Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Mbeppe nima bo'lsa «Real»ga o'tadi?

.
- Yuklab olish

Ushbu ruknimizdagi eng so'nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

«Liverpul»ga Ibanes kerak

Angliyaning «Liverpul» jamoasi «Roma» himoyachisi Rojer Ibanes bilan shartnoma imzolamoqchi.

«Atalanta» futbolchisi ayni damda ijara asosida Rimda to'p tepmoqda. 22 yoshli futbolchini Bergamoliklar 35 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor ekanligini rasman e'lon qildi.

Italiya nashrlarining ma'lum qilishicha, futbolchi bilan shuningdek, «Yuventus» va «Napoli» klublari ham qiziqib qolgan.

«Atletiko» Triperni sotadimi?

Madridning «Atletiko» jamoasi qanot himoyachisi Kiran Triperni transferga qo'ymoqchi emas.

Bundan bir necha kun avval, Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasi futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi ekanligida xabarlar tarqalgan edi.

Goal nashrining ma'lum qilishicha, «matraschilar» ingliz futbolchisining o'yinlaridan to'liq qanoatlanmoqda va uni hech qaerga qo'yib yubormoqchi emas.

«Yuventus» ishga kirishdi

Turinning «Yuventus» jamoasi Pol Pogba borasida ishga kirishdi. Uning transferini amalga oshirish maqsadida klub rahbarlari Mino Rayola bilan aloqaga chiqqan.

Bu haqida Sky Sport nashri ma'lum qilmoqda. Manbaning ma'lum qilishicha, «Yuventus» futbolchining shaxsan o'zi ortga qaytishni istashi bilan qiziqmoqda.

Eslatib o'tamiz, yarim himoyachi 2012 yildan 2016 yilga qadar «Zebralar» sharafini himoya qilgan.

«Roma»ga himoyachi kerak

Rimning «Roma» klubi «Seltik» markaziy himoyachisi Jeremi Frimpong bilan shartnoma imzolamoqchi.

Avvalroq Rim klubi rahbarlari 20 yoshli futbolchi bilan aloqaga chiqqan, biroq Shotlandiya klubi 15 million evro evaziga ham o'z futbolchisini qo'yib yubormagan edi.

Endilikda, uning transfer huquqi uchun «Roma» 18 million evro taklif qilmoqda. Eslatib o'tamiz, avvalroq «bo'rilar»ning «Zenit» futbolchisi Sebstan Druissi bilan qiziqib qolgani haqida xabarlar paydo bo'lgan edi.

Mbeppe nima bo'lsa «Real»ga o'tadi?

Killian Mbappe agar Evropa Chempionlar ligasida jamoa «Barselona»ga mag'lub bo'lsa, faoliyatini «Real»da davom ettirmoqchi.

Bu haqida AS nashri ma'lumot bermoqda. Manbada yozilishicha, agar Parij klubi Kataloniya klubi to'sig'idan o'ta olmasa, futbolchi jamoasi bilan shartnomani uzaytirmaydi.

Eslatib o'tamiz, ayni damda Frantsiyalik futbolchi uchun kurashda asosiy da'vogar sifatida «Real» va «Liverpul» bir qadam oldinga chiqib olgan.

BestMaster
18 Dekabr 2020, 03:30
mbeppe, nima, bolsa, «real»ga, otadi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 u7777u  
Реалга келса керак
18 Dekabr 2020, 21:45
 u7777u  
Сиравно
18 Dekabr 2020, 21:46
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads