Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Arsenal" faxriysi o'z kollektsiyasidagi buyumlarni arzimagan pulga sotib yubordi! U nimalarni sotdi?

Stadion.uz Pol Jonson amalga oshirgan «ko'tara savdo» haqida fikr almashadi.

.
- Yuklab olish

Stadion.uz Pol Jonson amalga oshirgan «ko'tara savdo» haqida fikr almashadi.

Pol Jonson haqida ko'plab muxlislar eshitmagan bo'lishi mumkin, biroq "Arsenal«ning ashaddiy muxlislari bu insonni yaxshi taniydi. Sababi, u 30 yil davomida »to'pchilar" sferasida kitman vazifasini bajargan. Yurtimizda, ushbu vazifani asosan klub sport direktorlari, matbuot xodimlari bajaradi. Evropada esa, liboslar uchun alohida shaxs mas'ul bo'lib, aynan u liboslarga javob beradi. Klubda Arsen Vengerdan avvalroq ish boshlagan mutaxassis 30 yil davomida turli esdalik sovg'alarni yig'ib borgan. 2018 yilda esa, Arsen Venger bilan bir paytda iste'foga chiqadi.

O'tgan vaqt davomida futbolchilar bilan doimo birga bo'lgan qahramonimiz ancha-muncha esdalik sovg'alari yig'ib qo'ygan edi. Sababi, klub futbolchilari va raqib jamoadagi kitmanlar o'rtasida uchrashuvdan so'ng, libos almashish marosimi Evropada urf bo'lgan. Qahramonimizning kollektsiyasida Karlos, Anri va Zidan singari afsonalar kiygan futbolkalar mavjud edi. Aynan shu va boshqa lotlarni Pol sotuvga qo'yishga qaror qildi.

Shuningdek, "Arsenal" futbolchilari qo'lga kiritgan kumush medallardan ham bir nechtasi uning uy muzeyida mavjud. Ular orasida EChL, Angliya liga kubogi singari katta musobaqalarning medallari ham mavjud. Shuningdek, Toni Adams, Anri, Viera singari futbolchilar kiygan liboslar ham unda mavjud.

Umumiy hisobda qahramonimiz auktsionga 221 ta buyumni olib chiqishga qaror qildi. Uning bu ishga nima sababdan qo'l urgani kishini afsus chekishga majbur qiladi.

« Klub mening hayotim edi. Shu bois, bu qarorga kelish menga juda o'gir botdi. Sotuvga qo'yilgan har bir buyum bilan bog'liq xotiralarim mavjud. Ulardan voz kechish oson bo'lgani yo'q. Shunday bo'lsada, oldinga qadam tashlash lozim.»

Aslida, Jonson bu buyumlarni sotuvga qo'ymoqchi emas edi. Bunga uning uyiga o'g'rilarning bostirib kirgani va ko'plab qimmatbaho buyumlarni olib ketgani sabab bo'lgan. Ushbu voqeadan so'ng, Jonson vaziyatga boshqa ko'z bilan boqdi va barcha tarixiy buyumlarni o'z vaqtida yangi egalariga etkazishga qaror qildi. Keling, endi auktsionda nimalar sotilgani bilan qiziqib ko'ramiz.

Lotlar orasidagi eng qimmati buyum sifatida "Arsenal"ning 2013/14 yilda qo'lga kiritgan Angliya kubogidagi oltin medalini ko'rsatishimiz mumkin. Auktsionni uyushtirgan kompaniya ushbu tarixiy medalni 9 ming evroga pulladi. Kumush medallar bir muncha arzonroq ketdi.

Shuningdek, mashhur futbolchilarning liboslariga bo'lgan talab juda baland edi. Birinchilardan bo'lib «Real» afsonalarining liboslari sotilib ketdi. Karlosning futbolkasi uchun 440 funt qo'lga kiritilgan bo'lsa, Zidan libosi uchun xaridor 1000 funtdan voz kechdi.

Eng arzon narxda ketgan buyumlar orasida «Malorka», «Kikkers» va «Maribor» jamoalari futbolchilari kiygan liboslarni ko'rsatishimiz mumkin. Ushbu jamoalar bilan London klubi mavsum oldi o'rtoqlik uchrashuvlarida to'qnash kelgan edi. Ushbu liboslar uchun xaridorlar 50 funtdan to'lashdi. Qahramonimiz klub afsonasi Nayjel Uinterberning xayrlashuv uchrashuvida taqqan soatini ham sotuvga qo'ydi. Uni qo'lga kiritgan shaxs 120 funt to'ladi.

Zidan va Karloslarning liboslari bir chetda qolib, muxlislar Nikola Anelka 1998/99 yilda kiygan libosi uchun 7 ming evro to'lashdi. Aynan shu mavsum Anelka uchun Londondagi so'nggisi bo'lgan edi.

Undan keyingi o'rinda jamoa afsonasi Brayn Telbotning futbolkasi sotildi. 1979-85 yillar oralig'ida «kononirlar» sharafini himoya qilgan futbolchining libosi uchun 5 ming funt sarf etildi. Jamoa libosida naqd 327 bor maydonga tushgan futbolchi haqida bugungi avlod muxlislari yaxshi tanish emas.

Eng qimmat liboslar orasida Eshli Koulning nomi tushirilgani ham mavjud. Vaholanki, "Arsenal« muxlislari uni "Chelsi"ga o'tib ketgani uchun hali-hamon kechirishgani yo'q. Shunday bo'lsada, "Xayberi"da kiyilgan so'nggi libos uchun xaridor 3000 ming funt sarfladi.

Tan olish lozim, ayrim buyumlar xaridorlarda umuman qiziqish uyg'otmadi. Masalan, naqd 7 yil davomida jamoa darvozasini qo'riqlagan Lukash Fabianskining libosi hech kimda qiziqish uyg'otmadi. Mertazakerning butsalari esa, atigi 150 funtga baholandi.

Umumiy hisobda, Jons auktsiondan 100 ming funt ishlab olishga muvaffaq bo'ldi. Kimlardir esa, o'z shaxsiy kollektsiyasiga antiqa tarixga ega buyumni qo'shib oldi. Endi Jons, tunlari xotirjam uxlashi mumkin. Sababi, uning xotirlarini endi hech kim o'g'irlay olmaydi.

BestMaster
22 Noyabr 2020, 21:00
arsenal, faxriysi, kollektsiyasidagi, buyumlarni, arzimagan, pulga, sotib, yubordi!, nimalarni, sotdi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads