Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Emeri: «Real» «Vilyarreal»ga qarshi o'yinda kuchsiz bo'lmaydi»

«Vilyarreal» bosh murabbiyi Unai Emeri Ispaniya chempionatining 10-turidan o'rin olgan «Real»ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

.
- Yuklab olish

«Vilyarreal» bosh murabbiyi Unai Emeri Ispaniya chempionatining 10-turidan o'rin olgan «Real»ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi. Mazkur bahs 21 noyabr kuni "sariq suvosti kemasi" maydonida bo'lib o'tadi. Bu jamoa hozirda jadvalda 2-o'rinni egallab turgan bo'lsa, "Qirollik klubi" 4-pog'onani band etgan.

«Barcha jamoalar mavsum boshida noodatiy tayyorgarlik tufayli qiyinchiliklarga duch keldi. Bundan tashqari, evrokuboklarda ishtirok etadigan jamoalar rotatsiya va o'yin amaliyoti bilan bog'liq masalani hal etishlari kerak. «Real» esa jarohatlar bilan muammolarga ham duch keldi.

"Madrid" bizga qarshi o'yinda kuchsiz bo'ladi, demagan bo'lardim. Ular yuqori pog'onaga ko'tarilishlari uchun g'alaba qozonishlari kerak. Bundan tashqari, to'rt kundan keyin ular «Inter»ga qarshi maydonga tushishadi. O'ylashimcha, mazkur ikki o'yinda kuchli «Real»ni ko'ramiz. Ular o'yinchilarga dam beradimi yoki rotatsiyani amalga oshiradimi, buni bilmadim. «Real» maydonga eng kuchli 11 futbolchini tushirganida, ularni engish juda qiyin bo'ladi.

Shunday murabbiylar borki, ular ma'lum jamoalarga mos tushadi. Zidan esa «Real»ga mos kelgan. Natijadan qat'i nazar barcha unga ishonadi va hurmat qiladi. Ba'zida uning qarorlari shubha ostiga olinsa ham, biz Zidan «Real» uchun qilayotgan ishlarini unutmasligimiz kerak", — dedi Emeri.

BestMaster
20 Noyabr 2020, 15:00
emeri, «real», «vilyarreal»ga, qarshi, oyinda, kuchsiz, bolmaydi»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 3
 u7777u  
Зеданга ишонамиз олға
20 Noyabr 2020, 21:17
 u7777u  
Ғалаба сари
20 Noyabr 2020, 21:17
 shrek  
0-2 хисоб булади олга реал
20 Noyabr 2020, 22:42
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads