Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Arsenal» qanday holatda Iskoni sotib oladi?

.
- Yuklab olish

Ushbu ruknimizdagi eng so'nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

«Siti» uni sotadi!

Angliyaning «Manchester Siti» jamoasi Aleksander Zinchenkoni transferga qo'yishi mumkin.

Bu haqida "90 min" nashri ma'lum qilmoqda. Manbaning ma'lum qilishicha, «shaharliklar» ukrainalik futbolchi borasidagi takliflarni yanvar oyida ko'rib chiqishga tayyor, ammo zudlik bilan futbolchini sotib yuborish niyatida emas.

24 yoshli futbolchining o'zi esa, ko'proq o'yin amaliyotga ega bo'lishni istamoqda. Shu bois, futbolchini qishda «Lester» va «Vulverhempton» klublari o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirgan.

Mourino ishga kirishdi

Londonning «Tottenhem» jamoasi bosh murabbiyi - Joze Mourino Luka Modrichning transferi borasida o'zi ish olib bormoqda.

"Goal" nashrining ma'lum qilishicha, portugaliyalik murabbiy shaxsan o'zi Luka Modrichga qo'ng'iroq qilgan va uni o'z jamoasiga o'tishga undagan.

Manbaning ma'lum qilishicha, futbolchi «Real»da qolishni afzal ko'rishi haqida aytgan, biroq futbolchiga Madrid klubi yangi shartnoma taklif etganicha yo'q. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Fernandino ketadi

Angliyaning «Manchester Siti» jamoasi universal futbolchisi - Fernandino faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi aniq bo'ldi.

Bu haqida, «The Sun» nashri ma'lum qilmoqda. Unga ko'ra, futbolchi mavsum so'nggiga qadar Angliyada bo'ladi.

Futbolchi ayni damda, Braziliya klublaridan bir nechtasi bilan muzokaralar olib bormoqda. Uning keyingi klubi vatanidan bo'lishi 100 foiz aniq.

«Arsenal» qanday holatda Iskoni sotib oladi?

Londonning «Arsenal» jamoasi o'zining transfer rejalarini oydinlashtirib oldi.

AS nashri tarqatgan xabarlarga ko'ra, jamoaning asosiy nishoni «Lion» yarim himoyachisi Ussem Auar bo'ladi. Agar «Lion» bilan klub transfer summasi borasida kelisha olmasa, unda bor e'tiborini «Real Madrid» yarim himoyachisi Iskoga qaratadi.

Ma'lumotlarga qaraganda, Auarning transferidan ko'ra, Iskoning Londonga ko'chib o'tishi tobora haqiqatga yaqin bo'lib bormoqda.

Depaydan o'zgacha yurish

Frantsiyaning «Lion» klubi yulduzi Memfis Depay mavsum so'nggida «Barselona»ni xafa qilishi mumkin.

Gollandiyalik futbolchining agentlari ayni damda Parij super klubi - PSJ bilan muzokaralar olib bormoqda. Transfermarkt nashri bergan xabarlarga qaraganda, gollandiyalik futbolchi uchun Parij klubi kattagina maosh ko'rsatilgan shaxsiy shartnoma taklif etmoqda.

Eslatib o'tamiz, Kataloniyaning «Barselona» jamoasi ustozi Ronald Kuman aynan Depayni asosiy transfer rejasi ekanligini ma'lum qilgan edi.

BestMaster
19 Dekabr 2020, 03:00
«arsenal», qanday, holatda, iskoni, sotib, oladi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads