Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ronaldudan rekord, Zidan ketadimi? Evrohaftalikning eng muhim voqealari

14 dekabr sanasida jamoalarning pley-offdagi raqiblari kim bo'lishini aniq bilib olishimiz mumkin.

.
- Yuklab olish

Stadion.uz ortda qolgan Evrohaftalikdagi eng yorqin voqealar borasida fikr almashadi.

Ronaldudan rekord!

Har doimgidek, Ronaldu o'zining tanqidchilarini uyaltirishda davom etmoqda. Undagi sermahsullikni kamaygani haqida yozishgan edi, u yana «super rejim»ni yoqib oldi gollarni «yog'dirib» tashlashni boshladi. Ayni damda, Krish "A ceriya"ning 5 ta o'yinida 8 ta gol kiritishga muvaffaq bo'ldi. EChLda esa, «Dinamo» darvozasini ishg'ol qildi va o'z faoliyatidagi 750-golini kiritdi. Ronaldu dunyoning eng sermahsul futbolchisi bo'lishi uchun yana ikkita shu tempdagi mavsumni o'tkazishi kifoya.

9 ta jamoa EChL pley-offini o'zi uchun naqdladi

Keyingi bosqich masalasini hal etmagan guruhlar bor. «Siti» va «Portu» o'zaro o'yinda durang qayd etgach, keyingi bosqichga chiqdi. Shunga qaramay, ikki klub murabbiyi o'zaro media olamda to'qnashuv sodir etishdi. Shuningdek, «Chelsi» va «Sevilya» o'zi joylashgan guruhda keyingi bosqich masalasini ijobiy hal etdi. Hozircha, ingliz klublaridan faqat «MYu» pley-off yo'llanmasiga ega chiqqanicha yo'q. Nemis klublaridan esa, «Bavariya» va «Borussiya Dortmund» jamoalari yo'llanmaga ega chiqishga ulgurdi. Shuningdek, «Yuventus» va «Bavariya» ham masalaga oydinlik kiritib qo'yishni uddladi. 14 dekabr sanasida jamoalarning pley-offdagi raqiblari kim bo'lishini aniq bilib olishimiz mumkin.

Kuchli beshlikda katta yo'qotish bo'lishi mumkin

Beshinchi turdan so'ng, ayrim guruhlarda intriga to'liq saqlanib qoldi. Hozircha, «Kuchli beshlik» a'zolaridan faqat ikkita jamoa musobaqadagi ishtirokini guruh bosqichida to'xtatishi aniq bo'lib ulgurdi. Bu barcha kutganidek, «Renn» va «Marsel» bo'lib chiqdi. Vaholanki, ikki klub ham o'z guruhidagi ikkinchi o'rin uchun kurash olib borayotgan edi. Shuningdek, oldinda "Atletiko«ni »Zaltsburg« bilan shiddatli o'yin kutib turibdi. Shuningdek, »Inter« va »Real« ham musobaqani kutilmaganda erta tark etishi mumkin. »Atalanta" ham agar Amsterdamdan g'alaba bilan qaytmasa, guruhda qolib ketadi. Shuningdek, «kuchli beshlik»dagi 3 klub joylashgan guruh. «RB Leyptsig», «MYu» va PSJ. Afsuski, ulardan biri albatta musobaqani tark etadi. Bu qaysi klub bo'lishini esa, so'nggi turdagi natija belgilab beradi.

Jiru «yondirdi»

«Chelsi»ning 21 asrdagi eng yaxshi hujumchisi - Dide Drogba uzog'i bilan xet-trik qayd etgan xolos. U ham bo'lsa, APL musobaqasida. Jiru o'z jamoasi uchun chinakam shou namoyish etdi. «Sevilya»ga qarshi o'yinda uni to'xtatib bo'lmadi. Qahramonimiz chap oyoqda, o'ng oyoqda va hatto bosh bilan ham gol kiritdi. Boshqacharoq qilib aytsak, «yovvoyi rejim»da to'p tepdi. Bu kunga qadar, Lempard, Xaselbank va Vialli singari super yulduzlar amalga oshira olmagan ishni erta-indin jamoani tark etishi aniq bo'lib ulgurgan «qariya» ortiqcha qiyinchiliksiz amalga oshirdi.

«Real» yana qoqildi

Madridning «Real» jamoasi kutilmaganda Kievda mag'lubiyatga uchradi. «Shaxtyor» kutilmaganda keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini to'liq saqlab qoldi. Bu kunga qadar, «Real» jamoasini EChL guruh bosqichida ikkita o'yinda mag'lub etgan klublar sanoqli edi. Bu ishni birinchilardan bo'lib 90 yillar o'rtasida "Ayaks" (Aynan shu klub yakunda musobaqa chempionligini qo'lga kiritgan) uddalagan bo'lsa, 2008 yilda «Yuventus» «qirollik klubi»dan 6 ochko olishga muvaffaq bo'lgan edi. Keyinroq, bu ishni "TsSKA" va "Shaxtyor" ham uddaladi. Tan olish lozim, bu "Real"ning super ko'rinishi emas, biroq "Real"ning Kievdagi mag'lubiyati (yana yirik hisobda) chinakam hafta voqeasi bo'ldi.

BestMaster
5 Dekabr 2020, 00:00
ronaldudan, rekord, zidan, ketadimi?, evrohaftalikning, muhim, voqealari,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads