Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

EChL. «Real» «Shaxtyor»ga yana yutqazdi va imkoniyatini pasaytirib qo'ydi (videosharh)

Evropa chempionlar ligasining joriy mavsumida Madridning «Real» klubi Ukrainaning «Shaxtyor»iga ikkinchi marta yutqazdi.

.
- Yuklab olish

Evropa chempionlar ligasining joriy mavsumida Madridning «Real» klubi Ukrainaning «Shaxtyor»iga ikkinchi marta yutqazdi.

Zidan jamoasi birinchi bo'limda ancha yaxshi o'yin namoyish etdi. Ukrainalik posbonning ishonchli harakati tufayli to'p darvozaga borib tushmadi.

Ikkinchi bo'lim avvalida esa "Real" himoyachilarining e'tiborsizligi tufayli Dentino hisobni ochgan bo'lsa, o'yin Solomon ikkinchi to'pni "Madrid" darvozasiga joyladi.

"Shaxtyor" ushbu g'alabadan so'ng o'z ochkolarini 7taga etkazdi va o'zaro o'yinga ko'ra "Real"ni ortda qoldirib, 2-o'ringa chiqib oldi. "Qirollik klubi" so'nggi turda o'z uyida guruh peshqadami — Menxengladbaxning "Borussiya" jamoasini qabul qiladi.

Evropa chempionlar ligasi, "B" guruhi. 5-tur
Shaxtyor Ukraina – Real Madrid Ispaniya 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 57 Dentino, 2:0 – 82 Solomon.
Shaxtyor – Trubin, Matvienko, Vitao, Bondar, Dodo, Marlos (Maykon, 73), Tete, Stepanenko, Tayson (Solomon, 74), Kovalenko (Alan Patrik, 85), Moraes (Dentino, 25; Fernando Pedro, 85).
Real Madrid – Kurtua, Varan, Nacho, Mendi, Vaskes, Kroos, Edegor (Isko, 77), Asensio, Modrich, Rodrigo (Vinisius Junior, 77), Benzema (Mariano Dias, 77).
Ogohlantirish: Varan (14).

BestMaster
2 Dekabr 2020, 01:30
«real», «shaxtyor»ga, yana, yutqazdi, imkoniyatini, pasaytirib, qoydi, videosharh,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads