Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. «Real» o'z maydonida mag'lubiyatga uchradi (videosharh)

Ispaniya La Ligasining 11-turida «Real» 28 noyabr, shanba kuni «Alaves»ni qabul qildi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya La Ligasining 11-turida «Real» 28 noyabr, shanba kuni «Alaves»ni qabul qildi.

Uchrashuvning dastlabki daqiqalarida mehmonlar penalti ishlab oldi, uni Lukas Peres muvaffaqiyatli ijro etdi. Birinchi bo'limning ikkinchi yarmiga kelib madridliklar faollikni oshirdi va raqib darvozasi oldida bir qator vaziyatlarni yaratdi. Shuningdek, mehmonlar ham bir nechta xavfli vaziyat yaratishga muvaffaq bo'ldi.

Ikkinchi bo'lim debyutida Tibo Kurtuaning xatosidan keyin Xoselu ikkinchi to'pni kiritdi. Qolgan vaqtda mehmonlar qarshi hujumda harakat qildi va basklarning har bir qarshi hujumi xavfli ko'rinish oldi. «Real» so'nggi daqiqalarda bosimni kuchaytirdi va bu o'z samarasini berdi. Kazemiro 86-daqiqada hisobni qisqartirdi. Qolgan vaqtda hisob o'zgarmadi.

«Real» 17 ochko bilan 4-o'rinda bormoqda, «Alaves» (13) 9-pog'onaga ko'tarildi.

La liga, 11-tur
28 noyabr, shanba
«Real Madrid» — «Alaves» 1:2
Gollar: 0:1 – 5, penalti Lukas Peres, 0:2 – 49 Xoselu, 1:2 – 86 Kazemiro.
«Real Madrid»: Kurtua, Marselo (Mendi, 69), Varan, Nacho, Vaskes, Kroos (Isko, 69), Modrich (Edegor, 69), Asensio (Vinisius Junior, 63), Kazemiro, Azar (Rodrigo, 28), Mariano Dias.
«Alaves»: Pacheko, Lejen, Ximo Navarro, Duarte, Laguardia, Battalya, Pina (Mendes, 77), Xota, Rioxa (Xavi Lopes, 88), Xoselu (Deyverson, 90), Lukas Peres (Sayns, 88).
Ogohlantirishlar: Kazemiro (18), Kroos (61), Rioxa (67), Duarte (76), Mendes (88).

BestMaster
29 Noyabr 2020, 07:30
liga, «real», maydonida, maglubiyatga, uchradi, videosharh,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads