Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ishonish qiyin, ammo bu fakt! rus va ukrain klublari «Real» kushandasi!

.
- Yuklab olish

Stadion.uz «Real Madrid» bilan bog'liq qiziq bir statistik ma'lumotni e'tiboringizga havola etadi.

Aslida, Madrid super klubi EChLda raqib tanlab o'tirmaydiganlar sirasiga kiradi, ammo ushbu jamoa uchun noqulay mintaqa vakillari mavjud. Misol uchun Sharqiy Evropa - rus va Ukraina klublari so'nggi yillarda «qirollik klubi» uchun muammo tug'dirishda davom etishmoqda. Jamoaning ushbu mintaqa klublari bilan o'tkazgan 30 ta o'yining 9 tasi mag'lubiyat bilan yakunlangan. Shuningdek yana 7 ta o'yinda durang qayd etilgan. Faqat 14 ta o'yindagina jamoa o'z statusiga loyiq natija ko'rsatgan. Kecha bo'lib o'tgan uchrashuvdan so'ng, «Real» guruhdagi imkoniyatlarini ancha yomonlashtirib qo'ydi. Endi jamoa hal qiluvchi o'yinga tayyorgarlik ko'rishi lozim. Biz esa, «qaymoqranglilar»ning sharqiy Evropa klublaridan qabul qilib olgan mag'lubiyatlarini yodga olamiz.

1.UEFA kubogi 1992/93, 2-raund

«Torpedo» - «Real» - 3:2

Gollar: Golii: Talalaev 11; Tishkov 62; Murashov 76 — Samorano 9; Erro 56.

Sobiq sovet hukumati tarqagach, «Real Madrid» ustidan g'alaba qozongan ilk sharqiy Evropa klubi unvonini kamtarin «Torpedo» egallagani tahsinga sazovor. Natija kishi ko'zini quvontirishi mumkin, ammo yakunda bu hech narsa bergani yo'q. Sababi, ikki hafta oldin ushbu klub Madridda 5:2 natijasi bilan mag'lub bo'lgan edi. Oqibatda, musobaqani «Real Madrid» davom ettiradi.

2.EChL 1998/99, guruh bosqichi

«Spartak» - «Real» - 2:1

Gollar:Golii: Tsiimbalar 71; Titov 77 — Raul 64.

E'tiborlisi shundaki, o'sha mavsumda Madrid klubi musobaqaning amaldagi chempioni sifatida Moskvaga tashrif buyurgan edi. Murabbiylar shtabida Gus Xidding. O'yin kutilganidek super kurashlar ostida o'tdi, ammo «Spartak» o'sha oqshom «mo''jiza» ko'rsatdi. Yup Haynkesni almashtirgan Gus esa, o'zining ilk mag'lubiyatini aynan «Spartak»dan qabul qilib olishga majbur bo'lgan edi.

3. EChL 1998/99, Chorak final

«Dinamo Kiev» — «Real» — 2:0

Gollar: Shevchenko 63, 80.

Xiddingning omadsiz ishtiroki sababli jamoa Jon Toshakni taklif etadi. Kutilganidek, murabbiylar rokirovkasi ham «Real»ga yordam bergani yo'q. Ular musobaqaning chorak finalida Shevchenkosi bor «Dinamo» bilan to'qnash kelishdi. «Santiyago Bernabeu»da Myatovich va Shevalar kiritgan golni durangni ta'minlagan bo'lsa, Kievda faqat Sheva gol kiritdi. Bu Shevaning «Milan»ga o'tishidan avvalgi mavsumi edi.

4. EChL 2000/01, Guruh bosqichi

«Spartak» — «Real» — 1:0

Gol: Jeremi 47 (avtogol).

«Spartak»ning «Real» ustidan qozongan ikkinchi g'alabasi haqida aytarli hech narsa deb bo'lmaydi. Rekashetdan kiritilgan gol va qorli oqshomda o'tgan 90 daqiqa. Tan olish lozim, Visente Del Boske o'sha kuni o'zining asosiy futbolchilarini Madridda qoldirgan edi.

5. EChL 2001/02, Guruh bosqichi

«Lokomotiv» — «Real» — 2:0

Gollar: Buznikin 30; Cherevchenko 50.

Oradan bir yil o'tgach, «Real» ustidan g'alaba qozonish Rossiyaning «Lokomotiv» jamoasiga keldi. Guruh bosqichi doirasida Moskvada bo'lib o'tgan bahsda, «temir yo'lchilar» deyarli 90 daqiqa ustunlik qilishadi va haqli g'alabani qo'lga kiritishadi.

6 va 7. EChL 2018/19, Guruh bosqichi

TsSKA — «Real» — 1:0

Gol: Vlashich 2.

«Real» — TsSKA — 0:3

Gollar: Chalov 37; Shennikov 43; Sigurdsson 7

"Armiyachilar« qilgan ish »Real"ni ancha qiyin ahvolga solib qo'ydi desak, adashmagan bo'lamiz. Avvaliga klub Moskvada nomdor raqibni mag'lub etdi. Vlashichning tezkor goli o'yinga nuqta qo'yib bo'lgan edi. Oqibatda, Lopategining iste'fosi ancha tezlashib ketdi. Madridda esa, uning o'rnini egallagan Solarining jamoasi yirik hisobda mag'lub etildi. Oqibatda, u ham mavsum so'nggiga qadar «etib borgani yo'q».

8 va 9. EChL 2020/21, guruh bosqichi

«Real» — «Shaxter» — 2:3

Gollar: Modrich 54; Vinitsius Junior 59 — Tete 29; Varan 33 (avtogol); Solomon 42.

«Shaxter» — «Real» — 2:0

Gollar: Dentino 57 , 2: Solomon 82 .

Kecha tunda bo'lib o'tgan uchrashuvda «Real» juda qiyin ahvolda ekanligini barcha ko'rdi. Maydon markazidagi qo'pol xati o'yinga nuqta qo'ydi desak, adashmagan bo'lamiz. Umuman olganda, «Real» transferlarsiz kerakli pozitsiyalarni kuchaytirib olishni uddalay olmadi. Boz ustiga, Ramosning safdan chiqishi «Real»ni ancha qiyin ahvolga solib qo'ymoqda. Ukraina klubi esa, bu g'alabadan so'ng pley-offga chiqish imkoniyatlarini to'liq saqlab qoldi.

BestMaster
2 Dekabr 2020, 12:30
ishonish, qiyin, ammo, fakt!, ukrain, klublari, «real», kushandasi!,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 u7777u  
Бу уйин билан хеч қаёоқа боролмайди
2 Dekabr 2020, 12:36
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads