaxira o'rindig'idagi Jezuz esa, sekin-astalik bilan uning o'rnini egallab bormoqda. Futbolchi «Manchester Siti» bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas. Ingliz nashrlarining ma'lum qilishicha, u ortga Argentinaga qaytib ketmoqchi. «Siti» jamoasi esa, o'z hujumchisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas. Ular Agueroning o'rnini to'ldirishga qodir yangi hujumchi izlashni boshlab yuborishgan.

David Alaba - «Bavariya»

Deyarli 6 oydan beri Alabaning «Bavariya» bilan yangi shartnoma borasida kelishuvni amalga oshirmagani muhokama bo'lmoqda. Futbolchi klubdan yiliga 15-20 million evro maosh ko'rsatilgan yangi shartnoma talab qilmoqda.

Klub safida 10 yil to'p surganiga qaramay, avstriyalik futbolchi boshqa jamoaga o'tishga qarshi emas. U bilan «Real» «Barselona» singari grand jamoalari qiziqib qolgan. Shuningdek, «Chelsi» va «Manchester Yunayted» ham Alaba bilan shartnoma imzolash orzusida.

Leo Messi - «Barselona»

Afsuski, «Barselona» jamoasining barcha zamonlardagi eng yaxshi futbolchisining ham sarguzashtlari oxirlab qoldi. Xorij nashrlari bergan ma'lumotlarga qaraganda, Messi «Barselona»ni mavsum so'nggida tark etadi.

Shunday bo'lsada, klubga yangi prezidenti saylanishi vaziyatni tubdan o'zgarib ketishiga olib kelishi mumkin. Bugungi kunda Leoni o'z safida ko'rishni istagan jamoalar orasida «Manchester Siti» va PSJ asosiy da'vogar bo'lib turibdi. Hammasi Leo qabul qiluvchi so'nggi qarorga bog'liq. U qanday bo'lishini esa, ko'p o'tmay bilib olishimiz mumkin.

BestMaster
20 Dekabr 2020, 18:30
yozda, qaysi, futbolchilar, grandlar, uchun, «gosht»ga, aylanadi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads