Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Nahotki? Ramos ketadimi?

Stadion.uz tobora chigallashib borayotgan Ramosning Madridda qolish yoki ketishi borasidagi vaziyatga oydinlik kiritishga urinib ko'radi.

.
- Yuklab olish

Stadion.uz tobora chigallashib borayotgan Ramosning Madridda qolish yoki ketishi borasidagi vaziyatga oydinlik kiritishga urinib ko'radi.

Sal qolsa...

Kecha Ramoas va «Real» o'rtasidagi munosabatlarga oydinlik kiritilishi lozim edi. Sababi, Serxio Germaniyaga qarshi uchrashuv oldidan matbuot anjumani tashkil etishga qaror qilgan, va katta ehtimol bilan «qirollik klubini» tark etishi haqida ma'lum qilishi lozim edi. Ikkinchi frontda esa, Florentina Peres «El larguego» radiostantsiyasi orqali efirga chiqishi va o'z pozitsiyasini ma'lum qilishi lozim edi.

«Real» sardorining Florentina Peres bilan qanday munosabatda ekanligi haqida har-xil fikrlari mavjud. Kimdir ularni do'st desa, yana kimdir dushman deb o'ylaydi. Hammasi kecha Ispaniya va Germaniya o'rtasidagi o'yin oldidan hal etilishi lozim edi,biroq…

Keling, kechagi kun aslida qanday o'tishi lozimligi haqida qisqacha tasavvur qilamiz. Matbuot anjumani jurnalistlar bilan liq to'la. Barcha «Real» afsonasining qay tariqa klubdan ketishi bilan qiziqib qolgan, yangi tafsilotlarni eshitishga mushtoq. Ramos esa, biroz chaynalib o'z nutqini boshlamoqda. U «Real»ni qanchalar sevishini, bu klub unga nimalar berganini aytib o'tadi. Keyin, agar jamoa unga qarshi taklif bilan chiqqanida, albatta jamoada qolishini qo'shib qo'yadi.

Oradan bir necha soat o'tib, Ispaniyaning bu burchagida Florentina kurashga qo'shiladi. U mamlakatdagi eng katta auditoriyaga ega radiostantsiya orqali kechki efirda so'zga chiqadi. Avvaliga Ramosning «Real» uchun amalga oshirgan ishlarini esga oladi. Keyin, u bilan shartnoma imzolashning imkoni bo'lmaganini,ba'zan barchasi unga bog'liq emasligini qo'shib qo'yadi. Keyin, stadion ta'miri uchun sarflanayotgan millionlar, klub kelajagi va pandemiya etkazgan zararlar haqida so'z boradi. O'z so'zlari so'nggida esa, ta'sirli chiqishi uchun Ramos uchun doimo klub eshiklari ochiq ekanligini qo'shib qo'yadi.

Kecha taxminan mana shunday voqealar sodir bo'lishi ko'zda tutilgan edi, biroq Ramosning so'nggi qarori barchasini barbod qildi. U ketmagach, Florentina ham radio orqali chiqishini kechiktirdi. Uning boshqa aytadigan so'zi ham yo'q edi. Ramos, terma jamoaga nisbatan hurmatsizlik bo'lishi mumkinligini inobatga oldi va matbuot anjumanini boshqa sanaga ko'chirdi. U Germaniyaga qarshi muhim bahs oldidan e'tiborni boshqa tomonga qaratishni istamadi.

Nima uchun tomonlar kelisha olmayapti?

«El-kapitano»ning 2021 yilda shartnomasi o'z yakuniga etishidan xabaringiz bor. Uning o'zi, kelajagi borasida xavotirda emasligini bir necha bor ta'kidlab o'tdi. Boz ustiga, sodda va foydali qaror qabul qilib bo'lganini ham qo'shib qo'ydi. Qahramonimiz o'z qarorini «Real» bilan chempionlikka erishgach e'lon qilmoqchi edi, biroq vaziyat birdan o'zgarib ketdi. Futbolchining agenti sanalgan akasi doimo o'z maqsadiga erishish yo'lida turli mish-mishlarni o'ylab topishiga ko'nikib qolganmiz. Bundan 5 yil avval u Ramosni deyarli «Manchester Yunayted»ga o'tishga ko'ndirgan edi. Endi esa, uning atrofida yanada ko'proq klublar «izg'ib» yuribdi. Barcha grandlar sifatli markaziy himoyachi izlamoqda. Bunday pallada erkin agent maqomidagi Ramos shunchaki fantastik «o'lja»!

Katta ehtimol bilan Ramos bejizga ikkita penaltini ko'kka sovurmadi. Ayni damda, ispan juda katta bosim ostida qolmoqda. U shu kunlarda faqat yaqinlarigagina ma'lum bo'lgan haqiqatlarga suyangan xolda chiqishi qilishi lozim. Florentina Peres esa, bu so'zlarga javob berishga tayyor va u ham o'zi uchun minbar naqdlab qo'ygan. Futbolchining o'zi, vaziyatni boy berganini anglab bormoqda. U Madriddan ketish haqida sira o'ylamagan. U shunchaki, ketishdan vosita sifatida foydalanishni va o'zi uchun qulay bo'lgan shartnomani egasiga aylanmoqchi edi. Peres esa, kutilmaganda uning qarshisiga chiqdi va o'z rejalarini ko'ndalang qo'ydi. Ramos esa, matbuot anjumanini bekor qildi va shartnoma jangini oxirigacha olib borishga qaror qildi. Endi ikki tomon ham qurbonlardan qo'rqmay so'nggi kurashga qo'shiladi.

Ramos aslida, Madrid klubidan ko'p narsa talab qilmayapti. U to'liq ikki yillik shartnoma talabida. Qahramonimiz shu tariqa 37 yoshga qadar sevimli jamoasi a'zosi bo'lmoqchi. «Real» esa, o'z faxriylariga bo'lgan munosabatini o'zgartirmoqchi emas. Klub kerak bo'lsa Ramosga ham chiqish eshiklarini ko'rsatib yuborishga tayyor. Peres istisno qilmoqchi emas. O'z vaqtida Raul, Iker, Yerro, Salgado singari futbolchilar bilan amalga oshirilgan ishni yana takrorlamoqchi. Futbolchi klub uchun amalga oshirgan ishlari qadrlanmayotganidan xafa bo'lmoqda. U Hech bo'lmasa so'nggi iltimos sifatida uning ikki yillik shartnoma borasidagi taklifi qabul qilishini kerak deb hisoblamoqda. Peres esa, uning davri o'tganini va kelasi mavsumda Ramosdan hech qanday naf bo'lmasligiga ishonmoqda.

Ramos ishsiz qolib ketmasligi aniq

Ramosning ketishi qishki transfer oynasidagi eng katta voqea sodir bo'lishi aniq. Sababi, agar tomonlar o'zaro kelishuvga erisha olmasa, 1,5 oydan so'ng Ramos istalgan jamoasi bilan erkin muzokara olib borishi mumkin. Yozda esa, rasman o'zi tanlagan klubga erkin agent maqomida o'tib ketadi. Shunday bo'lsada, agar Ramos uchun jamoasi muhim bo'lsa, o'z g'ururini chetga surib qo'yishi va shartnomani uzaytirishga ( 1 mavsum bo'lsada) rozi bo'lishi lozim. Tanganing ikkinchi tomoni ham mavjud! Sababi, himoyachi transfer bozoridagi eng mashhur futbolchi. Boz ustiga, u o'zining pik formasida. O'zining moliyaviy imkoniyatlari bilan maqtanuvchi «Real» Ramosdek afsona uchun 1 yillik shartnomani qizg'anayotgani ham g'alati.

Klub uchun o'zining eng zo'r yillarini bergan yigit uchun nahotki yana bir yillik shartnoma taklif berish og'ir? Vaholanki, PSJ, «Yuventus» va «Siti» singari jamoalar Ramosga 3 yillik shartnoma berishga tayyor. Parijda Ramos uchun 16,7 million evrolik shartnoma rasman taklif qilindi. «Siti» ham tez orada o'zining variantini taklif etadi. Umuman olganda, Ramosning va Peresning qaysarligi kimga naf keltiradi? Bunisini vaqt ko'rsatadi. Shunday bo'lsada, Ramos «Real»ning taklifisiz ko'chada qolib ketmasligi aniq. Ayni damda, uni qo'lga kiritish borasida bir nechta grand jamoalar ishga kirishgan. «Real» esa, uning o'rnini maydonda va kiyinish xonasida to'ldirishga qodir futbolchi bormi? Peres uning o'rnini har jabhada to'ldirishga qodir futbolchi topmay turib qanday qo'yib yubormoqchi? Bu savol ham hozircha ochiqligicha qolmoqda.Ramos yoki Peres? Siz kim tomondasiz?

BestMaster
17 Noyabr 2020, 18:00
nahotki?, ramos, ketadimi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads