Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ispaniya superkubogi Saudiya Arabistonidan boshqa mamlakatga ko'chirilishi mumkin

Ispaniya superkubogi musobaqasi Saudiya Arabistonida o'tkazilmasligi mumkin.

.
- Yuklab olish

Ispaniya superkubogi musobaqasi Saudiya Arabistonida o'tkazilmasligi mumkin. Bunga Saudiyada COVID-19 sababli ishqibozlarning stadionlarga kiritilmayotgani sabab sifatida ko'rsatilmoqda.

Bu esa tomonlar o'rtasida tuzilgan shartnoma bandlari bo'yicha jiddiy iqtisodiy yo'qotishga olib kelishi mumkin. Shu bois, Ispaniya futbol federatsiyasi turnirning o'tkazilish sanasini (13-17 yanvar) o'zgartirmagan holda, uni Ispaniyada o'tkazish variantini ko'rib chiqmoqda.

Musobaqaga qur'a tashlash marosimi hali o'tkazilmadi. Turnirda «Real», «Barselona», «Atletik» va «Real Sosedad» jamoalari ishtirok etishadi.

«Real» va «Barselona» klublari La liganing o'tgan mavsumida chempion va vitse-chempionga aylanishgan bo'lsa, «Atletik» va «Real Sosedad» Ispaniya kubogi finaliga etib borishgan.

Ispaniya futbol federatsiyasi Saudiya Arabistoni bilan Superkubok mezbonligi borasida 3 yillik shartnomaga ega. Shartnomaning umumiy qiymati 120 million evroga teng.

BestMaster
1 Dekabr 2020, 15:30
ispaniya, superkubogi, saudiya, arabistonidan, boshqa, mamlakatga, kochirilishi, mumkin,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads