Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Toni Kroos «Real»dagi pasayish haqida: «Zidan vaziyatdan chiqish yo'lini topadi»

«Real» yarim himoyachisi Toni Kroos madridliklar jamoasining hozirgi holati va klub bosh murabbiyi Zayniddin Zidan haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

.
- Yuklab olish

«Real» yarim himoyachisi Toni Kroos madridliklar jamoasining hozirgi holati va klub bosh murabbiyi Zayniddin Zidan haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Agar sen «Real»da natijaga erishmasang va kutilgan narsani bera olmasang, savollar paydo bo'ladi. Shu sababdan biz bu klubdamiz. Bu odatiy holat.

Zidan bilan avval ham shunga o'xshash vaziyatga tushganmiz, odatda biz omadsiz davrdan o'tib  keta olamiz. Bir necha hafta oldin «Kadis» va «Shaxtyor»ga qarshi o'yinlardagi mag'lubiyatdan keyin Barselonaga bordik va ajoyib o'yin o'tkazdik.

Biz bundan o'tib olamiz, murabbiy esa klubda nima bo'layotganini, nima uchun natija yo'qligini biladigan birinchi odam. Biz yanada yaxshiroq harakat qilishimiz va o'yinlarni yutishga intilishimiz kerak. Murabbiy buning yo'lini topadi", — dedi Toni Kroos.

«Real» 10-turdan keyin La Liga 4-o'rinni egallab turibdi, Chempionlar Ligasining 3 ta turidan keyin esa 3-pog'onadan joy olgan.

BestMaster
14 Noyabr 2020, 22:00
kroos, «real»dagi, pasayish, haqida, «zidan, vaziyatdan, chiqish, yolini, topadi»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads