Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Bugun EChL va Evropa ligasi pley-off bosqichiga qur'a tashlanadi

Bugun Evropa chempionlar ligasi va Evropa ligasi musobaqalarining nimchorak final bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

.
- Yuklab olish

Bugun Evropa chempionlar ligasi va Evropa ligasi musobaqalarining nimchorak final bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Qur'a marosimi haqida muhim ma'lumotlar bilan tanishtirib o'tamiz.

EVROPA ChEMPIONLAR LIGASI

EChLga qur'a tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan 16:00da boshlanadi. Qur'ada 16ta jamoa 2ta savatchaga taqsimlanadi. Guruh bosqichida 1-o'rinni egallagan klublar "saralanganlar", ikkinchi o'rinni band etganlar esa "saralanmaganlar" savatchasiga ajratiladi.

"Saralanganlar"
"Bavariya" (Germaniya, "A" guruhi)
"Real" (Ispaniya, "B")
"Manchester Siti" (Angliya, "C")
"Liverpul" (Angliya, "D")
"Chelsi" (Angliya, "E")
"Borussiya" Dortmund (Germaniya, "F")
"Yuventus" (Italiya, "G")
"PSJ" (Frantsiya, "H")

"Saralanmaganlar"
"Atletiko" (Ispaniya, "A")
"Borussiya" Menxengladbax (Germaniya, "B")
"Portu" (Portugaliya, "C")
"Atalanta" (Angliya, "D")
"Sevilya" (Ispaniya, "E")
"Latsio" (Italiya, "F")
"Barselona" (Ispaniya, "G")
"RB Leyptsig" (Germaniya, "H")

Qur'a tartibi

— "Saralangan" jamoalar nimchorak final bosqichining javob bahsini o'z uyida o'tkazishadi.
— 1/8 final bosqichida bir guruhdan chiqqan jamoalar va bir mamlakat vakillari o'zaro to'qnash kelishmaydi.
— Boshqa cheklovlar haqida qur'a paytida ma'lum qilinadi.

O'yinlar sanasi

Nimchorak final bosqichining dastlabki o'yinlari 16, 17, 23 va 24 fevral, javob bahslari esa 9, 10, 16 va 17 mart kunlariga belgilangan. Turnirning chorak final va yarim final bosqichiga qur'a tashlash marosimi 19 mart kuni bo'lib o'tadi.

EVROPA LIGASI

Evropa ligasi guruh bosqichidan 24ta klub, Chempionlar ligasidan 8ta jamoa o'z ishtirokini pley-off bosqichida davom ettiradi. 1/16 final bosqichiga qur'a tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan 17:00da boshlanadi.

Qur'adan avval jamoalar 2ta savatchaga ajratiladi. "Saralanganlar" savatchasidan Evropa ligasida guruh g'olibiga aylangan klublar hamda EChLdan o'tgan va UEFA reytingida yuqori o'rinni egallagan 4ta jamoa o'rin egallaydi.

"Saralanmaganlar" savatchasiga esa Evropa ligasi guruh bosqichida 2-o'rinni egallagan jamoalar hamda EChLdan o'tgan va UEFA reytingida pastki o'rinni egallagan 4ta jamoa joylashtiriladi.

"Saralanganlar"

"Arsenal" (Angliya)
"Ayaks" (Niderlandiya)*
"Bryugge" (Belgiya)*
"Bayer" (Germaniya)
"Vilyarreal" (Ispaniya)
"Dinamo Zagreb" (Xorvatiya)
"Lester" (Angliya)
"Manchester Yunayted" (Angliya)*
"Milan" (Italiya)
"Napoli" (Italiya)
PSV (Niderlandiya)
"Reynjers" (Shotlandiya)
"Roma" (Italiya)
"Tottenxem" (Angliya)
"Xoffenxaym" (Germaniya)
"Shaxtyor" (Ukraina)*

Izoh: * - EChLdan o'tgan klublar

"Saralanmaganlar"

"Antverpen" (Belgiya)
"Benfika" (Portugaliya)
"Braga" (Portugaliya)
"Volfsberg" (Avstriya)
"Granada" (Ispaniya)
"Dinamo Kiev" (Ukraina)*
"Zaltsburg" (Avstriya)*
"Krasnodar" (Rossiya)*
"Lill" (Frantsiya)
"Makkabi" Tel-Aviv (Isroil)
"Molde" (Shvetsiya)
"Olimpiakos" (Gretsiya)*
"Real Sosedad" (Ispaniya)
"Slaviya" (Chexiya)
"Tsrvena Zvezda" (Serbiya)
"Yang Boyz" (Shveytsariya)

Izoh: * - EChLdan o'tgan klublar

Qur'a tartibi
— "Saralanganlar" javob o'yinini o'z uyida o'tkazishadi.
— 1/16 final bosqichida Evropa ligasida bitta guruhda ishtirok etgan jamoalar va bir mamlakat klublari o'zaro to'qnash kelmaydi.
— Rossiya va Ukraina klublari o'zaro to'qnash kelishmaydi.

O'yinlar taqvimi
1/16 finalning dastlabki o'yinlari 18 fevral, javob bahslari esa 25 fevral kunlari bo'lib o'tadi.

BestMaster
14 Dekabr 2020, 15:00
bugun, echl, evropa, ligasi, pley-off, bosqichiga, qura, tashlanadi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads