Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

EChL. «Real» va «Borussiya M» pley-offga, «Shaxtyor» Evropa ligasiga yo'l oldi

Evropa chempionlar ligasi "B" guruhida eng so'nggi turga qadar chigal vaziyat saqlanib turgan edi.

.
- Yuklab olish

Evropa chempionlar ligasi "B" guruhida eng so'nggi turga qadar chigal vaziyat saqlanib turgan edi.

"Real" o'z maydonida Myonxengladbaxning "Borussiya" klubini qabul qilib, ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi. Maydon egalari uchrashuvni katta ishtiyoq bilan boshlashdi va birinchi bo'limda Benzemaning 2ta goli evaziga oldinga o'tib olishdi. Zidan jamoasi ikkinchi bo'limda ham tashabbusni o'z tomonida ushlab turib, muhim g'alabani qo'lga kiritdi.

Parallel kechgan "Inter" va "Shaxtyor" jamoalari o'rtasidagi bahsda esa hisob ochilmadi. Bu natija "Borussiya M."ni qanoatlantirdi va gladbaxliklar ikkinchi o'rin bilan nimchorak finalga chiqdi.

"Konchilar" o'z ishtirokini Evropa ligasida davom ettirishsa, "Inter" evrokuboklar bilan xayrlashdi.

Evropa chempionlar ligasi, "B" guruhi, 6-tur
Real Madrid Ispaniya – Borussiya M Germaniya 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 9 Benzema, 2:0 – 31 Benzema.
Real Madrid – Kurtua, Ramos, Mendi, Varan, Vaskes, Kazemiro, Kroos, Vinisius Junior (Asensio, 74), Modrich, Rodrigo (Arribas, 74), Benzema.
Borussiya M – Zommer, Elvedi, Layner, Ginter, Vendt (Lazaro, 46), Noyxaus, Kramer (Benesh, 85), Shtindl (Volf, 85), Embolo (Zakariya, 46), Plea, Tyuram (Xerrmann, 85).
Ogohlantirish: Zakariya (88).

Inter Italiya – Shaxtyor Ukraina 0:0 (0:0, 0:0)
Inter – Xandanovich, Yang (Perishich, 68), Bastoni (D`Ambrozio, 85), Shkrinyar, Xakimi (Darmian, 85), Barella, Galyardini (Sanches, 75), Brozovich, de Vrey, Martines (Eriksen, 85), Lukaku.
Shaxtyor – Trubin, Vitao (Xocholava, 36), Matvienko, Dodo, Bondar, Tete (Solomon, 65), Kovalenko, Marlos (Alan Patrik, 64), Stepanenko, Tayson (Dentino, 86), Maykon.
Ogohlantirishlar: Vitao (29), Galyardini (29), Xakimi (39), Brozovich (61), Trubin (90).

BestMaster
10 Dekabr 2020, 03:30
«real», «borussiya, pley-offga, «shaxtyor», evropa, ligasiga, oldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads