Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Mourinyo: Agar Beyl "Real"ga kerak bo'lmasa, biz u uchun kurashamiz

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo UEFA Superkubogidan oldin press-konferensiyada ishtirok etdi.

"Men "Real"ning ba'zi futbolchilari bilan yaxshi munosabatdaman, qolganlari bilan esa gaplashmaganman. Bunday xolat "Chelsi", "Inter" va "Portu"da ham kuzatilgan. Agarda ertaga maydonga chiqishdan oldin ularni uchratsam xursand bo'lar edim. Men "Madrid"ga kelganimda klubda ajoyib tarix bor edi, lekin bu tarixga aylangan jamoa Chempionlar Ligasi chorakfinaliga chiqa olmayotgan edi. Men kelganimdan so'ng jamoa turnirni kamida yarimfinaldan keyin tark etmoqda. Bu yerda havo issiq ekanligini bilaman. Biz AQShdagi yig'indan qaytganimizdan so'ng Manchesterdagi mashg'ulotlarni har kuni soat 16:00 da o'tkazdik, biroq aksiga olib o'sha vaqtda u yerda yomg'ir yog'ardi. O'ylaymanki, eratangi issiq havo biz kabi raqiblarimizga ham o'ziga yarasha ta'sir qiladi, garchi ular bunga moslashgan bo'lsalar ham. Madridda mashg'ulotlar xavo xaroratiga qarab bo'ladi, bu esa adaptatsiya qilish uchun oson bo'ladi. Agar "Real" yoki "Barselona"da to'p surmasang, har doim ham UEFA superkubogi bahsida maydonga tushish imkoniyatiga ega bo'lmaysan. Ba'zi futbolchilar uchun bu hayotidagi yagona imkoniyat bo'lishi ham mumkin. Shu sababli futbolchilarimga bu lahzadan baxra olishlarini so'ragan bo'lardim.

Agarda ertaga Garet Beyl bizga qarshi o'yinda maydonga tushsa, biz uni qo'lga kirita olmaymiz, chunki, hammasi ayon Beyl "Real Madrid"ga kerak. Agarda u maydonga tushmasa, biz uni qo'lga kiritish uchun kurashamiz." - deydi Mourinyo.

 

BestMaster
8 Avgust 2017, 01:00
mourinyo, agar, beyl, realga, kerak, bolmasa, uchun, kurashamiz,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads