Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Bir futbolchi tarixi". Moratani "o'ldirgan" Federiko Valverde haqida

“Real Madrid” jamoasining qatorasiga 3 bor ECHL chempioni bo'lgan davrini eslaysiz-a?

.
- Yuklab olish

 O'sha tarkibdan o'rin olgan futbolchilar orasidan yarim himoya uchligini ajratib ko'rsatish mumkin. Kazemiro, Kroos, Modrich. 2018 yil Krishtianu Ronaldu klubni tark etdi, jamoada biroz barqarorlik yo'qoldi. Uning ustiga bazi futbolchilarning yoshi ham o'tib qoldi. Masalan, Luka Modrichning. Ha, futbolchining potenciali hali ham TOP jamoalar darajasida, eng muhim o'yinlarda ham madridliklarni oldinga boshlayotgan futbolchi. Biroq urugvaylik Federiko Valverdega imkoniyat berilgandan boshlab uni ko'pchilik aynan xorvat Lukaning o'rniga ko'ra boshlashdi va bu taxminlar o'zini oqlab kelmoqda. Keling, bugun Federiko Valverde haqida gaplashamiz.Kim o'zi u?Federiko Santiago Valverde 1998 yil 22 iyulda Montevireoda tug'ilgan. U yoshligida dastlabki futbol sir-asrorlarini “Penyarol” jamoasida o'rgandi. Debyutini 2015 yilning 16 avgustida amalga oshirdi va o'sha yilda kuzning dastlabki oyida Urugvay chempionatida ikkita uchrashuvda ishtirok etdi.

Klublardagi faoliyati:Ayni 2015/16 yilgi mavsumni “Penyarol” tarkibida o'tkazdi va butun mavsum davomida 12 ta o'yinda ishtirok etdi. Mavsumning so'nggida uni yangi jamoaga o'tishi aniq bo'ldi, Ispaniya safari oldida turgan edi.2016 yil 22 iyul. “Salom Madrid!” 5 million evro evaziga futbolchi “Real Madrid” bilan 2021 yilning yozigacha shartnoma imzoladi va o'sha mavsumda “Kastilya”ga yuborildi. Dastlabki mashg'ulotlarini Santyago Solari qo'l ostida o'tkazdi (keyinchalik asosiy jamoada murabbiyi bo'ldi). O'sha mavsumda Valverde jamoasi bilan birgalikda “Segunda B”da ishtirok etdi. Statistikasi ham yomon emas: 30 o'yinda ishtirok etib 3 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.Navbatdagi mavsumni u Ispaniyaning asosiy ligasi – La Ligada “Deportivo” safida o'tkazdi. Futbolchi ijara asosida la-korunyaliklar safiga borib qo'shilgandi. Jamoa tarkibida Ispaniya chempionatida dastlabki debyutini sentyabrning 10-sanasida “Real Sosedad”ga qarshi o'yin bilan boshlagan.“Real Madrid” 2018 yilda Evropa CHempionlar ligasida qatorasiga uchinchi bor g'olib bo'lgach bosh murabbiy Zinedin Zidan klubdan ketdi va uning o'rniga Xulen Lopetegi olib kelindi. Ispaniya terma jamoasidan JCH-2018ga bir kun qolganda ketgan mutaxassis “Real” safida mavsum avvalidan AQSHga safar chog'ida jamoa safida Federikoni ham ko'rishni istadi va o'zi bilan birga olib ketdi. “Manchester Yunayted” bilan o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvida Valverde madridliklar safida o'z debyutini o'tkazdi. Rasmiy o'yindagi debyuti esa uzoq kutildi; 2018 yil 23 oktyabrda ECHL doirasida “Viktoriya”ga qarshi maydonga tushdi. Zinedin Zidan jamoaga qaytgach u muntazam bo'lmasa ham, tez-tez asosiy tarkibga kiritilib turildi va o'z o'yinlari bilan chindan ham muxlislar etiboriga tusha oldi. Murabbiyning o'zi ham uni jamoa kelajagi sifatida tariflagan. Futbolchining ham franciyalik murabbiyga bo'lgan munosabati yaxshi. “Zidan sen bilan xuddi do'stingdek gaplashadi. Murabbiyning aytgan har bir gapi sening miyangda qolishi kerak. U bosh murabbiy bo'lishdan tashqari, u taniqli, afsonaviy futbolchidir” – degan edi o'zi bergan intervyularining birida.

Federiko Valverdeni muxlislar eslab qolishiga asosiy sabab 2018 yilgi Evropa Superkubogi uchrashuvida “Atletiko Madrid”ga qarshi o'yinda sodir bo'lgandi. O'yinning asosiy vaqti 0:0 hisobida yakunlandi va qo'shimcha taymlarga murojaat qilindi. 21 yoshli Federiko esa o'yinning 114-daqiqasida chetlatildi. U "qaymoqranglilar" darvozaboni Tibo Kurtua bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketgan "Atletiko" forvardi Alvaro Morataning orqasidan yiqitdi. Agar ushbu vaziyatda qo'pollik ishlatilmaganida, Ispaniya terma jamoasi hujumchisi vaziyatdan unumli foydalangan holda o'yinga nuqta qo'yishi mumkin edi. "Real" esa Federikoning sportchilarga xos bo'lmagan harakati tufayli penaltilar seriyasiga qadar etib bordi va unda "qirollik klubi"ga omad kulib boqdi. "Real" 4:1 hisobida g'alaba qozondi va kubokni boshi uzra baland ko'tardi. Eng qizig'i esa, o'sha kuni urugvaylik yarim himoyachi esa qizil kartochka olganiga qaramasdan o'yinning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan mukofotga sazovor bo'ldi.O'yindan so'ng Valverdening o'zi bu holat to'g'risida "Albatta, men bunday qo'pol o'ynamasligim kerak edi. Men Moratadan uzr so'radim. Bu men qilishim mumkin bo'lgan yagona ish edi. Butun boshli murabbiylar shtabi meni qo'llab-quvvatladi. Simeone ham majbur bo'lmasada bu haqda menga gapirdi" degan fikrni berdi. “Atletiko Madrid” murabbiyi Diego Simeone esa matbuot anjumanida aynan Valverdening qo'polligi haqida gapirganida: "Aynan u o'yinni yutdi. Bu Valverde uchun muhim vaziyat edi. Men unga xavotir olmasligini, uning o'rnida boshqasi bo'lganda ham shunday qilishini aytdim" deb aytdi.SHu voqeadan ancha o'tgach Federiko bir intervyuda o'sha holatni eslab o'tdi hamda Moratani yiqitishida Ramos sababchi bo'lganini aytdi. "Morataga etib olish uchun orqasidan yugurgandim. Men ikkilanganman, agar uni to'xtatish uchun yiqitsam, to'g'ri ish qilgan bo'lamanmi deb. SHu payt orqadan menga: "O'ldir uni" degan ovoz eshitildi. Bu Serxio Ramos edi", - deydi Valverde.

2019 yilda futbolchi bilan “Real Madrid” o'rtasida yangi shartnoma tuzildi. Mazkur shartnoma 2025 yilning 30 iyunga qadar mo'ljallangan. Tovon puli esa 750 million evro etib belgilandi. Albatta Madrid jamoasi safida muvaffaqiyatli o'ynab ketish hammaga ham emas. Uning o'zi ham buni tan olgan. Federiko Urugvayning “Tunel” nashriga bergan bir intervyusida “Boshlanishida rosa qiynalganim rost. Modrich, Kazemiro, Ramos, Beyl, Benzema kabi afsonalar bilan hamxona bo'lishning tarifi yo'q. Hozir ularning har biri bilan bemalol muloqot qila olaman. Muhimi, o'z o'yinim evaziga jamoada munosib o'rin oldim. To'g'ri, tan olishim kerak, avvaliga xatoga yo'l qo'yishdan cho'chib, erkin to'p tepa olmadim. Endi esa o'zimni jamoaning bir qismi sifatida tasavvur qilyapman. Aynan jamoadoshlarim ko'magi bilan shunday martabaga erishdim” – deya fikr bildigan.Terma jamoadagi faoliyati:“Penyarol” safida o'ynab yurgan kezda Valverde Urugvayning U-17 terma jamoasi bilan birgalikda Janubiy Amerika yoshlar o'rtasidagi chempionatda qatnashdi va jamoasi safida naqt 7 ta to'p kiritib, to'purarlar poygasida ikkinchi o'rinni egalladi. Asosiy jamoaga esa 19 yoshida jalb qilindi. 2017 yilda debyut uchrashuvini Paragvay termasiga qarshi o'tkazdi hamda o'sha o'yinda gol urdi. Biroq Valverde 2018 yilgi Jahon chempionatining yakuniy ro'yxatidan qolib ketgan.

SHaxsiy hayoti haqida ikki og'iz:O'zining maydonda tashqari qilayotgan yumushlari va shaxsiy hayotini deyarli omma etiboriga havol etmaydigan tabiatan kamgap futbolchi sevgilisi Mina Bonino bilan birga yashaydi. O'zining tvitter sahifasida 2020 yilning 20 fevral sanasida oilasiga yangi “mehmon” kirib kelganini aytadi.Ushbu mavsumda 22 yoshli Valverde 11 o'yinda 3 gol va 1 assist qayd etdi. La Liganing 9-turidan o'rin olgan “Valensiya”ga qarshi bahsda futbolchining o'ng oyog'i kaft suyaklarida majag'lanish holati kuzatilgan. AS nashrining yozishicha, Valverde 1 yoki 2 oyni o'tkazib yuborishi mumkin ekan. Jarohatlar – futbolning bir qismi. Futbolchi safga qaytgach yana jamoasi safida etakchilardan biri sifatida harakat qilaveradi. Urugvay terma jamoasida kuchli hujum chizig'i borligini bilamiz, kuchli yarim himoyachi ham o'sib kelmoqda. Yangi etakchini kutib oling!

Og'abek Samisov tayyorladi

“Bir futbolchi tarixi”. Diogu Jota – kim o'zi u?        

BestMaster
15 Noyabr 2020, 10:15
futbolchi, tarixi, moratani, oldirgan, federiko, valverde, haqida,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 u7777u  
Яхши янгилик валверде реал келажаги
15 Noyabr 2020, 13:23
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads