Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Bugun The Best sovrini topshiriladi

Bugun FIFAning The best sovrinlari topshiriladi

.
- Yuklab olish

Bugun FIFAning The best sovrinlari topshiriladi

«Yilning eng yaxshi futbolchisi» nomiga Robert Levandovski («Bavariya», Polsha), Krishtianu Ronaldu («Yuventus», Portugaliya) va Lionel Messi («Barselona», Argentina)lar da'vogarlik qilishmoqda.

"Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi" sovrini uchun Lyusi Bronz («Manchester Siti», Angliya), Pernilla Xarder («Chelsi», Daniya) va Vendi Renar («Lion», Frantsiya)lar kurash olib boradi.

«Yilning eng yaxshi murabbiyi» sovrini uchun Marselo Belsa («Lids», Argentina), Xans-Diter Flik («Bavariya», Germaniya) va Yurgen Klopp («Liverpul», Germaniya)lar bellashadi.

"Eng yaxshi ayol murabbiy" sovriniga Emma Xayes («Chelsi», Angliya), Jan-Lyuk Vasser («Lion», Frantsiya) va Sarina Vigman (Niderlandiya terma jamoasi, Niderlandiya)larning nomzodlari tanlab olingan.

«Yilning eng yaxshi darvozaboni» sovrini uchun Manuel Noyer («Bavariya», Germaniya), Alisson («Liverpul», Braziliya) va Yan Oblak («Atletiko», Sloveniya)lar kurashadi.

"Yilning eng yaxshi ayol darvozaboni" nomzodiga Sara Buaddi («Lion», Frantsiya), Kristiana Endler («PSJ», Chili) va Alissa Nixer («Chikago Red Stars», AQSh)lar saralab olingan.

«Eng yaxshi gol-2020» sovrini uchun «Atletiko» hujumchisi Luis Suares, «Tottenxem» futbolchisi Son Xyon Min va «Flamengo» a'zosi Jordjian de Arraskaetalarning gollari nomzodlik qilmoqda.

Marosim koronavirus pandemiyasi sababli onlayn-formatda o'tkaziladi. Taqdirlash marosimi Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da boshlanadi.

BestMaster
17 Dekabr 2020, 15:30
bugun, best, sovrini, topshiriladi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 u7777u  
Яхши
17 Dekabr 2020, 19:26
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads