Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Pirlo sobiq "Real" futbolchisidan voz kechdi

Turinning «Yuventus» klubi bosh murabbiy – Andrea Pirlo qishda Sami Xediraga chiqish eshiklarini ko'rsatib yubormoqchi.

.
- Yuklab olish

Ushbu ruknimizdagi eng so'nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Isko ketadi! Tamom!

Madridning «Real» jamoasi Isko borasida yakuniy qarorga keldi.

“El Confidencial ” nashrining ma'lum qilishicha, 28 yoshli futbolchi Zidanning ruxsati bilan qishki transfer oynasida transferga qo'yiladi.

Manbaning ma'lum qilishicha, futbolchi bilan «Everton» jiddiy qiziqib qolgan va uning transferini amalga oshirish uchun tayyor. Eslatib o'tamiz, Isko bu mavsumda 6 ta o'yinda maydonga tushdi va hozircha foydali harakat qilgani yo'q.

«Milan»ga «Real» futbolchisi kerak

Milanning «Milan» jamoasi Madrid super klubidan ijaraga olingan Braim Diasning transfer huquqini to'liq sotib olishga qaror qildi.

Goal nashri tarqatgan ma'lumotlarga qaraganda, «rossonerilar» futbolchini mavsum so'nggida sotib olish huquqi qo'llaridan bo'lmasada uni olib qolishmoqchi.

Manbaning ma'lum qilishicha, Dias uchun klub 25-30 million evro atrofida sarf etishni rejalashtirmoqda.

Pirlo sobiq "Real" futbolchisidan voz kechdi

Turinning «Yuventus» klubi bosh murabbiy – Andrea Pirlo qishda Sami Xediraga chiqish eshiklarini ko'rsatib yubormoqchi.

“Tuttosport” nashrining ma'lum qilishicha, 33 yoshli futbolchi murabbiyning rejalariga kiritilmagan vas hu bois uni klub qishda sotib yubormoqchi.

Bu mavsumda futbolchi birorta o'yinda ham ishtirok etgani yo'q. Boz ustiga, uni Pirlo o'yin uchun futbolchilarning kengaytirilgan ro'yxatidan ham joy bermadi.

Eslatib o'tamiz, yozda futbolchi bilan Moskvaning «Spartak» klubi qiziqish bildirgan edi.

«Napoli» : «Bo'ladigani shu!»

Italiyaning «Napoli» jamoasi o'z himoyachisi Kalidu Kulibalining transfer summasini bir tsent ham kamaytirmoqchi emas.

“Calciomercato” nashrining ma'lum qilishicha, klub Kulibalini qo'lga kiritishni istagan jamoalar 70 million evrodan voz kechishi kerak deb hisoblamoqda.

Eslatib o'tamiz, himoyachi uchun asosiy da'vogar hali-hamon «Liverpul» klubi bo'lib turibdi.

«Barsa» futbolchisiga da'vogar ko'p!

Kataloniyaning «Barselona» jamoasi hujumchisi Martin Bretueyt uchun ingliz klublari kurash olib boradi.

Marca nashrining ma'lum qilishicha, markaziy hujumchi uchun kurashda «Vest Hem», «Lids» va «Vest Bromvich» jamoalari asosiy da'vogar bo'lib turibdi.

Eslatib o'tamiz, futbolchining klub bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilda o'z yakuniga etadi. Bu mavsumda jamoa safida Martin atigi 37 daqiqa to'p surdi xolos.

BestMaster
19 Noyabr 2020, 01:00
pirlo, sobiq, real, futbolchisidan, kechdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads