Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La Liga. "Real" safarda "Sevilya" ustidan muhim g'alabani qo'lga kiritdi

Ispaniya chempionatining 12-turi doirasida "Sevilya" – "Real Madrid" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

.
- Yuklab olish

"Sevilya" – "Real Madrid" 0:15 dekabr, "Ramon Sanches Pisxuan" stadioniGol: 0:1 – 55, avtogol Bunu.

"Sevilya" – Bunu, Navas, Kunde, Diego Karlos (Idrissi, 80), Rakitich (En-Nesiri, 64), Aleish Vidal, Fernando, Jordan (Gudel, 64), Okampos, de Yong (Suso, 64), Munir (Oliver Torres, 46).

"Real Madrid" – Kurtua, Varan, Nacho, Mendi, Vaskes, Modrich, Kroos, Rodrigo (Asensio, 66), Kazemiro, Vinisius Junior, Benzema.

Ogohlantirishlar: Kroos (44), Modrich (60), Gudel (76), Vinisius Junior (89).

Sevilla

LaLiga . 12-tur

05/12/2020, 20:15

1 : 0 Tugadi

Real Madrid

Yassine Bounou - 56'

Stadion: Estadio R. Sanchez Pizjuan, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Jose Sanchez

45' 90' 46'  Munir El Haddadi (Oliver Torres)64'  Joan Jordan (Nemanja Gudelj)64'  Luuk de Jong (Suso)64'  Ivan Rakitic (Youssef En-Nesyri)76'  Nemanja Gudelj80'  Diego Carlos (Oussama Idrissi)44'  Toni Kroos55'  Yassine Bounou60'  Luka Modric66'  Rodrygo (Marco Asensio)89'  Vinicius Junior Match-senterda ochish

La Liga turnir jadvali va to'purarlar poygasidagi holat

Uchrashuvning matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 

YANGILASH

Bo'ldi, hakam final hushtagini chaldi va "Real" og'ir o'yindagi muhim g'alabani qo'lga kiritdi!

90+1-daqiqa. Qarshi hujumda Karim Benzema zarba berish uchun imkoniyatga ega bo'ldi, lekin noaniq. 

90-daqiqa. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.  

89-daqiqa. SARIQ KARTOCHKA! Vinisius to'pni raqibdan olib qo'yishda qo'pol o'ynadi deb topildi va ogohlantirildi.  

86-daqiqa. Navbatdagi burchak to'pidan keyin Lukas Okampos chalqancha usulda zarba yo'lladi, lekin Kurtua joy tanlashda adashmadi va xavfni barataf eta oldi. Keyingi hujumda "Real" oldinga o'tdi, Benzema bir nechta raqiblariga qarshi bo'lishiga qaramay, burchak to'pi ishlab berdi. 

84-daqiqa. To'pni "Qirollik klubi" egallab olgach, Vinisius tezlik bilan uzoq masofagacha to'p bilan bordi, lekin charchoq sabab shekilli, nazoratni yo'qotdi va "Sevilya" himoyachisi jamoasi hujumini boshlab yubordi.   

83-daqiqa. Susoning zarbasidan keyin to'p himoyachiga tegib maydonni tark etdi, burchak to'pi.   

80-daqiqa. O'zgarish! Lopetegi o'yindagi oxirgi imkoniyatidan foydalanmoqda. Diego Karlos o'rniga Idrissi tushdi. 

80-daqiqa. Kroos va Nachoni dog'da qoldirgan Suso to'pga aylanma zarba berdi, Kurtua unga eta olmasdi, lekin to'p darvoza ustuni yonrog'idan o'tib ketdi. Anchagina xavfli vaziyat edi.  

78-daqiqa. Gavda jihatidan kuchlar teng emasdi. SHu sababli Lukas Vaskes Lukas Okamposni quchoqlab bo'lsada, to'xtatib qoldi.  

76-daqiqa. SARIQ KARTOCHKA! Aynan Gudel markazga yaqin hududda Toni Kroosga nisbatan qo'pollik uchun sariq kartochka bilan "siylandi" 

Gudelning urinishidan keyin to'p darvozaga ketayotgan tasavvur uyg'ondi, lekin u darvoza to'riga tashqi tomondan tegibdi. 

74-daqiqa. Kazemiro avvaliga to'pni olib qo'ygandek bo'ldi, lekin niyatiga eta olmadi, ikkinchi urinishda esa braziliyalik futbolchi kech qoldi va Okamposning oyog'iga zarba berib yubordi. Natijada bosh hakam xavfli nuqtadan jarima zarbasi belgiladi.  

Luka Modrichning maydondagi harakatlariga etibor berarkansiz, xorvatiyalik yarim himoyachi 35 yoshdaligini unutib qo'yasiz. SHunchaki tasanno!

70-daqiqa. Marko Asensio Oliver Torresning oldinga o'tib ketishiga yo'l qo'ymadi. Bosh hakam ispaniyalik futbolchi qoidani buzgan deb topdi. 

67-daqiqa. Vinisius "podkat"da Yusuf En-Nesiriga nisbatan xavfli o'ynadi. Jarimadan uzatmadan keyin esa o'yindan tashqari holat qayd etildi. 

66-daqiqa. O'zgarish! Rodrigo o'z o'rnini Marko Asensioga bo'shatib berdi.  

65-daqiqa. Hozirgina maydonga tushgan Suso qulay imkoniyatga ega bo'lgandi, lekin yarim himoyachining zarbasi qovushmadi.  

64-daqiqa. O'zgarish! Bir yo'la uch nafar futbolchi alishtirildi. Lyuk De Yong, Jordan va Rakitich o'rniga Suso, Yusuf En-Nesiri, Nemanya Gudel "jangga" tashlandi.

62-daqiqa. "Real" raqibni imkon qadar to'psiz qoldirishga urinmoqda. Lukas Vaskesga nisbatan qo'pollik uchun jarima zarbasi belgilandi. Uni Toni Kroos amalga oshirdi, lekin Nachoning zarbasi noaniq ketdi.  

61-daqiqa. O'yin tempi oshdi. Markazda Nacho o'yin qoidasini buzdi.  

Uzatmadan so'ng Kurtua to'pga chiqib, osonlik bilan uni egallab oldi.  

60-daqiqa. SARIQ KARTOCHKA! Luka Modrich ogohlantirildi. Bu o'yindagi ikkinchi sariq kartochka. 

59-daqiqa. "Sevilya" buyog'iga hujumga ko'proq futbolchi bilan borishga majbur. 

57-daqiqa. "Real"ning chap qanoti faollashib ketdi. Yana Mendi faol, undan keyin Vinisius to'pni qabul qilib, jarima maydoniga kirib bordi, lekin so'nggi pallada himoyachilar uni zararsizlantirishdi. 

55-daqiqa. GOOOOOOL! Vinisius Junior hisobni ochdi. Benzema to'pni qanotga tashlab berdi, Mendi tezligini ishga solib oldinroqqa o'tdi va Vinisiusni ko'rib, vaqtida uzatmani amalga oshirdi. Ushbu vaziyatda darvozabonning ham xatosi borligini takidlash lozimdek. 

53-daqiqa. Vinisius to'pni olib qo'yib daxshat tezlik olgandi, ammo Benzemadan to'p unga qaytib etib kelishiga himoyachilar imkon qoldirmadi.

52-daqiqa. Ajoyib zarbaaa! Lyuk De Yong qanotdan uzatilgan to'pni chalqancha uslubda darvozaga joylab qo'ymoqchi bo'ldi, lekin Kurtua ishonchli harakat qildi va gol bo'lishiga yo'l qo'ymadi. 

49-daqiqa. Ikkinchi bo'limda endi "Sevilya" faolroq, ko'proq to'p bilan muomalada bo'lmoqda. Lekin birinchi bo'limda bo'lgani kabi darvozalar oldida keskin vaziyatlar etishmayapti.  

47-daqiqa. Jordan texnikasini ishga solib, himoyachilarning ustidan oshirib to'pni jamoadoshiga etkazishga urindi, lekin Kurtua vaziyat keskinlashishiga yo'l qo'ymadi. 

46-daqiqa. "Sevilya" standart vaziyatga ega bo'ldi. Lekin undan naf chiqara bilmadi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi! Uni mehmonlar boshlab berishdi. 

Munir ikkinchi bo'limga qaytmaydigan bo'ldi. Uning o'rniga Oliver Torres o'yinga qo'shildi.  

Bo'ldi, shu bilan birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha hisob ochilmadi, biroz dam olib, ikkinchi bo'limga qaytamiz.

45+1-daqiqa. Bu daqiqa Munir El-Xaddadining oddiy joyda jarohat olishi bilan esd

BestMaster
5 Dekabr 2020, 22:15
liga, real, safarda, sevilya, ustidan, muhim, galabani, qolga, kiritdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 u7777u  
Зур
6 Dekabr 2020, 08:25
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads