Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real»ning ikki etakchisi «Valensiya»ga qarshi o'yinda jarohat oldi

«Real»ning bir yo'la ikki futbolchisi La Liga doirasida o'tgan «Valensiya»ga qarshi o'yinda (1:4) jarohat oldi.

.
- Yuklab olish

«Real»ning bir yo'la ikki futbolchisi La Liga doirasida o'tgan «Valensiya»ga qarshi o'yinda (1:4) jarohat oldi.

Madridliklar yarim himoyachisi Federiko Valverde uchrashuvda jiddiy jarohat oldi. 22 yoshli futbolchining o'ng oyoq boldir suyagida chatnash yuzaga kelgan.

AS versiyasiga ko'ra, urugvaylik futbolchining tiklanishiga kamida bir oy vaqt ketadi. Jarohatning jiddiylik darajasiga qarab tiklanish jarayoni 1,5-2 oyga cho'zilishi mumkin.

Shuningdek, Karim Benzemada ham jarohat kuzatildi. Karim uchrashuvning 76-daqiqasida zaxiraga olindi. O'yindan keyin ma'lum bo'lishicha, futbolchining son mushaklarida muammo paydo bo'lgan.

Marca’ning xabar qilishicha, Benzemaning jarohati u qadar jiddiy emas va futbolchi FIFA kunlaridan keyin bo'lib o'tadigan «Vilyarreal»ga qarshi o'yinga (21 noyabr) qadar safga qaytadi.

Eslatib o'tamiz, «Real»da himoyachilar Nacho, Alvaro Odriosola va Dani Karvaxal jarohat olgan. Shuningdek, Eder Militao, Kazemiro va Eden Azar koronavirus sabab karantinda bo'lib turibdi.

BestMaster
9 Noyabr 2020, 22:30
«real»ning, ikki, etakchisi, «valensiya»ga, qarshi, oyinda, jarohat, oldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads