Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Mana buni dramatik yakun desa bo'ladi! (Foto)

Kechagi Evropa Chempionlar ligasi bahslaridan birida juda qiziq voqea sodir bo'ldi.

.
- Yuklab olish

Kechagi Evropa Chempionlar ligasi bahslaridan birida juda qiziq voqea sodir bo'ldi.

Madridda kechgan «Real Madrid» va «Borussiya M» o'rtasidagi bahsda qiziqarli voqea sodir bo'ldi. Uchrashuv «Real»ning ishonchli (2:0) g'alabasi bilan yakunlandi, ammo nemis klubida guruhdan chiqish uchun imkoniyat mavjud edi. Gap shundaki, parallel o'tayotgan o'yin natijasi nemis klubini keyingi bosqichga olib chiqishi mumkin edi.

Milanda bo'lib o'tayotgan uchrashuvda «Inter» « »Shaxtyor« bilan nursiz durang qayd etayotgan edi. Bu natija, engilgan bo'lsada »Borussiya M« uchun kvartetda 2-o'rinda qolish imkoniyatini taqdim etar edi. Shu bois, futbolchilar »Real"ga engilgan bo'lsada, uchrashuvni katta ekranda tomosha qilish maqsadida stadionda qolishdi.

Ular o'yinni kiprik qoqmay tomosha qilishdi. Gap shundaki, ikki tomondan biri kiritgan gol ularni Evropa Ligasiga ravona qilishi mumkin edi. Shu bois, ular ikki jamoaga ham omadsizlik tilashdan boshqa hech narsa qila olishmadi.

O'yinning so'nggi daqiqalari juda asabiy o'tdi. «Inter» hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda bir nechta standartlarni ijro etibgina qolmay, gol kiritishi ham mumkin edi. Hatto, hakam qo'shib bergan 7 daqiqa esa, chinakamiga asablarni taranglashtirdi desak, adashmagan bo'lamiz.

Shunga qaramay, Milan shahridagi arenada hisob o'zgarmadi. «Inter» va «Shaxtyor» qancha urinishmasin keyingi bosqichga chiqa olishmadi. Bundan «Borussiya M» unumli foydalandi. Ular Milandagi hakamning final hushtagini eshitishlari bilan stadionga tushib kelishdi va «Real Madrid»dan ham yaxshiroq uni nishonlashdi.

Futbol qiziq sport ekanligiga yana bir bor amin bo'lishingiz mumkin. 90 daqiqa davomida «Real»ga mag'lub bo'lgan klub boshqa uchrashuv natijasiga ko'ra pley-offga yo'llanma olmoqda.

Samiiy zavorajivayushiy moment igrovogo dnya ????

V gruppe V slojilas ochen neprostaya situatsiya. Viiyti v pley-off mogla kajdaya komanda ????

Futbolistii «Borussii M» ne spravilis s «Realom» i teper sledyat za parallelniim matchem «Intera» i «Shaxtera». Rezultat ponyaten po emotsiyam ???? pic.twitter.com/iQ4EIcU9Qr

— Match TV (@MatchTV) December 9, 2020
BestMaster
10 Dekabr 2020, 12:30
buni, dramatik, yakun, desa, boladi!, foto,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads