Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

ECHL. "Real Madrid" Ukrainada hech nima qila olmadi va ikkinchi bor "SHaxtyorga" mag'lub bo'ldi

CHempionlar Ligasi 5-turidan o'rin olgan "SHaxtyor" - "Real Madrid" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

.
- Yuklab olish

"SHaxter" – "Real Madrid" 2:01 dekabr, "NSK Olimpiyskiy" stadioniGollar: 1:0 – 57 Dentino, 2:0 – 82 Solomon.

"SHaxtyor" – Trubin, Matvienko, Vitao, Bondar, Dodo, Marlos (Maykon, 73), Tete, Stepanenko, Tayson (Solomon, 74), Kovalenko (Alan Patrik, 85), Moraes (Dentino, 25; Fernando Pedro, 85).

"Real Madrid" – Kurtua, Varan, Nacho, Mendi, Vaskes, Kroos, Edegor (Isko, 77), Asensio, Modrich, Rodrigo (Vinisius Junior, 77), Benzema (Mariano Dias, 77).

Ogohlantirish: Varan (14).

Guruhdagi holat bilan tanishing!

Shakhtar Donetsk

Dentinho - 57', Manor Solomon - 82'

Champions League Grp. B . 5-tur

01/12/2020, 22:55

0 : 2 Tugadi

Real Madrid

Stadion: Stadion NSK Olimpiyskiy, Kyiv, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Ovidiu Hategan

45' 90' 25'  Junior Moraes (Dentinho)57'  Dentinho73'  Marlos (Maycon Barberan)74'  Taison (Manor Solomon)82'  Manor Solomon85'  Dentinho (Fernando)85'  Viktor Kovalenko (Alan Patrick)14'  Raphael Varane77'  Martin Oedegaard (Isco)77'  Karim Benzema (Mariano Diaz)77'  Rodrygo (Vinicius Junior) Match-senterda ochish

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 

YANGILASH

Bo'ldi, hakamning final hushtagi chalindi va "SHaxtyor" ikkinchi safar ham "Real Madrid"ni engib, guruhdagi holatini yaxshilab oldi.   

90+4-daqiqa. To'p uchun kurashga kirishgan Mariano Dias o'yindan tashqari holatda qolib ketgandi.

90+3-daqiqa. Yana burchak to'pi. Bu safar ham omadsiz. 

90+1-daqiqa. Omad kelmasa qiyin ekan. Vinisiusning navbatdagi urinishi, braziliyalik zarba yo'lladi, lekin to'p himoyachining oyog'idan Juniorga qaytib tegdi va keyin maydonni tark etdi. 

O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

Germaniyalik futbolchi to'pni to'g'ri darvozaga yo'lladi, lekin uning urinishiga aniqlik etishmadi.

89-daqiqa. Vinisiusga nisbatan qo'pollik ishlatildi va hakam jarima zarbasi belgiladi. To'p oldida Toni Kroos.

Aksincha, mezbonlar "davrimiz kelganda, urib qolaylik" qabilida ish ko'rishmoqda. 

87-daqiqa. Bugun "Real Madrid"ning o'yini unchalik qovushmadi. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan yigitlar ham vaziyatni o'zgartira olishmayapti.  

86-daqiqa. Lukas Vaskes hozirgina gol urgan Solomondan alamini oldi. Juda qo'pol o'yini uchun futbolchiga sariq kartochka ko'rsatildi.  

Bu safar ham "Madrid" himoyachilari nima bilan band edi degan savol tug'ilmoqda... 

82-daqiqa. GOOOOOOL! Manor Solomon oradagi farqni oshirdi.  

80-daqiqa. Asensio faol harakat qilib, to'pni raqiblan olib qo'ydi va zarba yo'lladi, yo'l-yo'lakay himoyachi tegib u maydonni tark etdi. Burchak zarbasidan keyin esa Isko tomonidan hujumda fol qayd etildi. 

78-daqiqa. Ferlan Mendi qanotdan jarima maydoniga kirib bordi va to'pni sheriklariga uzatmoqchi edi, ammo omadsizlikka uchradi va hech bo'lmasa burchak zarbasi ham ishlay olmadi. 

77-daqiqa. O'ZGARISH! Edegor, Rodrigo va Benzema o'rniga Vinisius, Isko va Mariano Dias o'yinga qo'shildi.   

75-daqiqa. Benzema jamoasi uchun burchak zarbasi ishlab berdi. To'p tezda o'yinga kiritildi va Ferlan Mendi o'ng oyoqda zarba yo'lladi, to'p to'g'ri Trubinning qo'liga borib tushdi hamda hisob o'zgarmay qoldi. 

74-daqiqa. O'ZGARISH! Marlos o'rnini Maykonga

BestMaster
2 Dekabr 2020, 01:00
real, madrid, ukrainada, hech, nima, qila, olmadi, ikkinchi, shaxtyorga, maglub, boldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads