Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ronaldu nega ketmoqchi?

“Tuttosport” va “Le Gazzeta Della Sport” nashrlarining ma'lum qilishicha, futbolchi Anrea Pirlo bilan hech qanday sovrin yuta olmasligidan xavotir olmoqda. Agar jamoa mavsum yakunida hech qanday sovrin yutmasa, katta ehtimol bilan bu Ronalduning Turindagi eng so'nggi mavsumi bo'lishi aniq.

.
- Yuklab olish

Ushbu ruknimizdagi eng so'nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

«Milan» va «Inter» to'qnashuvi

Milan shahrining ikki grand klubi “Ayaks” himoyachisi Per Shuurs uchun kurashga kirishadi.

“Calciomercato” nashrining ma'lum qilishicha, Italiya klublari himoyadagi muammolarni bartaraf etish uchun yangi nom va yosh futbolchini izlashmoqda. Katta ehtimol bilan, ular qishda gollandlar bilan aloqaga chiqishi kutilmoqda.

Manbaning ma'lum qilishicha, 20 yoshli futbolchi bilan “Ayaks” qishda xayrlashmoqchi emas, biroq 20-30 million evro atrofidagi taklif kelib tushsa, qarorni qayta ko'rib chiqishi mumkin.

“Arsenal” Nkunkuga qaytadi

Londonning “Arsenal” jamoasi «RB Leyptsig» yarim himoyachisi Kristofer Nkunkuni qo'lga kiritish borasida yangi taklif tayyorlamoqda.

“Bild” nashrining ma'lum qilishicha, ushbu taklif qishda «buqalar»a yuboriladi. Manbaning ma'lum qilishicha, “Arsenal” Unay Emiri davridayoq Nkunkuni o'z safiga qo'shib olmoqchi bo'lgan, biroq murabbiy almashinuvi jarayoni ortga surgan.

Eslatib o'tamiz, qahramonimiz 2019 yildan Nagelsman qo'l ostida mashg'ulotlar o'tkazmoqda. Bunga qadar u PSJ sharafini himoya qilgan.

Ronaldu nega ketmoqchi?

Turinning «Yuventus» jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirishi mumkin.

“Tuttosport” va “Le Gazzeta Della Sport” nashrlarining ma'lum qilishicha, futbolchi Anrea Pirlo bilan hech qanday sovrin yuta olmasligidan xavotir olmoqda. Agar jamoa mavsum yakunida hech qanday sovrin yutmasa, katta ehtimol bilan bu Ronalduning Turindagi eng so'nggi mavsumi bo'lishi aniq.

Manbaning ma'lum qilishicha, Krishtianu bilan «Manchester Yunayted» va PSJ jamoalari shartnoma imzolashga tayyor.

Jiru ketmoqchi

Londonning «Chelsi» jamoasi hujumchisi Olive Jiru faoliyatini boshqa chempionatda o'tkazish haqida o'ylab qoldi.

“Daily Star” nashrining ma'lum qilishicha, 34 yoshli hujumchi «Chelsi»ni qishda tark etishga qaror qilgan. U etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgani uchun boshqa klub bilan shartnoma imzolamoqchi.

Eslatib o'tamiz, bu mavsumda Frenk Lempard Jiruning atigi 33 daqiqaga maydonga tushirdi xolos.

«Torino» ishga kirishdi

Turin shahrining boshqa bir klubi «Torino» qishda «Inter» yarim himoyachisi Raja Nainggolanni ijaraga olishi mumkin.

«Buqalar» yozda belgiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi edi, ammo «Inter» «Torino» taklif qilgan summa evaziga yarim himoyachini sotishni istamadi.

LGDS nashrining ma'lum qilishicha, qishda Turin shahri jamoasi 2-3 million evro evaziga bo'lsada Rajani ijaraga olishga tayyor. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

BestMaster
12 Noyabr 2020, 03:00
ronaldu, nega, ketmoqchi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 u7777u  
Яхши хабар
12 Noyabr 2020, 16:07
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads