Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidan «Real»ning «Inter»ga qarshi o'yin qaydnomasini e'lon qildi

Madridning «Real» klubi Evropa Chempionlar Ligasi 4-turi doirasida «Inter»ga qarshi kechadigan uchrashuv uchun kengaytirilgan tarkibni e'lon qildi.

.
- Yuklab olish

Madridning «Real» klubi Evropa Chempionlar Ligasi 4-turi doirasida «Inter»ga qarshi kechadigan uchrashuv uchun kengaytirilgan tarkibni e'lon qildi.

Zayniddin Zidan qaydnomaga 21 nafar futbolchini kiritdi. Uchrashuvda himoyachilar Serxio Ramos va Alvaro Odriosola, yarim himoyachi Federiko Valverde, shuningdek, Karim Benzema jarohat sabab o'yinda ishtirok eta olmaydi.

Himoyachi Eder Militao va hujumchi Luka Yovich koronavirus sabab uchrashuvda qatnasha olmaydi.

«Real»ning qaydnomasi bilan tanishing:

Darvozabonlar: Tibo Kurtua, Andrey Lunin, Diego Altube.

Himoyachilar: Daniel Karvaxal, Rafael Varan, Nacho Fernandes, Marselo, Ferlan Mendi, Viktor Chust.

Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich, Kazemiro, Martin Edegor, Isko.

Hujumchilar: Eden Azar, Marko Asensio, Lukas Vaskes, Vinisius Junior, Mariano Dias, Rodrigo Goes, Ugo Duro.

«Inter» va «Real» jamoalari o'rtasidagi bahs Toshkent vaqti bilan 25 noyabrdan 26 noyabrga o'tar kechasi 01:00 da boshlanadi.

BestMaster
24 Noyabr 2020, 10:30
zidan, «real»ning, «inter»ga, qarshi, oyin, qaydnomasini, elon, qildi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads