Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ular boshqa klubga o'tishi shart!

Stadion.uz allaqachon grand klublarda to'p surish darajasiga ko'tarilgan, ammo hali-hamon o'rtamiyona jamoalarda to'p surayotgan futbolchilar bilan tanishtirib o'tadi.

.
- Yuklab olish

Stadion.uz allaqachon grand klublarda to'p surish darajasiga ko'tarilgan, ammo hali-hamon o'rtamiyona jamoalarda to'p surayotgan futbolchilar bilan tanishtirib o'tadi. 

Adama Traore 

«Vulverhempton» klubi vingeri so'nggi mavsumlarda katta o'sishga erishdi. Uning maydondagi tezligi, jismoniy imkoniyatlari kishi ko'zini qamashtiradi. Boz ustiga, qahramonimiz arsenalida endi zarba va so'nggi uzatmalar ham paydo bo'lmoqda. Bu quvonarli holat. O'tgan mavsumni Adama juda yorqin o'tkazdi. Shu bois, Ispaniya terma jamoasidan taklif ham oldi. Qisqa muddat ichida bir nechta grand klublar e'tirofiga sazovor bo'ldi. Bugungi kunda uni su o'z safida ko'rishni istagan jamoalar etarlicha topiladi. Ular qatoriga «Yuventus» va «Barselona» singari grand klublarni qo'shib qo'yishimiz mumkin. «Barselona» klubi akademiyasida tarbiyalangan Traore bugungi kunda APLning eng tezkor futbolchisi sanaladi!

Memfis Depay

Qahramonimiz bunga qadar grand jamoada to'p surgan, ammo taqdirning imkoniyatini qo'lidan chiqargan edi. Endi esa, unda bu xatolardan xulosa chiqargan xolda yangi darajaga ko'tarilish imkoniyati bor. «Manchester Yunayted»dagi omadsiz mavsumlardan so'ng, Depay «Lion» bilan shartnoma imzoladi. Bugungi kunga qadar Depay 159 ta o'yinda maydonga tushdi va o'z hisobida 59 ta gol yozib qo'ydi. Shuningdek, 47 ta assist ham uning hisobida mavjud. Bunday sermahsul o'yin grandlar e'tiboridan chetda qolmasligi aniq. Boz ustiga, Memfis terma jamoaning bugungi kundagi yuzi sanaladi. U bilan terma jamoada birga ishlagan Ronald Kuman Kataloniyaga ko'chib o'tgach, birinchi bo'lib Depayning transferini amalga oshirishni rahbariyatdan iltimos qildi. Futbolchining o'zi ham boshqa klubga o'tish niyatida. Shu bois, «taqachilar» tomonidan taklif qilingan yangi shartnomadan voz kechdi. Katta ehtimol bilan yozda, biz Depayni grand klublardan birida ko'rishimiz mumkin. 

Risharilson 

Braziliyalik futbolchi APLdagi o'zining sarguzashtlarini «Uotfurd» klubida boshladi. Risharilson qisqa muddatda ko'plab jamoalar e'tiborini o'ziga qaratdi. Uni qo'lga kiritishni istaganlar ko'p edi, ammo «Everton» hammadan yaxshiroq taklif bilan chiqdi. «Irislar» 40 million evroni 20 yoshli futbolchiga sarflab yuborishdi. Tan olish lozim, bu transfer to'liq o'zini oqladi. Risharilson yangi jamoasi safida 88 ta o'yinda maydonga tushdi va o'z hisobida 33 ta gol yozib qo'yishga ulgurdi. Boz ustiga, yulduzlar bilan to'lib toshgan Braziliya terma jamoasidan ham chaqiruv oldi. Uning hisobida hozirda terma safida kiritilgan 8 ta gol mavjud. Undagi progress sababli to'p klublar «Everton»ga taklif bilan chiqishni boshlab yuborishgan. Ma'lumotlarga qaraganda, «Arsenal» , «Tottenhem» va «Chelsi» futbolchini o'z safida ko'rmoqchi. 

Mikel Oyarasabal

MIkel Allaqachon daraja borasida «Real Sosedad»dan o'zib ketdi. Endigina 23 yoshga to'lgan bo'lsada, u klub safida 210 ta o'yinda ishtirok etishga ulgurdi. 57 ta gol va 38 ta assist yarim himoyachi uchun ajoyib ko'rsatgich. Maydonda aql bilan harakat qiluvchi, o'yinni o'qiy oladigan Oyarasabal uchun allaqachon Evropa grandlari kurash olib borishmoqda. Ispaniyaning grandlaridan tashqari, «Siti» va «Arsenal» ham baskni o'z safida ko'rish orzusida. So'nggi ma'lumotlarga qaraganda, «Real Sosedad» o'z futbolchining transferidan 80 million evro ishlab olmoqchi. Sababi, Mikel darajasidagi futbolchilar o'rtamiyona klublarda uzoq qolmasligi aniq. 

Deklay Rays

Angliya futbolining ertasi sanalgan Rays endigina 21 yoshga to'ldi. Shunday bo'lsada, uning hisobida allaqachon 120 ta o'yinda ishtirok etishga ulgurdi. Asosan maydon markazidagi to'qnashuvlarda faolligi bilan ko'zga tashlangan futbolchi Frenk Lempardning asosiy nishoni bo'lib turibdi. Uni ko'plab mutaxassislar yangi Roy Kin bo'lishini taxmin qilishmoqda. Kurashlardan qochmaydigan, jismonan baquvvat futbolchi uchun kurash tobora avjiga chiqmoqda. Ayni damda, «Vest Hem» yarim himoyachini 100 million evroga baholamoqda. «Bolg'achilar» shu yo'sinda uni ko'proq o'z tarkibida olib qolmoqchi. Agar qahramonimiz shu tempda o'yin namoyish etsa, bu summani to'laydiganlar ham topilishi turgan gap.

BestMaster
19 Dekabr 2020, 23:30
boshqa, klubga, otishi, shart!,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads