«Barselona» bosh murabbiyi Ernesto Valverde «Shapekoense»ga qarshi o'yin (5:0) borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Rasmiy o'yinlar oldidan bu bizning so'nggi nazorat bahsimiz bo'ldi. Biz bu o'yinga yaxshi kayfiyatda etib keldik va g'alaba qozonishni istadik. Bugungi raqibimiz o'ziga xos edi. O'yindan to'la qoniqish hosil qildim.
Barcha bizdan yaxshi natijalar kutadi. Mavsumoldi yig'in davrida biz Ispaniya superkubogi uchun o'yinlarga tayyorgarlik ko'rdik. AQShdagi yig'indan keyin tayyorgarlik uchun bir necha kun vaqtimiz qoldi. Lekin raqibimizning saviyasini ham unutmasligimiz kerak», — dedi Valverde.
«Barselona» va «Real» o'rtasidagi Ispaniya superkubogi uchun bahslar 13 va 16 avgust kunlari bo'lib o'tadi.