Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«La Liga» prezidenti: «Super ligani kayfi oshib qolganlar o'ylab topgan»

.
- Yuklab olish

Stadion.uz «La Liga» prezidentining tashkil etilishi mumkin bo'lgan «Super Liga» musobaqasiga qay darajada qarshi ekanligi bilan tanishtirib o'tadi.

Oktyabr oyida taniqli nashrlar tomonidan Evropaning grand klublari o'zaro  yangi musobaqa tashkil etmoqchi ekanligi haqida ma'lumotlar paydo bo'ldi. Unga ko'ra, «Liverpul», «Real Madrid» va «Manchester Yunayted» jamoalari bu proektga rozi bo'lgan va unga qo'shilishga tayyor. Hatto, FIFA ularning g'oyalarini to'liq qo'llab-quvvatlashini ma'lum qilgan edi.

UEFA esa, yangi musobaqaga to'liq qarshi chiqmoqda. Sababi, yangi musobaqa Evropa Chempionlar Ligasining inqiroziga sabab bo'ladi. Garri Nevell esa, «super liga» kuchsizroq klublarning to'liq bankrot bo'lishiga olib kelishini bir necha bor ta'kidladi. Gap shundaki, deyarli barcha homiylar grandlar bilan ishlashga o'tib olsa, sayyoramizdagi juda ko'p klublar moliyaviy muammolar o'chog'iga tushib qolishi aniq.

Shunday bo'lsada, bu g'oyaga hammadan ham ko'proq qarshi chiqayotgan inson mavjud. U ham bo'lsa, Ispaniya «La Ligasi» prezidenti – Xaver Tebas! Qahramonimiz o'zining o'tkir so'zlari bilan yangi musobaqaga qarshi chiqishda davom etmoqda.

«Super Liga? Uning nima ekanligini qisqacha tushuntirib beraman. Bu tonggi soat 5 ga qadar barda ichib mast bo'lgan insonlar tomonidan yaratilgan g'oya. Super Ligani faqat tongga qadar ichkilik ichganlargina oqlashi mumkin. Bu musobaqa milliy chempionat va Evropa Chempionlar Ligasidagi barham berishi mumkin. »

Aslida, yangi tashkil etilishi mumkin bo'lgan musobaqaga qarshi chiqqanlar juda ko'p. Bir qarashda g'oya chakki emas, ammo unutmaslik lozim. «Bavariya» va «Real» singari jamoalar aynan ichki birinchilikdagi g'alabalari bilan buyuk klubga aylanishgan. Tasavvur qiling, musobaqaning 10 va 11 o'rindagi klublari to'qnashuvi sodir bo'lmoqda. Maydonda «Real» «Yunayted»ga qarshi. Bu juda ham noo'rin o'xshatish bo'ldi, ammo bu bo'lishi mumkin bo'lgan voqeaning bir ko'rinishi xolos. Bu musobaqa insonlarning futbol haqidagi barcha fikrlarini to'zitib yuboradi.”

Avvaliga Xaver Tebas «Real» uchun jonkuydirayotganini bir necha bor ta'kidladi. Sababi, uning Madrid klubi muxlisi ekanligida bo'lsa, ajab emas. Hatto o'zi ham bir necha bor buni rasman e'lon qilgan. Bundan ikki yil avval Tebas «Real»siz Ispaniya chempionatini tasavvur qilib bo'lmasligi haqida aytgan edi. Endi esa, uning so'zlaridagi ton ancha o'zgardi.

2019 yilning dekabr oyida “The New York Times” nashri super liga haqida kattagina maqola e'lon qildi. Unga ko'ra, Evropaning grand jamoalari prezidentlariga yangi musobaqa tashkil etish fikrini Florentina Peres bergani ma'lum qilingan. Peres va uning tarafdorlari o'z g'oyalarini FIFA rahbari Janni Infantinoga namoyish etishgan va Infantino buni ma'qullagan. Aynan shu voqeadan so'ng, Tebasning fikrlari ancha keskinlashishni boshladi.

“Bizning Florentina bilan futbolga bo'lgan qarashlarimiz turlicha. Ayniqsa, «La Liga» borasida fikrlarimiz umuman o'zgacha. Men Ispan klublari uchun «La Liga» eng muhim musobaqa bo'lishi tarafdoriman. U uchun esa, super va xalqaro liga barchasidan muhimroq. Florentina shu yo'sinda, deyarli erkin hokimiyat talab qilmoqda. Biz u bilan bu borada gaplashib oldik. Hozircha, hech qanday o'zgarishlar yo'q. Hali-hamon ikki xil fikrdamiz.”

Qahramonimiz «La Liga»ning o'z reytingi bor ekanligini bir necha bor ta'kidlab o'tdi. Ayniqsa, «Real»ning «Dinamo Kiev»ga qarshi o'yinidan so'ng aytgan so'zlari ko'pchilikni o'ylantirib qo'ydi desak, adashmagan bo'lamiz.

“Madrid klubining Kievning «Dinamo»siga qarshi uchrashuvini Ispaniyada 50 ming muxlis tomosha qildi. Bu bizning segunda o'yinlari uchun odatiy xolat. Agar maydonda «Barselona» va «Eybar» to'qnash kelsa, uni butun Ispaniya bo'ylab 1 million inson tomosha qiladi. Mana farq nimada”

2020 yilning oktyabr oyida Tebas yana shu mavzuga qaytdi va o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Unga ko'ra, barchasining ortida birgina inson turibdi. U ham bo'lsa….

 “Ular o'z kuchiga ishonishmoqda. O'z g'oyalariga bo'lgan ishonch juda yuqori ekan, biz vaziyatni tomosha qilishga majburmiz. Buning ortida «Real» rahbari nimalarga qodir ekanligini ko'rsatsin. Afsuski, bu ular xayol qilganidek oson narsa emas.”

Kataloniya klubini tark etgan Xosep Bartameu yangi formatdagi musobaqa haqida ilmoqli gap tashlab ketgani yodingizdan ko'tarilmagan bo'lsa kerak. Aynan shu so'zlardan so'ng, Tebas yana katta sahnaga chiqdi va yana «Real Madrid» orqali o'z nutqini e'lon qildi.

“Avvalari, «Barselona»ning «La Liga», UEFA va FIFAning faoliyatiga o'z qarashi mavjud edi. Afsuski, so'nggi 3 yil davomida klub «Real»ning qiliqlarini takrorlamoqda.”

Qahramonimiz shu qadar super ligani tanqid qilishga berilib ketdiki, hatto o'zga sayyoraliklar ham chetda qolib ketmadi.

«Super ligani so'zsiz sayyoralar aro chempionat deb atashimiz mumkin. Gap shundaki, agar klublarda pul bo'lsa, Marsliklar ham kelib turnirda ishtirok etishi mumkin. Bunga ishonish mushkul. Evropaning grandlari bir joyga jam bo'lishi, ularning o'zaro o'yinlari va YChLning tugatilishiga ishonish ham shu qadar mushkul vazifa.»

BestMaster
17 Noyabr 2020, 16:30
liga», prezidenti, «super, ligani, kayfi, oshib, qolganlar, oylab, topgan»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads