Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Maldini, Zidan Ronaldino... Yana kimlar «Manchester Yunayted» futbolchisi bo'lishi mumkin edi?

.
- Yuklab olish

Taniqli "Talk Sport" nashri Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasi muzokaralar olib borgan, biroq shartnoma imzolay olmagan futbolchilari ro'yxatini e'lon qildi. Ushbu futbolchilardan tashkil topgan ramziy jamoani esa, stadion.uz e'tiboringizga havola etadi.

Darvozabon – Piter Chex

Chex «Chelsi» afsonasiga aylanishidan avval, 19 yoshida «Manchester Yunayted» futbolchisi bo'lishi mumkin edi. Chexiyalik kiper «Renn» sharafini himoya qilib yurgan chog'lari, Ser Aleksning shaxsan o'zi uning o'yinini tomosha qilish uchun stadionga tashrif buyurgan. Afsuski, o'sha oqshom Chex qo'pol xatoga yo'l qo'yadi. Ser Aleks esa, keyinroq Chexni aynan o'sha xato tufayli sotib olish fikridan qaytganini tan olgan.

O'ng qanot himoyachisi – Filip Lam

«Bavariya»ning sobiq yordamchi murabbiyi Herman Gerlandning aytishicha, Ser Aleks Filip Lamni o'z jamoasida ko'rishni juda istagan ekan. Nemis futbolchisi «Shtutgart» safida ijara asosida to'p surib yurgan chog'lari, «Manchester» Yunayted”ga qarshi uchrashuvda o'zini ko'rsata olgan shekilli, aynan o'sha uchrashuvdan so'ng «qizil iblislar» aloqaga chiqishgan. Shunga qaramay, Myunxen klubi Lam kelajak loyihasi sifatida klubda olib qolgan.

Markaziy himoyachi - Vensan Kompani

Aslida Vensan 18 yoshidayoq Manchesterga ko'chib o'tishi mumkin edi. Ser Aleks Ferdinandning o'rnida belgiyalik futbolchini ko'rishni istagan, biroq keyin fikrdan qaytadi. «Talk Sport»ning ma'lum qilishicha, shotlandiyalik murabbiy Kompaniga «Manchester Siti» singari ulkan shaxsiy shartnoma taklif eta olmagan.

Markaziy himoyachi- Paolo Maldini

Afsonaviy murabbiyning o'zi Maldini transferi borasidagi quyidagicha fikr bildiradi:

“Uning otasi taklifimni eshitgach, “Mening otam, men va o'g'lim «Milan»chilardir. Uning «qizil iblis»ga aylanishini unuting!” To'g'risi uni o'z jamoaga og'dirishga bir necha bor urindim, biroq Chezare o'z fikrida qat'iy turib oldi”.

O'ng qanot himoyachisi – Biksan Lizarazyu

Biksan o'z davrining eng kuchli fulbeklaridan biri bo'lgan. Uni Ser Aleks jamoasida ko'rishni istagani tabiiy hol. Shunday bo'lsada, futbolda ayrim ishlarni amalga oshirishning iloji yo'q. Futbolchining o'zi 2001-2002 yillarda «Bavariya»ga bo'lgan hurmati sababli klubini almashtirganini intervyularidan birida ma'lum qilgan edi.

Markaziy yarim himoyachi – Pol Gaskoyn

1987 yil. «Qizil iblislar» elitada jon saqlab qolish uchun kurash olib borayotgan «Nyukasl» bilan to'qnash keladi. O'sha uchrashuvda 20 yoshli Pol «MYu»ning markazini bir o'zi sochib tashlaydi. O'yindan so'ng, Ser Aleks rahbariyatdan transfer uchun pul talab qiladi, biroq bu paytda «Tottenxem» Gaskoyning oilasi uchun Londondan uy sotib olib bo'lgan edi...

Markaziy yarim himoyachi – Zidan

Zidanning «qizil iblis»ga aylanishiga boshqa bir Frantsiyalik futbolchi yo'l qo'ymagan. Klubning Frantsiyadagi iqtidorlarni aniqlash bo'yicha mas'ul xodimi «Bordo»dagi Zidan haqida ma'lumot berganida, Fergi bobo Kantonaning statusi tushib ketmasligi uchun ham transferdan voz kechadi.

O'ng qanot yarim himoyachisi – Aren Robben

Robben «Chelsi»ga o'tishidan avval Manchester shahrida mehmon bo'lganidan xabaringiz bormi? Gollandiyalik futbolchini shaxsan ser Aleks mehmonga chaqiradi va uni klub bazasi bilan tanishtiradi. Kechki tushlikdan so'ng kelajak borasida suhbat quriladi. Keyin Robben Gollandiyaga qaytib ketadi. U erda uni «Chelsi»dan tushgan fantastik summadagi shartnoma kutib turgan edi.

Chap qanot yarim himoyachisi – Ronaldino

Roni APLda ko'rinish berishi mumkinligi haqida Pol Skoulz bir necha bor ma'lum qilgan. Uning aytishicha, 2003 yilda futbolchi deyarli «Manchester Yunayted» futbolchisiga aylanib bo'lgan edi, biroq transfer oynasining so'nggi soatlarida «Barselona» chaqqonlik namoyish etib PSJ futbolchisini ilib ketgan ekan.

Hujumkor yarim himoyachi – David Silva

Yana bir «Manchester Siti» afsonasi. Afsuski, Silva «Valentsiya»da «javlon urayotgan» payda «qizil iblislar»allaqachon o'yin modelini shakllantirib bo'lgan edi. Bu modelda texnikasi kuchli bo'lsada, nimjonroq futbolchiga joy bo'lmagani uchun Silvadan voz kechiladi. Vaholanki, klub skauti yarim himoyachini naq 6 oy davomida kuzatib yurgan.

Hujumchi – Alan Shirer

Afsonaviy hujumchi «Blekbern»da to'p tepayotgan chog'idayoq ser Aleksning nishonida bo'lgan. Afsuski, klubning o'sha davrdagi egasi Jek Uoker transferni bloklab qo'yish orqali Shirerni klubda olib qolmoqchi bo'ladi. Boz ustiga, Uoker va Alan qalin do'stlar bo'lishgan va futbolchi do'stlikka putur etmasligi uchun ham «Manchester Yunayted»ning taklifini rad etadi.

BestMaster
12 Dekabr 2020, 15:30
maldini, zidan, ronaldino, yana, kimlar, «manchester, yunayted», futbolchisi, bolishi, mumkin, edi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads